Ko'mir sanoati

Ko'mir sanoati

O'quvchilarga / Geografiya
Ko'mir sanoati - rasmi

Material tavsifi

8-sinf geografiya darsligi asosida 14-mavzu: KO'MIR SANOATI Bu sanoat tarkibida bir nechta ko'mir koni mavjud. Ulardagi ko'mir zaxirasi 2 mlrd tonnani tashkil etadi. Dastlabki ko'mir Angren konidan 1950-yillarda qazib olingan. Ko'mir koni yer sirtiga yaqin joylashgan. Unda ko'mirning 910 qismini ochiq usulda qazib olinmoqda (27-rasm). Ochiq usulda har bir shaxtyorning qazib oladigan ko'miri shaxta usulida qazib olinadigan dan 6 barobar unumli bo'ladi. Shu bilan birga, karyer (havza) qancha katta bo'lsa, xarajat shuncha kam bo'ladi. Angren ko'miri sifati pastqo'ng'ir ko'mirdir. Shunday bo'lsada, O'zbekistondagi boshqa ko'mir konlaridagiga nisbatan ko'mir zaxirasi katta hamda iste'molchiga yaqin va yuza joylashganligidan ko'mir qazib chiqarish jadal o'sdi. Ko'mirning asosiy qismi kon yaqinidagi IESda ishlatiladi. Bir qismi esa yer ostida gazga aylantiriladi. Ko'mir tarkibida nodir va tarqoq elementlar hamda ko'plab gilmoya uchraydi, bir yo'la ulardan foydalanish esa konning samaradorligini yana ham oshiradi. Biroq ko'mir ochiq usulda qazib olinishi oqibatida katta-katta yer maydonlarini kon chiqindilari band qilib, tutun va qurumdan qishloq xo'jaligi jiddiy zarar ko'rmoqda. Bunday noxush holatning chorasi sifatida ko'mir sanoatidan zavol ko'rgan maydonlar rekultivatsiya qilinmoqda, ya'ni qayta tiklanmoqda, shaxtalar chiqindisidan vujudga kelgan tepaliklarni o'simliklar bilan qoplash, ko'mirni quvurlar orqali tashish choralari ko'rilmoqda. Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida 1950-yili Sharg'un ko'mir koni ishga tushirilgan. Kondagi ko'mir yuqori sifatli toshko'mir bo'lib, shaxta usulida qazib olinadi. Ko'mirning maydasi qazib olingan joyda briket qilinadi. Briket - ko'mir kukunini bosim ostida yoki yopishqoq moddaga aralashtirib zoldir shakliga keltirilgan mahsulot. Ko'mir tog'lar osha uzunligi 17 km dan ortiq osma sim yo'l vositasida temiryo'lga yetkazib beriladi. Angren, Sharg'un va Boysun konlaridan yiliga 4 mln tonnaga yaqin ko'mir qazib olinmoqda. Lekin bu miqdor O'zbekistonning ko'mirga bo'lgan ehtiyojini qondira olmaydi. Zero, metallurgiya, kimyo kabi sanoat tarmoqlarining rivojlanishi ko'mirga bo'lgan ehtiyojni oshirib yubormoqda (28-rasm). Shunday qilib, O'zbekistonda ko'mirning asosiy zaxiralari Angren, Sharg'un va Boysun konlarida joylashganligini bilib oldik. Ko'mir sanoatiga tegishli yana bir ma'lumotni bilib qo'ying. Mamlakatimizda qazib olinayotgan ko'mirning deyarli hammasi (97,4 foizi) qo'ng'ir ko'mir, qolgan qismi toshko'mirdir. Mamlakatimizda ko'mir qazib olishning o'ziga xos yana bir xususiyati shundaki, uning 90-95 foizi ochiq usulda qazib olinadi. Tabiiy gaz sanoati endigina shakllanayotgan yillarda (1961-yilda) An­gren ko'mir konida yerosti gazogeneratorlarida ko'mirni yuqori bosimdagi havo oqimi yordamida gazga aylantiradigan «Yerostigaz» stansiyasi ishga tushirilgan edi. Hozirda undan unumli foydalanib, qo'ng'ir ko'mirning bir qismi yer ostida gazga aylantirilmoqda. Shu tariqa ochiq usulda qazib olinadigan ko'mirning ham ahamiyati ortib bormoqda. Ko'mir sanoati REJA 1- Ko'mir sanoati haqida 2- Ko'mirni ishlab chiqarish jarayoni 3- Qo'ng'ir va tosh ko'mir Mamlakatimizda ko'mir qazib olish bilan O'zbekko'mir ochiq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.11 MB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:46 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.11 MB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga