Janubiy Qozog'iston iqtisodiy rayoni Reja: 1. Janubiy Qozog'iston iqtisodiy rayonining geografik o'rni, chegaralari, maydoni. 2. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. 3. Sanoati. 4. Qishloq xo'jaligi. 5. Shaharlari. Janubiy Qozog'iston-Olma-ota,Toldiqo'rg'on,Jambil,Janubiy Qozog'iston va Qizilo'rda viloyatlarini o'z ichiga oladi. Maydoni 712,62 ming km kv.Aholisi 636,3 ming kishi.Janubiy Qozog'iston Respublikasida iqtisodiy jihatdan rivojlangan rayonlardan biridir.Ixtisoslashuviga ko'ra iqtisodiy rayon qo'shni Orta Osiyo Respublikalarini eslatadi.Ushbu rayon Respublikadagi sug'orma dehqonchilikka asoslashgan texnika ekinlari (paxta,qand lavlagi,tamaki) va don ekinlaridan sholi,makkajo'xori,bog'dorchilik va uzumchilik,qo'ychilik rivojlangan rayon hisoblanadi. Shu bilan birgalikda Janubiy Qozog'iston Respublikasidagi og'ir sanoatning koni qayta ishlash tarmoqlari rivojlangan rayonlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy rayon oziq-ovqat va yengil sanoat mahsulotlarining ishlab chiqarish bo'yicha yetakchi o'rinni egallaydi. Geografik o'rni, tabiiy sharoiti, resurslari Janubiy Qozog'istonga Orol ko'lidan Jung'oriya Olatoviga, Balxashdan Betpaqdalagacha qadar bo'lgan juda katta bo'lgan hudud qaraydi. Iqtisodiy rayon g'arbdan sharqqa tomon deyarli 200km ga, shimoldan janubga tomon 700km ga cho'zilgan. Revolyutsiyadan keyingi yillarda Janubiy Qozog'iton bo'ylab temir va avtomobil yo'llari o'tkazilishi, iqtisodiy rayonning rivojiga juda katta ta'sir ko'rsatadi. Iqtisodiy rayon hududi bo'ylab o'tkazilgan temir va avtomobil yo'llari quvur transporti, ushbu iqtisodiy rayonni Respublikaning boshqa iqtisodiy rayonlari hamda O'rta Osiyo Respublikalari bilan chambarchas bog'laydi. Janubiy Qozog'istonning tabiiy sharoiti rang-barangligi bilan ajralib turadi. Bu yerda rayon egallab turgan maydonning 80% cho'llardan iborat.Rayonning bir qismi ya'ni Shimliy Tyanshan,Jung'oriya Olatovi tog'-oldi rayonlari yetarlicha namlikka ega ekanligi bilan ajralib turadi.Tog'larning baland tog' qismi subalp va alp o'tloqlaridan iborat bo'lib, asosan yozgi yaylov sifatida foydalaniladi. Iqtisodiy rayon iqlimida issiq davrning uzoq davom etishi,ijobiy haroratning kattaligi,quyoshli kunlarning bo'lishligi bilan ajralib turadi.Iqlimning bunday kelishi iqtisodiy rayonlarda issiqsevar ekinlarni yetishtirish imkoniyatini beradi.Iqtisodiy rayonning qismida 250mm, tog' oldi rayonlarida 400 mm yog'in tushadi.Bu shuni ko'rsatadiki,iqtisodiy rayonning asosiy qismida dehqonchilikning sun'iy sug'orish asosida amalga oshirish mumkin.Shu sababli Janubiy Qozog'istonda daryolar sug'orish manbai sifatida juda katta ahamiyatga ega.Bundan tashqari iqtisodiy rayonda daryolar katta energetik quvvatga ham ega hisoblanadi. Janubiy Qozog'iston juda katta mineral xom-ashyo resurslariga ega.Bu yerda Qoratovda polimetall va fosforitlarning juda katta zahiralari mavjud.Polimetall rudalari Jung'oriya Olatovida ham uchraydi.Orol dengizida sulfat va osh tuzlari Sastena rayonida-ohaktosh, Turkiston rayonida-gips va sement sanoatining xom ashyosi tarqalgan. Aholining soni jihatidan Janubiy Qozog'iston Respublikasida birinchi o'rinni egallaydi.Bu yerda Respublika aholisining 38% i yashaydi.Aholi zichligi 1 km kv ga 9 kishini tashkil qiladi.Aholining asosiy qismi Tyanshan,Jung'oriya Olatovi,Qoratovning tog' oldi rayonlaridan Sirdaryo vodiylarida zich joylashgan. Balxashbo'yi, Muyunqum, Betbaqdala, Orolbo'yi Qoraqumi va Qizilqumi hamda rayonning baland qismida aholi juda siyrak. Ushbu rayonllarda aholi zichligi 1kv km ga 2-4 kishini tashkil qiladi. Revolyutsiyadan keyingi yillarda iqtisodiy rayonida shahar aholisining ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.59 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.59 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:44 ]
Arxiv ichida: doc