Kapri opolida (muallif fotosi) Shimoliy Apennin tog'laridagi ko'p aholi punktlari chuqur tektonik soyliklarda joylashgan. Ana shunday soyliklarning birida qadimgi shahar Florensiya o'rnashgan. Janubroqda Arno daryosi bilan Volturno daryosi yuqori qismlari oralig'ida Apennin tog'larining eng yuqori qismimarkaziy Apennin tog'lari joylashgan. Ular mezozoy ohaktoshlaridan tuzilgan, tektonik harakatlar natijasida juda parchalanib, bir-birlaridan chuqur soyliklar va tektonik vodiylar bilan ajralib turgan baland massivlarga bo'linib ketgan. Massiv tog'larning yonbag'irlari ko'p joyda tik jarlik hosil qilgan, ochilib qolgan. Tog'larning eng baland qismlarini to'rtlamchi davr muzlari bosgan va ular relefida muzlik hosil qilgan shakllar aniq ko'rinib turadi. Apennin tog'larining eng baland cho'qqisi Gran-Sasso dItaliya massividagi Korno tog'i 2914 m ga etadi va tepasi aniq ko'rinib turgan hamda yonbag'irlari tik tushgan tipik kar massividan iborat. O'rmonlarning ko'plab kesib yuborilishi Markaziy Apennin tog'larida karst hosil bo'lish jarayonining juda kuchayib ketishiga yordam berdi. Karst dalalari ayniqsa keng tarqalgan (ularning hosil bo'lishida tektonik harakatlar qatnashgan) chuqur karst voronkalari, karr dalalar ham ko'p. Ko'p ko'llar, shu jumladan, eng katta ko'l-Trazimen ko'li ham karst natijasida vujudga kelgan. Janubiy Apennin tog'lari o'rtacha balandlikdagi tog'lar bo'lib, ko'proq paleogen davrining g'ovak jinslaridan tuzilgan. Faqat Tirren dengizi tomonida ohaktosh qatlamlari bor. Bu tog'lar Tirren dengiziga juda yaqin joylashgan, bazi joylarda dengizga bevosita tik jarlik hosil qilib tushadi. Dengizning urilma to'lqini ohaktoshlarda o'ziga jcoc relef shakllarini hosil qilgan. Kapri orolidagi tik jarlik hosil qilib tushgan qirg'oqlardagi ungurlar manzarasi ayniqsa go'zaldir. Apennin tog'lari orografik jihatdan Kalabriya yarim orolida davom etadi, bu yerda ular Kalabriya Apennin tog'lari deb ataladi. Lekin Kalabriya tog'ining yoshi Apennin tog'larining boshqa qismlariga qaraganda boshqacha va o'zi ham boshqacha tuzilgan. Kalabriya tog'i kristall jinslardan tuzilgan, tekislangan, uzilmalar natijasida ko'tarilib qolgan gumbazsimok massivdir. Aftidan bu massiv Tirren dengizi o'rnida mavjud bo'lgan neogenda yer po'stida yorilishlar bo'lib, cho'kib ketgan o'rtalikdagi massivning bir qismi bo'lsa kerak. Kalabriya tog'lari balandligi deyarli 200 m gacha etadi va aniq ko'rinib turgan tektonik zinapoyalar hosil qilib dengizga tushib keladi. Apennin yarim orolining Tirren va Adriatika dengizlari sohillari turli xil tuzilish va relefga egadir. Tirren dengizi sohilidagi yer shimolda eng keng bo'lib, bu yerda uncha baland bo'lmagan sertepa tekislikdan ayrim-ayrim kristall massivlarkalabriya tog'lariga o'xshagan qadimgi quruqlikning qismlari ko'tarilib turadi. Undan janubga tomon Apennin oldining yer yuzasi tuzilishi va relefida qadimgi hamda yosh vulkanik hosilalar katta rol o'ynaydi. Bu yerda bir necha so'ngan vulkan ko'tarilib turadi va vulkan jinslaridan tuzilgan hamda daryolar o'yib, parchalab yuborgan tekisliklar joylashgan. Italiyaning poytaxti Rim ham ana shu vulkanli sertepa tekislikda o'rnashgan. Bu rayonning ko'p joyidan issiq buloqlar chiqqan, bular ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
114.43 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
114.43 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:45 ]
Arxiv ichida: doc