Kichik hududlarni iqtisodiy geografik o'rganishning nazariy-uslubiy asoslari

Kichik hududlarni iqtisodiy geografik o'rganishning nazariy-uslubiy asoslari

O'quvchilarga / Geografiya
Kichik hududlarni iqtisodiy geografik o'rganishning nazariy-uslubiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Kichik hududlarni iqtisodiy geografik o'rganishning nazariy - uslubiy asoslari Malumki, geografiya fanining o'ziga hos, betakror, jozibali xususiyati uning turli miqyosda (masshtabda) tadqiqot olib borishga egalagidir. Biroq tahlillar shuni ko'rsatadiki, ushbu fanda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar xorijiy mamlakatlardan farq qilib, Respublikamizda asosan kichik masshtabli yo'nalaishda bo'lgan, yani maydoni katta bo'lgan hududlar qamrab olingan. Kichik masshtabli tadqiqotlarda katta hududlar qamrab olinsada, ularning ilmiy ahamiyati uncha katta bo'lmaydi, chunki bunday qarashda barcha joylarning geografik xususiyati yuzaki qaralib qolinadi. Mazkur tadqiqotlar asosan axboriy ahamiyatga ega va ular statistik, kortografik ma'lumotlardan ko'proq o'quv jarayonlarida foydalanilishi mumkin. Agar katta hududlar o'rganilganda kalit uslubi qo'llanilsa, yani turli geografik tipdagi joylar tanlab olinib, chuqurroq tahlil etilsa, ularning taalluqli (reprezentativ) darajasi yuqori va yaxshi natijaga erishish imkoniyati tug'iladi. So'nggi yillarda, boshqa fanlarda bo'lganidek, geografiyada ham kichik hududlarga yoki yirik masshtabli tadqiqotlarga katta ahamiyat berilmoqda. Bunday tadqiqotlarning aniqlilik darajasi, ularning amaliy ahamiyati joylarda ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish strategiyasini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda, tadqiqot obyekti katta bo'lsa, ko'proq uning umumgeografik xususiyatlari, iqtisodiyoti va uning hududiy tarkibi o'rganiladi. Bazan ularning siyosiy geografik ahamiyati ham yuqori bo'ladi. Tadqiqot obyekti kichrayib borgan sari uning sotsial va ekologik jihatlari oshib boradi. Chunki bunday tadqiqotlarda bevosita joylarga, kichik hududlarga «tushib» boriladi, aholiga va uning yashash sharoiti, kundalik turmush hayotini o'rganishga yaqinlashib boriladi. Demak, tadqiqot obyekti kattalashib borishida uning iqtisodiy - siyosiy ahamiyati yuqori bo'lsa, huduning kichrayib borishida uning ijtimoiy - iqtisodiy, hususan, sotsial va ekologik ahamiyati ortib boradi. Takidlash joizki, kichik hudud tushunchasi ham nisbiydir. Bunda tizim - tarkib yondashuviga asoslanilsa, har qanday tizimning tarkibiy, ichki qismi unga nisbatan kichikroq bo'laveradi. Masalan, O'zbekiston Respublikasini biz alohida geosiyosiy tizim sifatida qarasak, uning alohida mintaqa yoki viloyati uning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Xuddi shunga o'xshash boshqacha daraja ma'muriy viloyat tizim sifatida qaralsa, uni tashkil etuvchi ma'muriy birlik kichik hududlar sirasiga kiradi. Ushbu maqolada kichik hudud sifatida qishloq tumanlari tanlab olingan.To'g'ri, bazi qishloq tumanlarining maydoni (masalan, Qo'ng'irot, Taxtako'pir, Tomdi, Uchquduq va boshqalar) hatto boshqa viloyat yoki bazi mamlakatlardan ham katta bo'lishi mumkin. Bunday hududiy tafovutlar joyning tabiiy sharoiti, uning xo'jalik jihatidan o'zlashtirilishi, ixtisoslashuvi, demografik salohiyatiga bog'liq. Ko'pincha katta maydonni egallagan qishloq tumanlari kelajakda bir qator yangi tumanlar shakllantirishiga imkon yaratsa, o'ta kichik tumanlar qo'shilib ketishi mumkin. Qishloq tumanlarining yirik masshtabli geografik tadqiqot sifatida tanlashning quyidagi asoslari mavjud: Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslarining umumiyligi; Tarixiy geografik rivojlanish xususiyatlari; Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma birligi; Aholi va aholi manzilgohlarining joylanish tizimi; Xo'jaligining ixtisoslashuvi; ma'muriy boshqarish organlarining mavjudligi; Tegishli statistik ma'lumotlarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.4 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.4 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga