Karib havzasi orol mamlakatlari 10-sing Geografiya darsligi asosida 25 § - mavzu Karib havzasi orol mamlakatlari Vest-Indiya aholisining umumiy soni Karib dengizidagi orol mamlakatlar Reja: Karib havzasi orol mamlakatlari Shimoliy va Janubiy Amerika materiklari oralig'ida, Meksika qo'ltig'i va Karib dengizi bilan Atlantika okeani tutashgan akvatoriyada joylashgan orollar Xristofor Kolumbning birinchi ekspeditsiyasi tomonidan 1492-yilda Amerika qit'asining dastlab ochilgan yerlari hisoblanadi. Vest-Indiyaning umumiy maydoni 245 ming km2 atrofida bo'lib, shundan 216 ming km2ni Katta Antil orollari egallaydi. Kichik Antil va Bagama orollarining maydonlari esa deyarli bir xil bo'lib, har ikkala arxipelagga 14 ming km2dan ziyodroq hudud to'g'ri keladi. Vest-Indiya orollarida jami 13 ta mustaqil davlat joylashgan. Vest-Indiyaning siyosiy xaritasida jami bo'lib 15 taga yaqin, Buyuk Britaniya, Fransiya, Niderlandiya va AQSHning mustamlaka, dengizorti hududlari hamda o'zini-o'zi boshqaradigan hududlari ham mavjud. Vest-Indiya orollari Karib va Shimoliy Amerika litosfera plitalari to'qnashgan chegarada joylashganligi bois, u yerda vaqti-vaqti bilan kuchli zilzilalar sodir bo'lib turadi. Kichik Antil orollarida harakatdagi vulqonlarni ko'p. Bunday tektonik tuzilishi tufayli Vest-Indiya orollarining yer yuzasi tog'lardan iborat. Vest-Indiya aholisining umumiy soni 43 mln kishiga teng (2016yil holatiga). Kuba (11,2 mln), Gaiti (11,1 mln) va Dominikana Respublikasi (10,6 mln). Mintaqa aholisi soni bo'yicha yetakchilik qiladi. Ko'p davlatlarda aholi soni o'sishiga emigratsiyaning yuqoriligi salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Bu, ayniqsa, aholisi AQSHga ommaviy tarzda ko'chayotgan Puerto-Riko uchun xos holat. Vest-Indiyadagi eng yirik shaharlar - Kuba poytaxti Gavana, Dominikana Respublikasi poytaxti Santo-Domingo, Gaiti poytaxti Porto-Prens va Yamayka poytaxti Kingston hisoblanadi. Kuba va Puerto-Rikoda aholisining irqiy tarkibida yevropaliklarning avlodlari (kreollar), Dominikana Respublikasida mulatlar, boshqa davlatlarda esa qora tanlilar ko'pchilikni tashkil qiladi. Karib dengizidagi orol mamlakatlar iqtisodiy geografik o'rni, tabiiy sharoit va resurslari, aholi va mehnat resurslari omillari ta'sirida xalqaro mehnat taqsimoti tizimida, asosan, turizm, tropik ekinlarni yetishtirish, ixtisoslashgan. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko'ra Vest-Indiya mamlakatlari rivojlanayotgan davlatlar toifasiga mansub. Subregiondagi davlatlardan bu borada eng peshqadam davlatlar Barbados bilan Bagama orollari hisoblansa, eng qoloqlari qatoriga Dominika va ayniqsa, Gaiti Respublikasi kiradi. Dominika Respublikasi ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.52 MB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:45
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.52 MB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:45 ]
Arxiv ichida: pptx