Kichik osiyo tog'ligi Kichik Osiyo tog'ligi O'rta dengiz, Qora dengiz va Marmar dengizi o'rab turgan Kichik Osiyo yarim orolida joylashgan. Bu dengizlar va ularni tutashtirib turgan Dardanell hamda Bosfor bo'g'ozlari orqali Yevropabilan Osiyo o'rtasidagi shartli chstara o'tadi. O'rta dengiz va Egey dengizida Kichik Osiyo qirg'oqlariga yaqin joylashgan Kipr, Rodos va boshqa orollar ham shu o'lkaga kiradi. Kichik Osiyoda Turkiyaning Anatoliya deb ataladigan Osiyo qismi joylashgan. Kichik Osiyo tog'ligi sharqda Armaniston tog'ligi bilan qo'shilib ketgan. Janubda uning chegarasi O'rta dengiz qirg'og'i bilan borib, Iskandaron qo'ltig'idan janubroqdan o'tadi, so'ngra 40° sharqiy uzunlik bilan Van ko'li oralig'iga boradi, shimolda esa, Choxor daryosining quyi oqimiga taxminan to'g'ri keladi. Kichik Osiyo Old Osiyo orasida tabiati O'rta dengiz bo'yiga eng yaqin bo'lgan o'lkadir. Uning g'arbiy va janubiy chekkalari to'liq O'rta dengiz bo'yiga kiradi. Ichki qismlarida sharqdagi tog'liklarga qaraganda aridlik darajasi kamroq va oqmas (berk) havzalar maydoni kamroqdir. Kichik Osiyoda aholi qadimdan zich o'rnashgan va uning tabiati inson ta'sirida katta o'zgarishlarga uchragan. O'lka relefi uchun shimol va janubda chekkadagi tog' tizmalari sistemasi, ular orasida yarim orolning markaziy qismida joylashgan ichki yassi tog'lik xarakterlidir. Sharqda chekkadagi tog' tizmalari bir-biriga yaqinlashadi, yassi tog'lik esa ayrim qismlarga bo'linib ketadi. Orografiyasining bunday xususiyatlari strukturasi xususiyatlariga xosdir: orografiyaning tuzilishida Bolqon yarim orolidagi tog'larning davomi bo'lgan kay-nozoy burmalanishi tog'lari ishtirok etadi. Bu tog'lar keningi orogenik davrda palaxsali harakatlar ro'y bergan o'rtaliqdagi massivni o'rab turadi. Hozirgi relef neogenda hamda antropogenning birinchi yarmida, yani Yevropaning qo'shni territoriyalarida hamda hoznrgi O'rta dengiz bo'yining buerga tutash qismlarida ko'tarilish, cho'qish va parchalanish ro'y bergan davrda tarkib topgan. Bu vaqtda Kichik Osiyo Bolqon yarim orolidan ajraldi. Egey va Marmar dengizlari, Dardanell va Bosfor bo'g'ozlari paydo bo'ldi, qirg'oq bo'yi juda parchalanib ketdi. Bu harakatlar vaqtida Kichik Osiyo tog'ligining hozirgi palaxsali tog' relefi ham vujudga kelgan. Bu relefda tekislangan yuzalar va yaqinda yashargan relef shakllari aniq ifodalangan. Ko'tarilish eroziya protsesslarining jonlanishiga sabab bo'ldi, bu esa tog' massivlarining, ayniqsa chekkadagi tog'larning juda parchalanib ketpshiga olib keldi. Vulkanizm harakatlari yer po'stidagi yorilishlar bilan bog'liqdir, vulkanizm tog'likning sharqiy rayonlari uchun ayniqsa xosdir. O'lkaning g'arbiy qismida kuchli seysmik harakatlar kuzatiladi. Qattiq zilzila 1939 yili yarim orolning shimoliy qismida bo'lgan. Tog'likning shimoliy chekkasidagi tog' tizmalari sistemasi umumiy nom bilan Pontiya tog'lari deyiladi. Bu tog'lar Qora dengiz tomonga tik tushib kelgan, faqat ayrim joylardagina qnrg'oq bo'yida kichik-kichik pasttekislik yerlar bor. Kam sonli qo'ltiqlar quruqlikka unchalik uzoq kirib bormaydi va ularni bo'ylama cho'zilgan tog' tizmalarining terrasali tik yonbag'irlari o'rab olgan. Shimoliy sohildagi eng katta qo'ltiqlar Sinop va ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.9 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.9 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:45 ]
Arxiv ichida: doc