Janubiy va janubi-sharqiy Osiyo

Janubiy va janubi-sharqiy Osiyo

O'quvchilarga / Geografiya
Janubiy va janubi-sharqiy Osiyo - rasmi

Material tavsifi

Janubiy va janubi-sharqiy Osiyo Osiyoning janubi materikning yarnm orol va orollarga bo'linib ketgan, tropikdan janubda joylashgan chekka qismidir. G'arbdan sharqqa tomon qirg'oqlarning parchalanib ketganligi ortishi bilan birga geologik tuzilishi va relefi ham murakkablashib boradi. Sharqiy Osiyodagi kabi Janubiy Osiyoda ham tabiatini uyg'unlashtiruvchi omillar musson tsirkulyatsiyasining hukmronligi, shuningdyok, organik dunyosining vujudga kelishi hamda tarkibining umumiyligi bo'lib hisoblanadi. O'rtacha yillik haroratning yuqori (+20°S dan ortiq) ekanligi, o'lkaning katta qismida yil davomida temperatura amplitudasining kichikligi butun o'lka uchun xosdir. Janubiy Osiyoning deyarli butun materik qismida yog'inning yillik miqdori va namgarchilik davrining uzunligi turli rayonlarda turlichadir. Orollar qismida butun yil davomida harorat va namgarchilik bir xil bo'ladigan ekvatorial iqlim hukmronlik qiladi. O'simlik qoplamida sernam tropik o'rmonlar, yilning quruq faslida bargini to'kaditan tropik siyrak o'rmonlar, savannalar qo'shilib ketgan. O'simliklarning bu hamma tiplari va ayniqsa sernam tropik o'rmonlar turlarga boyligi hamda o'simliklarning ko'pligi bilan ajralib turadi. Bu o'simliklar hozir ko'p joylarda o'stirilmoqda. O'lkaning hayvonot dunyosi ham hayvon turlariga nihoyatda boy, bu yerda Osiyoning tropik hayvonlari, Azstraliyaga xos hayvonlar ham bor. Janubiy Osiyoda ham Sharqiy Osiyodagi kabi aholi juda zich, lekin notekis joylashgan. Sohillarda va keng allyuvial pasttekisliklarda inson ta'siri tufayli tabiiy landshaftlar juda ham o'zgarib ketgan. Lekin ichki, ayniqsa tog'li rayonlarda tabiatga shu vaqtga qadar inson juda kam ta'sir ko'rsatgan. Osiyoning janubi va janubi-sharqini Tinch hamda Hind okeanlarining rejimi va organik dunyosi xususiyatlariga kugra tipik tropik suv havzalaridan iborat dengizlari yuvib turadi. Sharqiy Osiyoni o'rab turgan qator dengizlarning davomitinch okeaniing eng katta dengizi bo'lgan Janubyy Xitoy dengizi tropik chizig'i bilan ekvator oralig'kda joylashgan. Uning kattagina qismi materik sayozligida o'rnashganfilippin orollariga tutashgan qismi tagi notekis bo'lgan tektonik botiqdan iborat, bu qismida ko'pgina sayozliklar bor, eng chuqur yeri 5420 m. Dengizdagi orollarning deyarli hammasi marjon orollaridir. Janubiy Xitoy dengizi butunlay musson shamollari harakati zonasida joylashgan, undagi oqimlar sistemasi ham mussonlarga bog'liq: yozda oqimlar shimoldan, shimoli-sharqdan, qishda janubdan keladi. Shu sababli yuzadagi suvlar temperaturasi yil bo'yi yuqori bo'ladi. Faqat shimolda fevral oyida suv harorati +20°S gacha pasayadi. Malayya arxipelagining orollari orasidagi dengizlar suvi ham yil davomida juda iliq bo'ladi (+26-29°S). Suvning sho'rligi okean suvi sho'rligiga teng yoki bir oz pastroq (30-32%). Tinch okeaniing tropik dengizlari organik dunyosi nihoyatda boy. Ularda marjonlar, mollyuskalar, dengiz bulo'tlari, ignaoyoqlilar, baliqlar eng ko'p tarqalgan. Baliqlarning turi 200 taga etadi. Dengiz ilonlari va toshbaqalari ham bor. Hindiston va Hindixitoy yarim orollari orasida joylashgan Bengaliya qo'ltig'i aslida Hind okeanining dengizidir. Qo'ltiqning janubiy qismi eng chuqur joyi 5258 m bo'lgan yosh tektonik botiqdan iborat. Sharqiy qismida suv ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.06 MB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.06 MB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga