Karpat tog'lari va Dunay bo'yi tekisliklari

Karpat tog'lari va Dunay bo'yi tekisliklari

O'quvchilarga / Geografiya
Karpat tog'lari va Dunay bo'yi tekisliklari - rasmi

Material tavsifi

Karpat tog'lari va dunay buyi tekisliklari Bu tabiiy o'lkaning kontinent ichkarisida joylashganligi va Alp burmalanishi mintaqasiga mansubligi uning tabiiy sharoiti xususiyatlarini bslgilaydi. Uning tarkibiga o'rtachl balandlikdagi Karpat tog' sistemasi va Dunay o'rta va quyi oqimi bo'yida joylashgan tekisliklar kiradi. Relefiga ko'ra bir-biridan farq qiladigan bu territoriyalar kelib chiqishiga ko'ra o'zaro mustahkam bog'liqdir. O'lkaning chekka shimolidan boshqa hamma qismi Dunay havzasiga kiradi. Ichki yonbag'irlari tik, sharq tomonda qabariq bo'lagi yoysimon Karpat tog'lariO'rta Dunay havzasiga kiradi. Karpat tog'laridan janubda Bolqon yarim oroliga chegaradosh yerda maydoni jihatidan kichikrok bo'lgan Quyi Dunay pasttekisligi bor. O'rta Dunay havzasi va Quyi Dunay pasttekisligi burmalanish mintaqasida joylashgan tog' oralig'i bukilmasining keng qismlaridan iborat. Sharqiy Karpat tog'larining tuzilishi (M. V. Muratovdan) 1. Rossiya platformasining tokembriy fundamenti. 2. Karpat tog'lari fundamentining tokembriy va paleozoy jinslari. 3. Platformaning paleozoy jinslari. 4. Yura jinslari. 6. Quyi bo'r jinslari. 6. Yuqori bo'rning quyi qatlamlari. 7. Senon (flshi) jinslari. 8. Platforma fatsiyalaridagi yuqori bo'r jinslari. 9. Paleogen jinslari. 10. Zakarpatening miotsen ea pllotsen jinslari. 11. Zakarpatening effuziv jinslari. 12. Karpatoldining quyi miotsen jinslari. 13. Karpatoldining tarton ea sarmat jinslari. Burmalar hosil bo'lishi va Karpat tog'lari ko'tarnlishining dastlabki bosqichlari mezozoynimg ikkinchi yarmida ro'y bergan; tog' hosil bo'lishi paleogen boshida eng kuchaygan va Alp tog'larida orogenezning asosiy bosqichlari boshlanganda tugagan. Karpat tog'larining ko'tarilishi bilan bir vaqtda ungn qo'shni rayonlar cho'kkan. Karpat tog'larining ichki qismida cho'qish bilan birga yer po'stida yorilishlar bo'lgan, bu yoriqlar bo'ylab kuchli vulkan harakatlari ro'y bergan. Paleogen davrida boshlangan cho'qishlar natijasida O'rta Dunay havzasi o'rnida keng tog' oralig'i bukilmasi va Dunayning quyi oqimi bo'ylab botiq vujudga kelgan. Karpat tog'lari sistemasi Yuqori Dunay oldida, unga Morava irmog'i qo'yiladigan joy yaqinida janubi-g'arbdan shimoli-sharqqa cho'zilgan pastroq Kichik Karpat kristall massivlaridan boshlanadi. Shundan so'ng Karpat tog'lari kenglik bo'ylab yo'naladi, kengayadi va balandlashadi. Chexoslovakiya bilan Polsha oralig'idagi chegarada Baland Tatra va Past Tatrp kristall massivlari ko'tariladi. Baland Tatra va butun tog' sistemasining eng baland cho'qqisi gerlaxovski-Shtitning balandligi 2655 m ga etadi. Baland Tatralardan shimol tomonga Beskid tog'lari cho'zilgan. Ular parallel tizmalar zanjiridan iborat bo'lib, flishdan tuzilgan. Ular yassi yoy shaklida bo'lib, G'arbiy va Sharqiy Beskid tog'larini hosil qiladi. sharqin Beskid tog'lari yana O'rmonli Karpat tog'lari deb ham ataladi, uning katta qismi Rossiyada joylashgan. Ruminiyada tog' tizmalari va massivlari uchburchak hosil qiladi, uning ichki qismida keng soylik joylashgan. Sharqda flish jinslaridan tuzilgan va alohida-alohida kristall massivlari bo'lgan Sharqiy Karpat tog'lari ko'tarilib turadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 50.9 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 50.9 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga