Janubiy O'zbekistonda o'sish qutb va markazlarining shakllanishi

Janubiy O'zbekistonda o'sish qutb va markazlarining shakllanishi

O'quvchilarga / Geografiya
Janubiy O'zbekistonda o'sish qutb va markazlarining shakllanishi - rasmi

Material tavsifi

Janubiy O'zbekistonda o'sish qutb va markazlarining shakllanishi Fransuz iqtisodchisi F.Perru g'oyasiga ko'ra, hududlarning iqtisodiy sig'imi (zichligi) past, ishlab chiqarish kuchlari notekis joylashgan sharoitda o'sish qutb va markazlarini shakllantirish katta samara beradi. Bunda barcha hudud yoki xo'jalik tarmoqlarining bir vaqtning o'zida birday sur'atda rivojlantirish imkonsizligidan kelib chiqiladi va asosiy e'tibor investitsiya muhiti qulay bo'lgan, tezda natija beradigan tarmoq va geografik nuqtalarga, odatda yaxshi geografik o'rinda joylashgan nuqtalarga, shaharlarga qaratiladi. O'zbekistonning Janubiy iqtisodiy rayonida ham o'sish qutb va markazlarini shakllantirish yordamida mintaqaning salohiyatini ko'tarish imkoniyatlari mavjud. Mazkur iqtisodiy rayon o'z tarkibiga Surhondaryo va Qashqadaryo viloyatlarini oladi. Uning umumiy maydoni 48.7 ming km.kv. yoki Respublika hududining 10,8 foizini tashkil qiladi. Bu yerda, 2007 yil ma'lumotlariga ko'ra, 4420 ming kishi (mamlakat aholisining 16,6 foizi) yashaydi. Ushbu ma'muriy hududlarni qaytadan alohida asosiy iqtisodiy rayonga ajratish prof. A.S.Soliyev tomonidan taklif qilingan (1998 y.) bo'lib, bu borada ularning umumiy geografik o'rni, tarixiy rivojlanish xususiyatlari, demografik vaziyati, tabiiy sharoiti va resurslari kabi omillar hisobga olingan. Biroq, hozirgi kunda mintaqaning tabiiy resurs va demografik salohiyatini kattaligiga qaramasdan, uning Respublika milliy iqtisodiyotidagi tutgan o'rni katta emas. 2006 yil yakunlari bo'yicha, Janubiy iqtisodiy rayon mamlakatimizning 12,3 foiz yalpi ichki mahsuloti 16,7 foiz sanoat va 17,4 foiz qishloq xo'jalik mahsulotlarini beradi. Shuningdek, mintaqa zimmasiga Respublika umumiy investitsiya hajmining 23,2 foizi va tashqi savdo aylanmasining 5,3 foizi to'g'ri keladi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlar ko'proq Qashqadaryo viloyati hisobidan shakllangan. Masalan, sanoat mahsuloti bo'yicha viloyat Toshkent va Navoiy viloyatlaridan keyingi uchinchi o'rinni, investitsiya hajmi bo'yicha esa u faqat Toshkent shahridan orqada turadi, xolos. Ayni vaqtda Surhondayo viloyati ijtimoiy - iqtisodiy jihatdatdan, hususan sanoat ishlab chiqarishi nuqtai nazaridan sust rivojlangan. Janubiy iqtisodiy rayon Respublikamizda o'ziining tabiiy gaz, neft, turli xil agrokimyoviy resurslarning zahiralari bilan oldinda turadi. Ularning ham asosiy qismi Qashqadaryo viloyatiga to'g'ri keladi. Ushbu viloyat mamlakatimizda paxta, g'alla yetishtirishda birinchi o'rinda, chorvachilik, jumladan qora mollar soni bo'yicha ham ajralib turadi. Surhondaryo viloyati esa ko'proq O'zbekistonda noyob toshko'mir, osh tuzi, farmatsevtika, rekreatsiya va turizm resurslariga ega. Yuqoridagi qisqacha tahlilidan ko'rinib turibdiki, mintaqada, umuman olganda, ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlari qulay. Ammo, tabiiyki, bunday sharoitlardan birdaniga foydalanish, ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida, mumkin emas. Shu bois, mintaqa va mustaqil mamlakatimizning iqtisodiy havfsizligini ta'minlash uni yoppasiga rivojlantirishni emas, balki hudud xo'jaligini jadal harakatga kirituvchi asosiy markazlarni belgilashni taqozo qiladi. Janubiy iqtisodiy rayonning yaqin kelajakda faollashtiruvchi kuchi ko'proq Qashqadaryo viloyatiga to'g'ri keladi. Bu borada, eng avvalo, Qarshi va Shahrisabz viloyat, qolaversa, mintaqa darajasidagi o'sish markazi bo'lishi mumkin. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.94 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.94 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga