Kartografik proyeksiyalar REJA: Kartografik proyeksiyalarga umumiy ta'rif. Kartalardagi xatoliklar. Kartografik proyeksiya turlari. Yordamchi geometrik shakllar. Yerning qavariq yuzasini tekis yuzada yani kartada matematik yo'l bilan tasvirlash usuli kartagrafik proyeksiyalar deyiladi. Kartografiyada yer yuzasini ellipisoid yuza deb qabul qilinib uni konus va silindrga solib, so'ng yoyib tasvirlanadi. Yerning qavariq yuzasini tekis yuzada tasvirlashda bir necha xatoliklarga yo'l qo'yiladi. Shunday qilib kartalardagi xatoliklar 4 xil bo'ladi. 1-rasm. Sharqiy yarim sharning bir qismi tasvirlangan.Bunda 1,2- uzunlik, 3-burchak, 4-shakl, 5-maydon xatoligi ko'rsatilgan. Uzunlik xatoligi. Agar dunyo xaritasi bilan yarimsharlar xaritasidagi ekvatorni va Parallellarni taqqoslasak ulardagi meridianlar orasidagi farq ko'zga tashlanadi. Chunki, parallel uzunligi ekvator uzunligidan ikki marta qisqa bo'ladi. Shakl xatoligi Kartadagi bir kenglikda yotgan kartografik to'rlarni bir-birlari bilan taqqoslash orqali aniqlash mumkin. Maydon xatoligi Maydon masshtabi bilan bog'liq shu bilan birga shaklga ham bog'liqdir. Uzunlik xatoligi. Uzunlik xatoligini kartalarda aniqlash uchun yo'nalishlar oraliqlarning gorizontal burchaklarni ellipisoid yuzada va yer yuzasida o'lchash kerak. Kartografik proyeksiyalar bir-birlariga bog'liq bo'lmagan xatoliklar va kartografik to'rlarga qarab farq qiladi. Kartografik proyeksiyalar xatoligiga ko'ra 3 turga bo'linadi. Teng b urchakli proyeksiyalarda burchak xatoligi bo'lmaydi. Maydon va masofa o'zgaradi xatoliklar ortadi. Teng maydonli proyeksiyalarda maydon xatoligi bo'lmaydi burchaklarda xatoliklar ortadi. Kartalarda xatolikni imkon qadar kamaytirish maqsadida ihtiyoriy proyeksiyalardan foydalaniladi. Bunda maydonda ham, burchakda ham xatolik bor lekin, nisbatan kam bo'ladi. 3-rasm Kartografiyada ellipsoid yuzani tekis yuzada tasvirlash uchun yordamchi geometrik shakllardan foydalaniladi . Slindrik proyeksiyalar Yer o'qining slindr o'qiga nisbatan joylashishiga qarab 3 xil bo'ladi. a) to'g'ri b)ko'ndalang v)qiyshiq a)Dunyo xaritalari to'g'ri slindrik proyeksiyalarda tuziladi. b) Topografik kartalarni tuzishda ko'ndalang proyeksiyalardan foydalaniladi. v) Yer shari o'qi slindr o'qiga to'g'ri kelmasa qiyshiq slindrik proyeksiya hosil bo'ladi. 5-rasm a) to'g'ri sillindrik proyeksiya b) ko'ndalang sllindrik proesiya v) qiyshiq sillindirik proyeksiya Konusli proyeksiyalar. Konus o'qi bilan yer aylanish o'qining o'zaro joylashishiga qarab bu proyeksiyalarham 3xil bo'ladi. a) to'g'ri konusli b) ko'ndalang konusli v) qiyshiq konusli a)Konus o'qi yer o'qiga ustma-ust tushsa to'g'ri konusli proyeksiya hosil bo'ladi. b) Konusning o'qi yerning aylanish o'qiga tik perpendikulyar tushsa ko'ndalang konusli proyeksiya hosil bo'ladi. v) Konus o'qi yer o'qiga qiyshiq tushsa qiyshiq konusli proyeksiya hosil bo'ladi. Azimutal proyeksiyalar. Yer sharining qutbiy, ekvatorial, o'rta kengliklarini proyeksiyaga tushirishda foydalaniladi. Azimutal proyeksiya ham uch xil bo'ladi. a) to'g'ri azimutal- qutblar uchun b) ko'ndalang azimutal-ekvator uchun v) qiyshiq azimutal-o'rta kengliklar uchun Dunyo kartalarini tuzishda asosan slindrik vapsevdo slindrik proyeksiyalardan foydalaniladi. O'zbekiston hududi viloyatlar iqtisodiy va tabiiy geografik rayonlar hamda boshqa mamlakatlarning ham kartalari to'g'ri konusli proyeksiyalardan foydalanib tayyorlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Kartografiya ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.97 MB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:45
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.97 MB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:45 ]
Arxiv ichida: pptx