Jizzax viloyati tog'li hududlar qishloqlarining rivojlanish xususiyatlari

Jizzax viloyati tog'li hududlar qishloqlarining rivojlanish xususiyatlari

O'quvchilarga / Geografiya
Jizzax viloyati tog'li hududlar qishloqlarining rivojlanish xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Jizzax viloyati tog'li hududlar qishloqlarining rivojlanish xususiyatlari Jizzax viloyati tog'li hududlariga Baxmal, Zomin, Forish, G'allaorol, Yangiobod tumanlari kiradi. Ularning umumiy yer maydoni 17,0 ming km kv, viloyat umumiy yer maydonining 80 foizi, aholisi 491,2 ming kishi bo'lib, viloyat umumiy aholisining 45 foizini tashkil etadi. Mintaqa O'zbekiston Respublika-sining qishloq xo'jaligi rivojlangan hududlardan biridir. Viloyat aholisining asosiy qismi ham qishloqlarda istiqomat qiladi (74 %, 2007 y.). Shu bilan birga qishloq aholi manzilgohlarining joylashuvida ham o'ziga xos ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlari mavjud. XX asr o'rtalarigacha yirik qishloqlar asosan tog' va tog' oldi zonalarida joylashgan bo'lib, Mo'g'ol, Sartyuz, Oyqor, Bog'ishamol kabi qishloqlar Sangzor vodiysida, G'o'bdun, Ko'kbuloq, Mirzabuloq va boshqa qishloqlar G'allaorol tekisligida, G'allakaor, Gulshan, Chorvador, Omongeldi, Qizilqum, Qoraobod, Eshbuloq singari bir qancha qishloqlar esa Zomin va Nurota tog' oldi hududlarida lentasimon qo'rinishda shakllangan. Qishloqlarning bunday hududiy tashkil topgani aholining katta - kichik soy va daryolar atrofida, suvga yaqinroq joylashishga bo'lgan intilishidir. Respublikamiz iqtisodiyotining asosini qishloq xo'jaligi tashkil etaganligi bois Jizzax viloyati aholisining asosiy qismi ham bog'dorchilik, chorvachilik va lalmikor donchilik bilan shug'ullanib keladi. Masalan, G'allaorol tumani g'alla yetishtirishga, Forish - uzumchilikka, Baxmal tumani olma, Zomin esa donli ekinlar yetishtirishga ixtisoslashgan. Ta'kidlash joizki, viloyat hududidagi cho'llarning keng miqyosda o'zlashtirilishi sobiq Ittifoq davrida amalga oshirilgan va bu tog' hamda tog' oldi aholisini cho'lga ko'chirish orqali amalga oshirilgan. Albatta, aholining ko'p qismi cho'lga o'z ixtiyori bilan ko'chib borgan, chunki o'sha davrda tog' qishloqlarida mehnat resurslarining ish bilan ta'minlanishi ancha chegaralangan bo'lgan. Agar o'sha davrdagi cho'l va tog' qishloq aholi manzilgohlari bir - biri bilan solishtirilsa, juda katta farqlarni ko'rish mumkin. Ayni vaqtda tog' va tog' oldi zonalaridagi qishloqlar kengayib bormoqda, aholining tirikchilik manbai yana o'sha bog'dorchilik, chorvachilik va lalmikor donchilik bo'lib qolgan. Jizzax viloyatidagi tog' va tog' oldi hududi qishloqlari Baxmal, Zomin Yangiobod, G'allaorol, Forish tumanlarida joylashgan. Qolgan tumanlar esa asosan o'zlashtirilgan cho'l hududlarida tashkil topgan bo'lib, ular ham o'z navbatida o'ziga xos demografik xususiyatlarga ega. 1 - jadval Jizzax viloyati tog' va tog' oldi tumanlarining ma'muriy - hududiy tarkibi quyidagicha (2007 yil) Jadval Jizzax viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlari asosida tuzilgan. Jadvaldan ko'rinib turibdiki, eng ko'p qishloqlar, ya'ni Omongeldi, Gulzor, Arnasoy, Garasha, Qizilqum, Qoraobod, Narvon, Egizbuloq, Omonsoy, Forish, Uxum kabi qishloqlar Forish tumaniga to'g'ri keladi. Bu tumanning hududi 9670 km kv bo'lib, aholisi 75,6 ming kishini tashkil etadi. Ushbu tumanning katta qismi cho'l mintaqasida joylashgan va bu cho'l hududida bir qancha xo'jaliklar tashkil qilingan bo'lsada, yirik qishloqlar ko'proq tog' va tog' oldi zonasida o'rnashgan. Katta yoshli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.01 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.01 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga