Kanada: iqtisodiy-geografik tavsifi 9-sing Geografiya darsligi asosida 64 § - mavzu Reja: 2 3 4 Kanada 1 Aholisi Qishloq xo'jaligi va chorvachilik Kanada sanoati Kanada Shimoliy Amerikada joylashgan, jahonda iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlardan biri, «Sakkizlik davlatlari» qatoriga kiradi. Kanada hududi Shimoliy Amerika materigining shimoliy qismi va unga yondosh orollarda joylashgan. Maydoni 9971,0 ming km2, aholisining soni 38,5 mln. kishi (2013-y.). Kanada tabiiy resurslarga juda boy mamlakatdir. Uning hududida uran, temir rudasi, nikel, mis, qo'rg'oshin, rux, oltin, kumush, neft va tabiiy gazning yirik konlari mavjud. uran nikel qo'rg'oshin temir rudasi Uran, nikel, oltin, kumush va boshqa qator rudali va noruda qazilma boyliklarni qazib olish bo'yicha Kanada dunyo mamlakatlari ichida yetakchilik qiladi. nikel Uran oltin kumush Mamlakat yer, va, ayniqsa, suv hamda o'rmon resurslariga juda boydir. Shimoliy mintaqasidagi o'rmonlarning deyarli 13 qismi ushbu mamlakatga to'g'ri keladi. Aholisining qariyb 40 % i kanadalik inglizlar, 30 % i kanadalik franso'zlardan iborat. Mamlakat shimolida hamda ovchilik va baliqchilik rivojlangan markaziy va g'arbiy hududlarida mahalliy hindular, eskimoslar, atapaskalar va boshqalar tarqoq holda yashaydi. Aholi soni tabiiy o'sish va migratsiya saldosi hisobiga ko'paymoqda. O'rtacha yillik o'sish sur'ati keyingi o'n yilliklarda 1 % dan oshmayapti. Kanada dunyo mamlakatlari ichida nikel, rux, kumush rudalari, kaliy tuzlari, asbest qazib olish hamda qog'oz ishlab chiqarishda birinchi o'rinda turadi kaliy tuzlari asbest qog'oz Kanada sanoatida tog'-kon tarmog'i bilan bir qatorda elektroenergetika, o'rmon, yog'ochni qayta ishlash va selluloza-qog'oz, transport va qishloq xo'jaligi rivojlangan. Mashinasozligi, rangli va qora metallurgiya, kimyo va neft-kimyo, oziq-ovqat (un tortish, go'sht, baliq-konserva va b.) va yengil (to'qimachilik, teri-poyabzal va tikuvchilik) sanoat tarmoqlari yuqori darajada rivojlangan. Qishloq xo'jaligi va chorvachilik yuqori darajada mexanizatsiyalashgan va ixtisoslashgan. Mamlakatda transportning barcha turlari yaxshi rivojlangan. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.75 MB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:45
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.75 MB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:45 ]
Arxiv ichida: pptx