Reja: Kon sanoati Konning kon-kapital ishlari olib boriladigan qismini tayyorlash va konda quritish ishlari. Kon kapital ishlari. Qazish ishlari va qoplovchi tog' jinsi koeffitsiyenti. Kon sanoati Kon sanoati, kon qazib olish sanoati - foydali qazilmalar konlarini qidirish, ularni yer ostidan kazib olish, dastlabki qayta ishlash - boyitish bo'yicha i.ch. tarmoqlari majmui Kon ishi qad. davrlardan beri ma'lum. 18-a. oxiri - 19-a. boshlaridan jadal rivojlana boshladi. 20-a. oxirlariga kelib dunyoda yiliga 5 mlrd. t dan ziyod ko'mir, 3 mlrd.t dan ziyod neft, 2,3-2,5 trln. m3 tabiiy gaz va 1 mlrd. t temir rudasi qazib olinmoqda. Boshqa turdagi mineral xom ashyoni qazib olish hajmi kamroq. Jumladan, dunyoda keyingi vaqtda yiliga 2,2-2,3 ming t oltin qazib olinmoqda. Jahonda uran yetkazib beruvchi yirik mamlakatlar qatoriga Kanada, Avstraliya va JAR, kaliy tuzlari bo'yicha Kanada va Germaniya davlatlari kiradi. Temir rudasini qazib olish iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ham (AQSH, Kanada, Avstraliya, JAR, Shvetsiya, shuningdek, Rossiya va Ukraina), rivojlanayotgan mamlakatlarda ham (Xitoy, Braziliya, Hindiston, Venesuela, Liberiya) keng miqyosda amalga oshirilmoqda. xalqaro geografik mehnat taqsimotining chuqurlashishi va yanada rivojlanishi dunyoda 6 ta yirik kon sanoati markazlarining shakllanishiga olib keldi. Ularning hissasiga jami qazib olingan xom ashyo va yoqilg'ining 23 qismi to'g'ri kelmokda. Shunday mamlakatlar qatoriga AQSH, Kanada, Avstraliya, JAR, Rossiya va Xitoy kiradi. kon sanoati ko'pchilik boshqa mamlakatlarda ham rivojlangan. Lekin ularda xom ashyo yoki yoqilg'ining bir-ikki turi kazib olinadi, xolos. Jumladan, dunyoda ko'mir qazib olishda Polsha, mis rudasi qazib olishda Chili, qalay rudasi qazib olishda Malayziya, neft qazib olishda Fors ko'rfazi mamlakatlari yuqori o'rinlarni egallaydi. O'zbekiston Respublikasi jahonda kon sanoati yuqori rivojlangan mamlakatlar qatoridan mustahkam o'rin olgan. Hozirga qadar O'zbekistonda hammasi bo'lib 2,7 mingdan ziyod istiqbolli turli foydali qazilma konlari aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral-xom ashyo turlarini o'z ichiga oladi. Muhim strategik manbalar - neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo'yicha 155 ta kon, qimmatbaho metallar bo'yicha 40 dan ortiq, rangli, nodir va radiaktiv metallar bo'yicha 40, kon-kimyo xom ashyosi bo'yicha 15 ta kon va b. qidirib topilgan va ishga tushirilgan. Oltin, uran, neft, fosforitlarning razvedka qilingan zahiralari bo'yicha O'zbekiston jahonda yetakchi o'rinni egallaydi. Respublika jahonda oltin zahiralari bo'yicha 4-o'rinda, mis zahiralari bo'yicha 10-11 o'rinda, uran zahiralari bo'yicha 7-8 o'rinda turadi (2001) Konning kon-kapital ishlari olib boriladigan qismini tayyorlash va konda quritish ishlari Konning kon-kapital ishlari olib boriladigan qismini tayyorlaganda - kon kapital ishlari olib borish uchun sharoit yaratish, ya'ni o'rmonlarni kesish, to'nkalarni kovlab olish, daryo va irmoqlarni karer maydonidan uzoqlashtirish, botqoqliklarni quritish, bino va inshootlarni buzish, ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.1 MB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:46
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.1 MB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:46 ]
Arxiv ichida: ppt