Karta va globus bilan ishlash

Karta va globus bilan ishlash

O'quvchilarga / Geografiya
Karta va globus bilan ishlash - rasmi

Material tavsifi

Karta va globus bilan ishlash Reja Geografik xaritalar va ularning turlari O'quvchilarni kartani tushunishga o'rgatish va xaritalar bilan ishlash usullari Darslik, atlasning maxsus xaritalari bilan ishlash va xaritalarni taqqoslash Globuslar, ularning ahamiyati va geografiya ta'limida globuslardan foydalanish Geografik xaritalarda turli tuman voqea va hodisalar tasvirlangani uchun ular juda xilma-xil bo'ladi. Xaritalar geografiya fanining hamma sohalarining eng asosiy qismidir. Xartashunoslikda quyidagi tushunchalar uchraydi: Tarx reja - joyning yirik miqyosda (500 va undan kattaroq) tuzilgan chizmasidir. Chizmada maydoni uncha katta bo'lmagan kichik-kichik joylar tasvirlanadi Karta-Yer yuzasini kichraytirilib va umumlashtirilib shartli belgilar bilan tekislikka tushirilgan tavsiridir. Ular tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy voqea va hodisalar tasvirlanadi. Ular orqali joyning tuzilishi, relefi, o'simlik qoplami, ko'llari, qishloqlar, jihozlar va korxonalarning joylanishi aniqlanadi. Kosmosurat-Yerning va boshqa sayyoralarning kosmik sxemalari yordamida olingan tasviridir. Ular fanning va xo'jalikning turli sohalarida keng qo'llaniladi. Har bir tarx, xarita va kosmo va aerosurat ma'lum miqyosda tuziladi. Miqyos-bu xaritadagi chiziqning uzunligini Yer yuzasidagi shu chiziqqa mos keladigan haqiqiy uzunlikka nisbatidir. U xaritadagi tasvir necha marta kichraytirilganini ko'rsatadi. Masalan: xaritada daryoning uzunligi yoki haqiqiy uzunligi 10 km yoki 100 sm. Demak, xaritaning miqyosi 1:100. miqyoslar soni, chiziqli va so'zli bo'ladi. Sonli miqyos kasrdan iborat, uning surati 1 ga teng, mahraji esa xaritada tasvir necha marta kichraytirilganini ko'rsatadigan son bo'ladi. Masalan, 1:100 bu tasvirni ming marta kichraytirilganini ko'rsatadi. Chiziqli miqyos-bu teng bo'laklarga bo'lingan to'g'ri chiziqdir. Har bir bo'lak qancha masofaga tengligi uning ustiga yozib qo'yiladi. So'zli miqyos xaritadagi 1 sm masofa xaqiqatda qanchaga tengligini ko'rsatadi. Masalan, 1 sm dan 10 kmgacha. Loyihalar (proyeksiyalar)-bu Yer yuzasining xaritada tasvirlash usulidir. Yer dumaloq bo'lganligi tufayli uni tekislikda tasvirlanayotganda ma'lum bir xatoliklarga yo'l qo'yiladi. Bunday xatoliklarga asosan maydonni, uzunlik va burchaklarni tasvirlayotganda yo'l qo'yiladi. Shuning uchun turli xil (teng burchakli, teng maydonli, teng masofali va aralash loyihalar) qo'llaniladi. Shartli belgilar-voqea va hodisalarni ma'lum bir belgilar yordamida xaritada tasvirlanishidir. Miqyosli shartli belgilar yordamida voqea va hodisalar haqiqiy o'lchamlari bilan tasvirlanadi. Miqyossiz shartli belgilar bilan xaritalarning miqyosida ko'rsatib, bo'lmaydigan voqea va hodisalar tasvirlanadi (TETS, kon, shakllar, aholi yashaydigan joylar). Chiziqli shartli belgilar bilan daryolar, yo'llar, chegaralar ko'rsatiladi. Tushuntirish belgilari bilan daryo oqimining yo'nalishi, o'rmondagi daraxtlarning turlari ko'rsatiladi. Bundan tashqari yozuvli, harfli, sonli shartli belgilar ham bo'ladi. Geografiya xaritalari hududiy ko'lamiga, mazmuniga, masshtabiga, nimaga xizmat qilishiga, katta-kichikligiga va boshqa belgilarga qarab bo'linadi. Xaritalar ixtisosiga qarab umumiy geografik va maxsus xaritalarga bo'linadi. Umumiy geografik xaritalar yirik masshtabli (topografik) xaritalarga, o'rtacha masshtabli, mayda masshtabli xaritalarga bo'linadi. Maxsus xaritalarga dunyo xaritalari: iqlim xaritasi, tabiat zonalari xaritasi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.27 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.27 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga