Klassik geosiyosiy ta'limotlarning tashqi siyosatdagi ahamiyati Siyosiy fanlardagi yo'nalishlardan biri - geosiyosat xalqaro munosabatlarda tobora muhim o'rin egallab bormoqda. Lekin o'ziga xos obyektiv va subyektiv sabablarga ko'ra, hozirgacha geosiyosatni ilmiy yo'nalish sifatida asoslash va e'tirof etish masalasi oxirigacha hal qilingani yo'q. Bugungi qaltis zamon va makonda mazkur fanning tub mohiyatini tadqiq etish geosiyosiy jarayonlarni anglash nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'kidlash kerakki, klassik geosiyosatchilar bu fanni nafaqat nazariy, balki amaliy majmua sifatida ham talqin etgan va uni o'z davlatlarining tashqi siyosatini shakllantirishda qo'llashga intilgan. Shu tufayli amaliy geosiyosat paydo bo'lgan va u ko'pgina hollarda yetakchi davlatlar tashqi siyosatining nazariy asosi sifatida xizmat qilgan. Garchi bunday geosiyosat o'tgan asrda yaqqol namoyon bo'lgan bo'lsa-da, G'arb davlatlari aynan X.Makkinder yaratgan nazariyaga, uning izdoshi - S.Xantington va Z.Bzejinskiylarning ta'limotiga tayangan holda dunyoga hukmronlik qilish siyosatini ilgari suradi. Bunday siyosat oqibatida XXI asrda ham yer yuzida ko'plab urush o'choqlari paydo bo'layotgani G'arb va Sharq o'rtasidagi ziddiyatlar borgan sari keskinlashayotganini kuzatish mumkin. xalqaro va turli mintaqalar doirasida yuz berayotgan mojaro va ziddiyatlar hamda muayyan davlatlarning bosqinchilik siyosati geosiyosatga asoslanayotgani, uning mazmun-mohiyati, asosiy yo'nalishlari va tamoyillarini ilmiy jihatdan jiddiy o'rganishni taqazo etadi. Bu o'rinda dastavval geosiyosatning ilmiy negizini tushunish, uning ilmiy ta'rifini aniqlab olish talab etiladi. Geosiyosiy maktablar namoyandalari yaratgan turli konsepsiyalar geosiyosat fanining mazmun-mohiyati, yo'nalishlari, tamoyillari va umumiy predmetini tashkil etadi. Albatta, ushbu fanning asosiy predmeti hamda bosh uslubiy tamoyillarini belgilashda mualliflarga turli yondoshadilar. Bunday bo'linish tarixiy shart-sharoit, shuningdek, geosiyosatning dunyo siyosati, hokimiyat muammolari va hukmron mafkuralar bilan uzviy bog'liqligidan kelib chiqadi. Geosiyosatning umumiylik xususiyati uning tarkibida geografiya, tarix, demografiya, strategiya, etnografiya, dinshunoslik, ekologiya, harbiy ta'limot, mafkura, sotsiologiya, siyosatshunoslik tarixi kabi ko'pgina fanlar unsurlarining uyg'unlashuvida namoyon bo'ladi. Ammo bu o'z yo'nalishlariga ega bo'lgan ushbu fanlarni faqat geosiyosatga tegishli, deya qat'iy xulosa chiqarishga asos bo'la olmaydi. Geosiyosat atamasini fanga kiritgan olimlardan biri - R.Chellen geosiyosatni «davlatni jug'rofiy tana yoki hududiy hodisa sifatida talqin qiluvchi doktrina» deb hisoblagan. Mumtoz ta'limotlarni o'rganish orqali geosiyosatni dunyoqarash sifatida talqin qilish va bunday holda uni fanlar bilan emas, balki fanlar tizimi bilan qiyoslash lozimligi o'rtaga chiqadi. Geosiyosatning asoschilari bu fanning bosh maqsadi - davlatning rivojlanishi uchun boshqa davlatlar hududini bosib olish zaruratini anglashdan iborat, deya talqin etishgan. Zero, ularning fikricha, «allaqachon bo'lib olingan dunyoda hududlarni bir davlat boshqasidan faqat kuch bilangina tortib olishi mumkin». Rus olimi Y.V.Tixonravov mashhur nemis geosiyosatchilaridan K.Xausxoferning geosiyosat «siyosatning jug'rofiyaga bog'liqligi» to'g'risidagi ta'limot sifatida ta'riflaganligini ta'kidlaydi. Geosiyosat individning o'zi yashayotgan hudud (makon) belgilab bergan, shu hududning o'ziga ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.53 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.53 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:45 ]
Arxiv ichida: doc