Jizzax vohasida sug'oriladigan yerlar meliorativ kadastri Jizzax viloyatidagi sug'oriladigan erlarni sizot suvlar sathi chuqurligi va sho'rlanishini aniqlash maqsadida har yili sug'orish mavsumi boshlanishidan oldin 1 aprelda va sug'orish mavsumi deyarli tugashi bilan 1 oktyabrda statsionar kuzatuv quduqlari orqali kuzatish itshlari olib boriladi. Viloyat bo'yicha 2007 yilda jami 299514 ga sug'oriladigan yerlar bo'lib 2745 ta kuzatuv quduqlari o'rnatildgan va kuzatuv ishlari olib borilgan. Kuzatuv ishlari monitoringi natijasida erlarning bir necha yillik qiyosiy jihatdan sifat ko'rsatkichlarini tahlil qilish natijasida banittet ballarini aniqlash mumkin. Viloyatning sug'oriladigan yerlari 2007 yilda 299514 ga bo'lib, bu jami viloyat yer fondining 14% tashkil etadi. 2007 yil 1 aprelga vilyaotning sizot suvlari sathi chuqurligini 2006 y 1 aprelga taqqoslaganimizda 0 1 m oraliqdagi maydonlarda sizot suvlar sathi ko'tarilganligi kuzatilmadi. Sizot suvlar sathi 1 - 1,5 m oraliqdjagi maydonlar 2007 y 1 aprelda 292 ga bo'lgan bo'lsa, 2006 yil aprelda 380 ga bo'lib, 82 ga kamayganligi kuzatildi. Shundan Jizzaxda 15 ga, Do'stlikda 12 ga, Zafarobodda 45 ga, Mirzacho'lda 150 ga, Paxtakorda 70 gani tashkil etdi. S.s.s. chuqurligi 1,5 - 2 m bo'lgan maydonlar 2007 yil 1 aprelda 10491 ga bo'lgan bo'lsa, 2006 yil 1 aprelda 102 ga bo'lib bu oraliqdagi maydonlar 10389 ga ko'payganligi kuzatildi. Tumanlar bo'yicha esa Arnasoyda 6611 ga, Jizzaxda 637 ga, Do'stlikda 800 ga, Zominda 525 ga, Zafarobodda 490 ga, Mirzacho'lda 871 ga, Paxtakorda 557 gani tashkil etadi. S.s.s. 2 - 3 m oraliqdagi maydonlar 2007 yil 1 aprelda 238 863 ga bo'lgan bo'lsa, 2006 yil 1 aprelda 227556 ga bo'lgan. 11307 ga ko'payganligi kuzatildi. Arnasoyda 26779 ga, Jizzaxda 26953 ga, Do'stlikda 34331 ga, Zominda 23506 ga, Zarbdorda 13440 ga, Zafarobodda 2281 ga, Mirzacho'lda 31774 ga, Paxtakorda 27971 gani tashkil etgani kuzatildi. S. s. s. chuqurligi 3 - 5 m oraliqdagi maydonlar 2007 yil 1 aprelda 29920 ga bo'lgan bo'lsa, 2006 yil 1 aprelida 41646 ga bo'lib, 11726 ga ko'payganligi kuzatildi va tumanlar bo'yicha quyidagicha taqsimlanadi. Jizzaxda 7348 ga, Do'stlikda 602 ga, Zominda 1858 ga, Zarbdorda 139892 ga, Zafarobodda 6055 ga, Mirzacho'lda 55 ga, Paxtakorda 20 ga. S. s. s. chuqurligi 5 m dan past bo'lgan maydonlar 2007 yil 1 aprelida 19948 ga bo'lgan bo'lsa, 2006 yil shu davrda 20025 bo'lib, bunday maydonlar 77 ga kamayganligini kuzatish mumkin. Tumanlar bo'yicha esa Jizzaxda 122 ga, Zominda 106 ga, Zarbdorda - 8788 ga, Zafarobodda 400 gani tashkil etadi. Viloyat bo'yicha sizot suvlari sho'rlanishini taqqoslaganimizda, sizot suvlar sho'rlanish darajasi 0 - 1 gl miqdordagi maydonlar 2007 yil 1 aprelida ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.68 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.68 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:45 ]
Arxiv ichida: doc