Karimov asarlarida vatan geografiyasi va milliy ma'naviyat uyg'unligining yoritilishi

Karimov asarlarida vatan geografiyasi va milliy ma'naviyat uyg'unligining yoritilishi

O'quvchilarga / Geografiya
Karimov asarlarida vatan geografiyasi va milliy ma'naviyat uyg'unligining yoritilishi - rasmi

Material tavsifi

Prezident Islom Karimov asarlarida vatan geografiyasi va milliy ma'naviyat uyg'unligining yoritilishi Ushbu maqolada mamlakatimizdagi geografiya ta'limi va tarbiya tizimida bugungi kun talabidan kelib chiqib, e'tiborni kuchaytirish lozim bo'lgan quyidagi uchta masalaga to'xtalmoqchimiz. Birinchi masala, Vatanimizning iqtisodiy taraqqiyotida geografik imkoniyatlardan foydalanish lozimligini o'quvchilarga tushuntirib, ularning mazkur imkoniyatlardan oqilona, uzoqni ko'zlab foydalanishga tayyorlab borish, shuningdek, yuksak iqtisodiy salohiyat, tabiiy boyliklar va beqiyos imkoniyatlarga ega yurtimiz haqida ma'lumotlar berish orqali yoshlarimizda vatanga muhabbat, iftixor hissini shakllantirish zaruratidir. Bu masalani ijobiy hal etishda Respublikamiz prezidenti I.A.Karimov asarlaridan foydalanish kutilgan natijani beradi. U o'zining ko'plab asarlarida Vatanimizning o'ziga xos geografik xususiyatlarini jamiyat rivoji, iqtisodiyotimiz taraqqiyotiga ko'rsatadigan bevosita ta'siri haqida yozadi. Jumladan, O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li (1992) asarida o'z yo'limiz bo'lishi kerakligini asosiy shartlari sifatida vatanimizdagi o'ziga xos demografik vaziyat, siyosiy-geografik o'rin, tabiiy-iqlim sharoit kabi geografik omillarni sanab o'tgan. Olib borilgan tahliliy mulohazalar natijasida yer sharida O'zbekiston degan yurt, o'zbek degan millat bor ekan uning o'ziga xos, boshqalarga (Shved, turk yoki koreyslarga) o'xshamaydigan rivojlanish va taraqqiyot yo'li bo'lishi kerakligini ilmiy bashorat qildi. Bu bashorat hozirda taraqqiyotning o'zbek modeli yaratilishi bilan o'z tasdig'ini topdi. Vatanimiz geograflarining asosiy qo'llanmasiga aylangan O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari (1997) asarida prezident I.A.Karimov mamlakatimizdagi geografik-strategik imkoniyatlar, tabiiy xom-ashyo resurslari, inson salohiyati va ishlab chiqarish infrastrukturasi taraqqiyotning kafolatlari sifatida baholadi. Ikkinchi masala -milliy o'zligimizni anglash, yuksak ma'naviyatimiz, uning shakllanishiga sabab bo'lgan omillarni o'quvchi yoshlar ongiga singdirib borishda geografiya fani imkoniyatlaridan foydalanishdir. Bu masalani ijobiy hal etishda prezident I.A.Karimovning 2008-yilda chop etilgan Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch asaridan samarali foydalanish mumkin. Bu asarda o'zbek millatining turmush tarzi, yuksak ma'naviyatini shakillanishida tarixiy, ijtimoiy omillar bilan birga geografik omilning ham o'rni borligi ta'kidlanadi. Atrofi cho'l va sahrolar bilan o'ralgan, tabiati va iqlimi g'oyat murakkab bo'lgan mintaqa sharoitining o'zi ana shu elat va millatlarning ming yillar davomida bir-biriga moslashib, yaqin yelkadosh bo'lib, bir-birining og'irini yengil qilib yashashini taqozo etib keldi -deb yozadi kitob muallifi (9-bet). Xuddi shunday tabiiy sharoit kishilarni jamoa bo'lib yashashga, bir-birlariga oqibatli bo'lishga, yer va suvdan oqilona, tejamkorlik bilan foydalanishlarini hayotiy zaruriyat qilib qo'yadi. Kishilarda bunday fazilatlarni shakllanishiga zamin hozirlagan ona tabiat - boquvchi landshaft shu ikki daryo oralig'ida o'zbek degan millatni dunyoga kelishiga turtki bo'ldi. Millatimizning asosiy xususiyatlarini yuzaga kelishiga ta'sir ko'rsatgan geografik omillar hududiy xarakterga ega bo'lib, ular aynan O'rta Osiyo uchungina xosdir. O'zbekning vatani Amudaryo va Sirdaryo oralig'idagi bepoyon cho'l, sug'oriladigan vohalar, osmono'par tog'lar va jannatmakon vodiylardir. Bu ma'lum chegaralarga ega bo'lgan geografik landshaftda asrlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.24 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.24 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga