MAVZU:Jinoyatchilik geografiyasi 60530400 -Geografiya ta'lim yo'nalishi SOTSIAL GEOGRAFIYA REJA Jinoyatchilik - kriminogen geografik tadqiqotlarning obyekti sifatida. Jinoyatchilik geografiyasining fanlar tizimida tutgan o'rni, jinoyatchilikni geografik jihatdan o'rganishning xususiyatlari. Jinoyatchilik geografiyasining rivojlanishi. Jinoyatchilik turlari va ularning rivojlanishidagi hududiy tafovutlar. Krimenogen vaziyat va uni xaritada aks ettirish. Jinoyatchilikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti - Transparency International. Sotsial geografiya o'zining ichki tuzilishiga, tarkibi va unga qo'shni bo'lgan fanlar bilan aloqa qilish imkoniyatiga ega. Binobarin, sotsiial geografiya tizimida jinoyatchilik geografiyasining ham integratsion ahamiyati mavjud. Jinoyatchilik geografiyasi ko'proq kriminologiya va geografiya fanlari qirrasida o'rganiladi. Jinoyatning sodir etilishi va uning sabablarini, jinoyatchilikni oldini oluvchi vositalar hamda jinoyat sodir etgan kishilarning shaxsini kriminologiya fani o'rgansa, jinoyatning turli hududlarda sodir etilishi, jinoyatchilikka ta'sir etuvchi shart-sharoitlar va omillar jinoyatchilik geografiyasiga taalluqlidir. Jinoyatchilikni o'rganish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi va kriminologiya nomini oldi. Kriminologiya so'zi lotincha crimen-jinoyat, yunoncha logos- ta'limot, ya'ni jinoyatchilik haqidagi ta'limot degan ma'noni anglatadi. Bunda jinoyat tushunchasi aniq bir jinoyatni emas, balki umuman jinoyatchilikni nazarda tutadi. Ayrim vaqtlarda kriminologiya fanini jinoyat sotsiologiyasi, jinoyat biologiyasi deb ham atashgan. Geograflar esa jinoyatning hududiy xususiyatlarini o'rganadilar. U o'z mazmuniga ko'ra nozogeografiya, din, rekreatsiya geografiyasi kabi sotsial hodisalarni o'rganadi. Demak, jinoyatchilik sotsial voqealik bo'lib, uning mohiyati va mazmunini geokriminogen vaziyatni vujudga kelishi hamda rivojlanishiga ta'sir etuvchi hududiy qonuniyatlar tashkil etadi. Jinoyatchilik geografiyasini O'zbekistonda rivojlanishi Kriminologiya sohasini o'rganishga bag'ishlangan ilmiy ishlar Respublika miqyosida juda oz. Mustaqqillik yillarida Y.Karaketov, M.Usmonaliyevlar muallifligida O'zbekistonda Jinoyatchilikka qarshi kurashning kriminologik choralari deb nomlangan monografiya chob etilgan. Shu bilan birga hozirgi kungacha kriminologik muammolarga oid turli ko'lamdagi ilmiy ishlar V.M.Bikov, J.Alimardonov, K.Mirzajonov, K.Abdurasulova, M.Rustambayev, U.Haydarova va boshqalar tomonidan bajarilgan. Geokriminogen sotsial geografiyaning muhim bir qismi sifatida turli mamlakat yoki mintaqalarda sodir etilayotgan jinoyatlarga ta'sir etuvchi shart-sharoit va omillar, shuningdek kriminogen vaziyatning hududiy xususiyatini o'rganadi. Jinoyatchilik tushunchasi mohiyati va mazmuni Jinoyatchilik mamlakatda ma'lum vaqtda sodir etilgan barcha jinoyatlar tizimidan iborat o'zgaruvchan sotsial voqealikdir. Jinoyatchilik- ijtimoiy buzilish, salbiy hodisa bo'lib mamlakat yoki mintaqalarda ro'y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar uning holatiga, miqdor hamda sifat ko'rsatkichlariga va hududiy tarkibiga bevosita ta'sir etadi. Jinoyatchilik ijtimoiy voqea sifatida, eng avvalo, aholiga tegishli. Aholining soni, dinamikasi, joylashuvi, milliy va jinsiy tarkibi, migratsion harakati hamda bandlik holati kabi omillar bilan bog'liq Jinoyatchilik geografiyasining asosiy maqsadi jinoyatlarning qayerda va qachon, nima uchun, aynan ,shu joyda sodir qilinayotganini o'rganish bilan tavsiflanadi. Hozirgi kunda O'zbekistonda shahar aholisining salmog'i 51 foizni, qishloq aholisi esa 49 foizga teng. Shaharlarda qishloq joylariga qaraganda jinoyat sodir etish 6-7 marta ko'proq. Chunki qishloq ijtimoiy muhitida ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.16 MB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:44
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.16 MB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:44 ]
Arxiv ichida: pptx