Kartografiya va geografik xaritalar

Kartografiya va geografik xaritalar

O'quvchilarga / Geografiya
Kartografiya va geografik xaritalar - rasmi

Material tavsifi

Kartografiya va geografik xaritalar Reja: .1. Xaritlar va ularnn ta'rifi,elementlari, xususiyatlari. 2. Kartografiyani ta'rifi, tapmoqlarga bo'linishi, boshqa fanlar bilan aloqasi va asosiy ilmiy-amaliy vazifalari. 3. Xaritalarning ilmiy va amaliy ahamiyati. Xaritalar va ularni ta'rifi, elementlari xususiyatlari X a r i t a- Yer yuzasini, boshqa osmon jismlarini yoki kosmik fazoni matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri bo'lib, u qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan obyektlarni ko'rsatadi. O b ' ye k t deyilganda xaritalarda tasvirlanadigan hap qanday predmet, voqea, hodisa yoki jarayon tushuniladi. G ye o g r a f i k x a r i t a - Yerni yoki uni biror qismini Yerning egriligini hisobga olib, ma'lum matematik qoidalar asosida biroz o'zgartirib, kichraytirib. umumlashtirib qozga (tekislikka) tushirilgan tasviri (proyeksiyasi) bo'lib, u qabul qilingan shartli belgilar sistemasida unda joylashgan obyektlarni geografik o'rnini, joylanishini, holatini, vaqt mobaynida o'zgarishini, shuningdek ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ko'rsatadi. Kartografik tasvir, matematik asos, yordamchi jihozlar va boshqa qo'shimcha ma'lumotlarga xaritani (umumgeografik) elementlari deyiladi. Xarita mazmunini qabul qilingan kartografik belgilar va kartografik tasvirlash usullari orqali ifoda etadigan k a r t o g r a f i k- t a s v i r hap qanday xaritani asosiy elementi bo'lib hisoblanadi. U muayyan xaritada ko'rsatilishi lozim bo'lgan obyektlar to'g'risidagi ma'lumotlar majmuidan tashkil topadi. Masalan, umumgeografik xaritalarda tasvirlanadigan landshafgning asosiy elementlari-relyef, gidrografiya obyektlari. o'simlik va typroq - grunt ko'rsatkichlari. aholi yashaydigan punktla,. siyosiy -ma'muriy chegaralar hamda ba'zi bir xo'jalik obyektlari uning kartografik tasvir elementlari bo'lib, bu elementlar xaritada bir xil aniqlikda va mukammallikda ko'rsatiladi. Mavzuli va maxsus xaritalarda (shartli ravishda) xaritaning mazmunini va geografik asosini bir biridan farqlash lozim. G ye o g r a f i k a s o s - xarita mazmunini umumgeorrafik qismi bo'lib, u xaritaning mavzuiy yoki maxsus mazmuni elementlarini xaritaga to'g'ri tushirish va fazoviy bog'lash, xarita bo'yicha oriyentirlashga xizmat qiladi. Hap qanday xaritani muhim elementi bo'lib legenda hisoblanadi. Xarita mazmunini ochib beradigan barcha shartli belgilar va izohlar tizimiga legenda deyiladi. Xaritani legendasi qo'llanilgan belgilarni tushuntirib (izohlab) berishni o'z ichiga olib, xaritaga olinayotgan obyektni mantiqiy asosini aks ettiradi. Belgilarni ketma-ket joylashtirilishi, ularni o'zaro bir-biriga bo'ysinishi, shtrixli elementlar uchun ranglar gammasini fri tanlab olish xaritada tasvirlan.ayotgan hodisa yoki jarayon tasnifiga mantiqan buysindirilgan bo'ladi. Hamma kartografik tasvir m a t ye m a t i k a a s o s d a quriladi. Xaritada uni elementlari bo'lib - kartografik proyeksiya, masshtab va geodezik asos hisoblanadi. Xaritani komponovkasi ham uning matematik asos elementiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga