Karst g'orlari va ularning geografik tarqalish qonuniyatlari Reja: Karst g'orlari va ularning hosil bo'lishi Karst jarayoni va g'orlar haqida tushuncha G'orlarning tekshirilish tarixi O'rta Osiyo hududidagi karst g'orlarining tarqalishi Karst g'orlarining hosil bo'lishi va tarqalishidagi geografik qonuniyatlar Karst g'orlarining hosil bo'lishidagi va tarqalishidagi asosiy omillar G'orlarning morfologik tuzilishi Qashqadaryo viloyatida karst g'orlarining tarqalishining geografik qonuniyatlari G'orlardan foydalanishning geografik jihatlari va ularni muhofaza qilish G'orlar qadim zamonlardanoq kishilarni sirligi va mo'jizaga boyligi bilan o'ziga maftun etib kelgan ammo o'sha davrlarda g'orlarning o'ziga xos tabiati kishilarni cho'chitgan shuning uchun xam tabiatning bu mo'jizasi haqida ko'pdan ko'p afsona va rivoyatlar tarqalgan. Insoniyat tarixida g'orlar muhim o'rin tutadi, chunki dastlabki davrlarda inson o'z qarorgohlarini g'orlarda barpo etgan va insoniyat madaniyati ham birinchi marta g'orlarda yuzaga kelgan. Qadimgi haykaltaroshlik, berelyeflar va ajdodlarimiz tomonidan ularning devorlarga chizilgan turli rasmlar shulardan dalolat beradi. Yer sharida g'orlar juda keng tarqalgan: ba'zi rayonlarda uzunligi bir o'n va yuz kilometr, chuqurligi esa ming metrdan ziyodroq ko'pgina g'orlar topilgan. Ularning ichida uzun-uzun yer osti daryolari, ularda ko'plab sharsharalar, katta kichikligi va chuqurligi har xil yer osti ko'llari, tosh va muzliklardan yasalgan ajoyib ko'rinishga ega bo'lgan shakllarni kuzatishgan. G'orlar o'zining go'zaligi, g'aroyibligi bilan chindan xam kishini ajablantiradi va o'ziga maftun etadi. Yer ostida hosil bo'lgan g'orlar juda ko'p mutaxassislarni qiziqtirib kelgan. Ular ichida hosil bo'lgan va yig'ilib qolgan turli foydali qazilmalar geologlarni: yer ustiga buloq sifatida chiqayotgan zilol, mineral va termal suvlar gidrogeologlarni: turli gidrotexnik va boshqa inshootlarga xavf solganligi uchun injener-geolog, gidrotexnik va quruvchilarni: qadimda yashagan kishilar va hayvonlarning suyaklari hamda turli qoldiqlari topilganligi uchun paleontologlarni, antropologlarni, arxeologlarni: shifobahshlik xususiyatiga ega bo'lganligi uchun mediklarni va boshqa mutaxassislarni o'ziga jalb qiladi. O'rta osiyo, shu jumladan O'zbekiston karst g'orlari keng tarqalgan o'lkalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ularga qiziqish juda qadim zamonlardan boshlanib, to hozirgi kunlargacha davom etmoqda. O'rta Osiyo g'orlarini o'rganish ayniqsa, 60 yillardan boshlab avj olib ketdi. Natijada O'rta Osiyo g'orshunoslari tomonidan ko'plab g'orlar topildi. hozir O'rta Osiyoda 1800 dan ziyod g'orlar borligi aniqlangan va ular tekshirilgan.Shulardan 100 ga yaqini mamlakatimiz hududida joylashgan. G'orlarning hosil bo'lishi juda murakkab geologik jarayondir. Bu jarayonni karstshunoslik deb ataladigan fan asosida vujudga kelgan speleologiya fani o'rganadi. Speleologiya so'zi lotin tilidan olingan bo'lib, spulinsa -g'or degan ma'noni beradi. Bu nom fanga 1890 yilda fransuz Ye. Rivera tomonidan kiritilgan. Geoglogiya va geografiya fanlaridan ajrab chiqqan bu fan g'orlarning hosil bo'lishi, tuzilishi, tarqalishi, iqlimi, o'simlik va hayvonot dunyosi, ularning ichida hosil bo'lgan turli tuman hosilalar, yani yer osti landshaftini ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.93 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.93 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:45 ]
Arxiv ichida: doc