Klassik yunon davrining geografik g'oyalari

Klassik yunon davrining geografik g'oyalari

O'quvchilarga / Geografiya
Klassik yunon davrining geografik g'oyalari - rasmi

Material tavsifi

Klassik yunon davrining geografik g'oyalari Reja: I.KIRISH. II.ASOSIY QISM. Ioniya (millet) maktabining namoyondalari Fales, Anaksimandr, Anaksimen va Gekateyning geografik tasavvurlari. Oykumena to'g'risida yunon olimlarining tasavvurlari. Herodot Klassik Gretsiya davrida Yerning sharsimonligi va oykumena to'g'risidagi geografik tasavvurlar Ellin davri olimlarining geografik tasavvurlari Qadimgi (antik) davr yunon olimlarining geografik tasavvurlari Meloddan avvalgi VII-VII asrdan melodning V asrning o'rtasigacha bo'lgan davr (o'n uch asrga yaqin) antik davr deb nom olgan va u klassik yunon, ellin (ellinizm) va Rim imperiyasi davrlariga ajratiladi (Ditmar, 1973). Sokratga qadar bo'lgan falsafiy an'ana geografiyaning tarkib topishi uchun anchagina shart-sharoitlarni vujudga keltirdi. Geografik dunyoqarash antik davrda yuqori darajada bo'lgan. Fan va madaniyat yuksalgan. O'rta Yer dengizi sohillaridagi bu sivilizatsiyada Yerning sharsimonligi, Yer Qo'yosh tizimidagi sayyora ekanligini yaxshi bilishgan. Ioniya (millet) maktabining namoyondalari Fales, Anaksimandr, Anaksimen va Gekateyning geografik tasavvurlari. Kichik Osiyoning Ioniya sohilida miloddan avvalgi VII-VI asrlarda vujudga kelgan ioniya yoki millet falsafiy maktabining mutafakkirlari (naturfaylasuflar) Fales, Anaksimandr va Anaksimen barcha tabiat hodisalari va jarayonlarining negizida qandaydir moddiy modda turadi, deb hisoblaganlar. Tabiat hodisalari va jarayonlarini (quruqlik va dengizning almashinishi, zilzilalar, Nil daryosining toshishi va b.) batamom mushohidaga (empirik) asoslangan holda tabiiy-ilmiy jihatdan tushuntirishga harakat qilganlar. Aristotelning yozishicha, Falesning (mil.av. 624-548-y.lar atrofida) Yerning shakli to'g'risidagi tasavvurlari aniq emas. Ammo Aristotelning yozishicha, Fales Yer (quruqlik massivi)ni suvda so'zib yuradigan daraxt bo'lagiga o'xshatgan, A.Hunboldt, E.Banburi, M.Ostroumov va boshqa mualliflarning yozishicha, Fales suvda so'zib yuradigan Yerni yassi disk ko'rinishida tasavvur qilgan. Falesning shogirdi Anaksimandr (mil.av.610- 546- y.lar atrofida) Olam - makonda va zamonda cheksiz bo'lgan son-sanoqsiz olamlarning majmuasi, Yer o'zining atrofidagi osmon yoritgichlari bilan birgalikda shu olamlarning biridir, deb hisoblagan. Uning tasavvurida, Yer aylana kolonnaning bo'lagi shakliga ega bo'lib, olamning markazida joylashgan va hech qanday asosga ega emas. Anaksimandr o'zining bu farazi bilan Olamning geliosentrik tizimiga asos solgan. Anaksimandr Yer yuzasini ko'plab jarayonlar va hodisalar kechadigan joydir.U o'zining Olamning doimiy rivojlanishi to'g'isidagi ta'limotidan kelib chiqqan holda mavjud dengizlarni bir paytlar butun Yer yuzasini qoplagan suvning qoldig'i bo'lgan. Bundan tashqari, Anaksimandr gnomon, Quyosh soati va asboblardan foydalangan va ekliptika qiyaligini, gorizont tomonlarini aniqlagan. Eratosfenning aytganlariga asoslanib, Strabon va Agafemer dastlabki geografik kartaning ham Anaksimandr tomonidan mashtabni qo'llagan holda taxtada tuzilganligi haqida ma'lumot beradilar.Anaksimandrning kartasida markazida Gretsiya joylashtirilgan bo'lib, uni Yevropava Osiyoning shu paytda greklarga ma'lum bo'lan qismlari o'rab turgan; karta aylana shaklda bo'lib, butun aylana disk ko'rinishidagi quruqlik okean bilan o'raglan holda ko'rsatilgan. Anaksimandrning bu kartasi miletlik Gekatey tomonidan batafsilroq kartaning tizishga asos bo'lgan.Anaksimandrning kartasida quruqlik qit'alarga ajratilmagan va Yerning diskini dengizlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.49 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.49 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga