Ko'llar Reja: 1 Ko'llarning gnezisi bo'yicha tasnifi 2 O'rta Osiyo ko'llari gnezisi 3 Ko'llarning suv muvozanati 4 Ko'llar suv muvozanatining zonal xususiyatlar 1 Ko'llarning genezisi boyicha tasniflash. Ko'llarning paydo bo'lishi (genezisi) Yerning ichki (endogen) va tashqi (ekzogen) kuchlari hamda joyning geografik o'rni, iqlim sharoiti, geologik tuzilishi, relefi va boshqa omillar bilan bog'liqdir. Quyida ko'llarning kelib chiqishi ustida qisqacha to'xtalib, so'ng ularning genezisi boyicha ko'lshunos olimlar tomonidan tavsiya etilgan tasniflari ma'lum tizimga keltirilgan holda yoritiladi. Shu bilan birga O'rta Osiyo ko'llarining genezisi haqidagi ayrim ma'lumotlar alohida qayd etiladi. Ko'llarning paydo bo'lish sabablari ko'pchilik hollarda ancha aniq bo'ladi va bunday ko'llar asosan haloqatli, masalan, vulqonlar otilishi, zilzilalar, muzliklar faoliyatining jadallashishi va boshqa hodisalar bilan bog'lik bo'ladi. Ko'llarning hosil bo'lish sabablari ma'lum darajada ularning morfologiyasi va morfometriyasini (shakl va o'lchamlarini), suvining kimiyoviy tarkibini, florasini (o'simligi), faunasini (hayvonot olamini) va boshqalarni ham aniqlaydi. Shu tufayli ko'llar kosalarining paydo bo'lishi (genezisi) boyicha guruhlaga ajratish ya'ni tasniflash ko'llarda kechadigan muhim bosqich hisoblanadi. Chunki bunday tasniflash ko'llarda kechadigan suv muvozanati o'zgarishlari, dinamik issiqlik biologik va boshqa jarayonlarni o'rganish va miqdoriy baholash imkoniyatlarini oshiradi. Ko'llarning kelib chiqish boyicha tasnifi dastlab 1937 yilda M.A.Pervuxin tomonildan taklif etilgan. Keyinchalik (1960 yil) ushbu tasnifni B.B.Bogolovskiy ancha takomillashtirgan va shu tufayli uni alohida tasnif sifatida qayd etish mumkin. Ko'llar kosalarining genezisi bo'yicha AQSHlik gidrolog olim J.Ye.Xatchinson tomonidan 1957 yilda taklif etilgan tasnif yuqoridagilardan mukammalligi bilan ajralib turadi. Bu tasniflar akademik (o'ta ilmiy) yusinda va shu bilan birga alohida hududlardagi ko'llar uchun yaratilgan bo'lsada, lekin ularning ayrimlaridan boshqa hududlardagi xuddi shunga o'xshash ko'llar misolida ham foydalanish mumkin. Ikkinchidan, bu tasniflar ma'lum bir ko'l uchun olingan tadbiq etishdan saqlaydi. M.A.Pervuxin tasnifi. Bu tasnif boyicha ko'llar kosalari yerning ichki (endogen) va tashqi (ekzogen) kuchlari ta'sirida vujudga keladi, deyiladi. Ichki kuchlar ta'sirida paydo bo'lgan ko'llar kosalari tektonik va vulqon ko'llari guruhlariga bo'linadi. Tashqi kuchlar ta'sirida vujudga kelgan ko'llar kosalari gidrogen, glyatsiogen (muzlik), zol (shamol), orgonogen va antropogen kelib chiqishli bo'ladi va mos ravishda shunday turlarga bulinadi. Gidrogen ko'llar kosalari daryo, yer osti suvlari va dengiz suvlari ta'sirida vujudga keladi va ular qayir, karst, termokarst, suffozion ko'llar deb ataluvchi kichik turlarga bo'linadi. Glyatsiogen ko'llar kosalari muzliklar faoliyati ta'sirida paydo bo'ladi. Bu turda o'z navbatida morena va karst ko'llari bir-biridan farq qiladi va shu nomlardagi kichik turlarga bulinadi. Zol ko'llar botiqlari shamol ta'sirida paydo bo'ladi. Orgonogen ko'llar ikkilamchi hisoblanib, botqoqlik va torfli hududlarda hosil bo'ladi. Antropogen ko'llar-suv omborlari, selxonalar, irrigatsiya ko'llari, tog'-kon kareri ko'llari kosalarining paydo bo'lishi inson ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
311.85 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
311.85 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:45 ]
Arxiv ichida: doc