Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi

O'quvchilarga / Geografiya
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi - rasmi

Material tavsifi

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Reja: Geografik o'rni va chegaralari Tabiiy sharoiti va resurslari. Davlat tuzumi va siyosiy partiyalari. Aholisi va mehnat resurslari. Xo'jaligiga umumiy ta'rif. Sanoati. Qishloq xo'jaligi. Transporti. Tashqi iqtisodiy aloqalari. Tayanch so'z va iboralar: relyef; tekislik; cho'l; voha; neft; tabiiy gaz; aholining tabiiy o'sishi; qora metallurgiya; yengil sanoat. Geografik o'rni va chegaralari. Jazoir shimoli- g'arbiy Afrikada joylashgan arab davlati. Shimoli-g'arbda Marokash bilan (1559km) g'arbda G'arbiy Sahroi Kabir (42km), janubi-g'arb va g'arbda Mavritaniya (463km) bilan, janubda Niger (956km), Mali (1376km) bilan, sharqda Liviya (1982km) va Tunis(965km) bilan chegaradosh. Shimolda sohillarini O'rta dengiz (988km) suvlari yuvib turadi. Mamlakatning shimoldan janubga uzunligi 1900km, g'arbdan sharqqa esa 1800kmga cho'zilgan. Mamlakatning umumiy maydoni 2.381.740km². Poytaxti Jazoir shahri. Jazoirning geografik o'rni juda qulay, chunki u O'rta dengizning janubi-g'arbida joylashgan. Jazoir bir tomondan O'rta dengiz bo'yi va Afrika mamlakati bo'lsa, boshqa tomondan Jazoir Yevropava Afrika mamlakatlarining eng muhim kommunikatsiya yo'llari chorrahasida joylashgan davlatdir. Tabiiy sharoiti va resurslari. Relyefi. JHDR hududining kattaligi, shimoldan janubga, g'arbdan sharqqa tomon juda katta masofaga cho'zilganligi uchun mamlakat hududida turli landshaft zonalarigagina emas, hatto tabiat mintaqalari ham joylashgan. Tabiiy sharoitining bir-biridan tubdan farq qilishi jihatidan Jazoir ikki qismga: Janubiy va Shimoliy Jazoirga bo'linadi. Shimoliy Jazoir Afrikaning Atlas tabiiy o'lkasiga kirib, janubiy mo'tadil mintaqaning subtropik zonasini qamrab oladi. Mamlakatning katta qismini Sahroi Kabir egallaydi. Jazoir Sahroi Kabirining deyarli 56 qismini cho'l va chalacho'llar egallagan. Janubiy Jazoir yoki Jazoir Sahroi Kabiri mamlakat maydonining 2mln.km²ni o'z ichiga oladi. Jazoir Sahroi Kabirida 500m balandlikda tekislik vohalari uchraydi. Jazoir Sahroi Kabirining janubi-sharqiy qismida zinapoyasimon platolar bilan o'ralgan Axaggar vulqon tog'ligi joylashgan (eng baland cho'qqisi 3004m). Jazoirda turli xil foydali qazilma konlari ochilgan. Bu yerda tuz, toshko'mir, temir, mis, volfram va nodir metallar, uran konlari bor. 1960-yillardan boshlab Jazoir sahrosidan eng yirik neft konlari topilgan, shuningdek, tabiiy gaz, fosfatlar, qo'rg'oshin, ruh konlari ham topilgan. Shimoliy Jazoir marganets, mishyak, surma, mis konlariga boy. Jazoir tabiiy xaritasi. Iqlim va ichki suvlari. Mamlakat shimolida O'rta dengiz subtropik iqlim kuzatiladi. O'rtacha oylik harorat xatto eng sovuq (yanvar) oyida ham 0˚C dan yuqori. Maksimum harorat 40˚C dan yuqori. Shalif vodiysida xatto 50˚C dan yuqori bo'ladi. Sahrodan issiq shamol sirokko 30-40 kunlab esib turadi. O'rtacha yillik yog'in miqdori 600-100 mm, baland tog'li rayonlarda esa 1500-1700 mm yog'ib, asosiy qismi qishda tushadi. O'rta dengizning quruq subtropik rayonida o'rtacha yillik yog'in miqdori 300 mm dan kam, ba'zi joylarida xatto 150mm gacha yog'in tushadi. Janubiy Jazoir iqlimida quruq havo hukumron, namlik yetishmaydi. Yillik o'rtacha yog'in ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 286.17 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 286.17 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga