Kanada iqtisodiy geografiyasi

Kanada iqtisodiy geografiyasi

O'quvchilarga / Geografiya
Kanada iqtisodiy geografiyasi - rasmi

Material tavsifi

Kanada iqtisodiy geografiyasi Kanada hukumat tuzilishi. Kanada tabiati . Kanada iqtisodiy geografiyasi va xo'jaligi. Bayroq KANADA BAYROG'I. GERBI Poytaxti--Ottava. Hukumati --Hamdo'stlik. .Rohib .General gubernator .Bosh vazir Mustaqillik--Britaniya imperiyasi tarkibida b0'lgan …. 1867-yil 1-iyul. Maydoni--9948 ming km ² Aholisi--33 mln 805 ming kishi Pul birligi-- Canadian dollar (Cad) YaIM -- 35ming dollar Kanada poytaxti - Ottava shahri. BMT va NATO a'zosi hamda AQSH bilan Erkin iqtisodiy savdo aylanmasi to'g'risidagi shartnomasi tuzgan. Birlashgan qirollik dominioni. 1931-yilda suveren huquqi berilgan. Biroq, mustaqillik e'lon qilinmagan. Mamlakatni Birlashgan qirollik qiroli (yoki qirolichasi) tomonidan tayinlangan General-Gubernator boshqaradi. Davlat tuzumi Kanada - Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo'stlik tarkibidagi federativ davlat. Amaldagi Konstitutsiyasi 1982-yil 17-aprelda kuchga kirgan. Davlat boshlig'i - Buyuk Britaniya qiroli (qirolichasi), uning nomidan general-gubernator davlatni boshqaradi. Qirolicha general-gubernatorni Kanada bosh vazirining tavsiyasi bilan, odatda, 5 yil muddatga tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirolicha nomidan general-gubernator va 2 palatali parlament (senat va jamoalar palatasi) amalga oshiradi. Ijroiya hokimiyatni qirolicha nomidan general-gubernator hamda bosh vazir va vazirlardan iborat hukumat amalga oshiradi (1993-yildan bosh vazir Jan Kretyen). Tabiati Kanada hududining g'arbiy qismi tog'li, sharqiy qismi tekislik, shimoliy va qisman shimoli-sharqiy sohillari pasttekislik, sharqiy qirg'oqlari tik, g'arbiy sohili esa juda baland. Materikning o'rta qismi va Kanada Arktikasi arxipelagining materikka tutashgan joyi tekislik hamda platodan iborat. Gudzon qo'ltig'ining atrofi pasttekislik. Lavrentiy qirlari, Markaziy tekisliklar, Buyuk tekisliklar bor. Kanadaning g'arbiy chekkasida Kordilyera tog'lari, janubi-sharqida Appalachi tog'lari joylashgan. Uran, temir, nikel, mis, rux, qo'rg'oshin, oltin va kumush, toshko'mir, neft, tabiiy gaz konlari bor. Kanadada shimol bug'usi, mushkli buqa, oq ayiq, qutb tulkisi, lemming, qutb quyoni, kaklik, boyqush, los, bizon, jayra, qoplon, bo'ri, qunduz va boshqa hayvonlar yashaydi. Daryo va ko'llari baliqlarga boy. Milliy bog'lari: Banf, Vud-Baffalo, Gleysher, Jasper, Yoxo va boshqa, viloyat bog'lari ham bor. Aholisi Aholisining 13 qismi ingliz-kanadaliklar (44%) va fransuz-kanadaliklar (28%). Tub aholisi - indeyslar 533 ming va eskimoslar salkam 33 ming kishi qolgan. Kanadada nemislar, ukrainlar, italyanlar, gollandlar, vengerlar, ruslar va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy tillar - ingliz va fransuz tillari. Fransuz-kanadaliklar katolik dinida, ingliz-kanadaliklarning asosiy qismi - protestant. Aholining 78,6% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Montreal, Kalgari, Toronto, Vankuver, Vinnipeg, Gamilton va boshqalar. Xo'jaligi Kanada - yuksak taraqqiy etgan industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 22%, q.x. ulushi 2,2%. Sanoati Aholi jon boshiga mineral xom ashyo va yarim fabrikatlar i.ch. jihatdan Kanada taraqqiy etgan ko'pgina mamlakatlardan ustunlik qiladi. Nikel, rux, kumush, molibden rudalari, asbest, oltin, platina, niobiy, tabiiy gaz, oltingurt qazib chiqarishda, gazetabop qog'oz, alyuminiy, sellyuloza, tilingan binokorlik yog'ochlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 288.96 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:45 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 288.96 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga