Kongo kotlovinasi va chekka tog'lar Bu ulkan tabiiy geografik o'lka ekvatorning har ikki tomonida Atlantika okeani qirg'oqlaridan Sharqiy Afrika tog'ligigacha cho'zilgan. Shimolda uning chegarasi taxminan 5° sh. k. bo'ylab, janubda esa 10° sh. k. dan janubrokda o'tadi. Kongo daryosi o'rta oqimidagi yassi kotlovina va uning atrofidagi Kongo havzasi bilan Afrikadagi boshqa daryolar orasidagi suvayirg'ichni hosil qil.adigan qirlar ham shu o'lkaga kiradi. Kotlovina relefida. bir necha bosqichlar ajralib turadi. Kotlovinaning eng past qismi Kongo daryosining o'rta oqimidagi balandligi 500 m dan yuqori bo'lmagan keng tekislikni hosil qiladi. Bu tekislikning asosiy qismi qadimgi ko'l allyuviysining qalin qatlamidan tarkib topgan. Daryolarning bo'ylarida esa yangi vujudga kelgan (yosh) allyuvial yotqiziqlar polosalari cho'zilgan. Tekislik yuzasi deyarli yassi, chunki bu yer Atlantika okeaniga tomon oqib turgan ko'lning tubi bo'lgan. Leopold II va Tumba ko'llari ana shu ko'lning qoldiqlaridir. Mezozoy davridagi ko'l yotqiziqlari tagida tekislik doirasida qadimgi muzlik qatlamlariqalin muzliklar faoliyati mahsuloti uchraydi. Bunday muzliklar paleozoy erasining oxirida janubiy yarimshardagi materiklarning katta maydonlarini qoplab yotgan. Janub va sharqda kotlovina markaziy qismining yassi yuzasi balandligi 500-100 m bo'lgan va relsfda yaqqol ajralib turadigan platoga aylanadi. Paleozoy na mezozoyning cho'kindi yotqiziqlari bilan qoplangan platoning yer yuzasini daryolarning chuqur daralari kesib o'tib, ko'pdan-ko'p sharsharalar hosil qilgan. Vodiylarning ana shunday tuzilishi mezozoy erasi oxirida yer po'stining ko'tarilishi tufayli daryolarning eroziyasi avj olishi natijasida paydo bo'lgan. Kotlovinaning ana shu baland bosqichi shu yo'l bilan paydo bo'lgan. 143. Kongo kotlovinasida yillik temperatura, yog'in-sochin va nisbiy namlik Kongo kotlovinasi hamma tomondan 200 m va undan ham baland yassi tog'liklar bilan o'ralgan. Janubda Lunda yassi tog'ligi zinapoya shaklida ko'tarilgan, Kongo daryosi bilan Zambezi daryolari havzalari orasida suvayirg'ich bo'lib xizmat qiladigan bu yassi tog'lik kenglik bo'ylab cho'zilgan tizmaga o'xshaydi. Sharqda kotlovina Sharqiy Afrika tog'ligining tik chekkasi bilan chegaralangan. Ana shu tog'likdan Lunda yassi tog'ligi bilan qo'shilib ketadigan tarmoqlar boshlangan. Shimolda baland platolar Kongo havzasini Nil, Chad ko'li va Niger havzalaridan ajratib turadi. Balandliklar polosasi kotlovinani g'arbdan chegaralab, Atlantika okeani sohilidagi pasttekislikdan ajratib turadi. Kongo ana shu ko'tarilmalardan o'tib, tor yosh epigenetik vodiydan oqadi. Ana shu vodiyda daryo Afrikani tadqiq qilgan olim Livingston nomi bilan atalgan o'nlab sharsharalar hosil qilgan. Kotlovinani o'rab turgan plato va qirlar relefi uchun tekis yuzalar xarakterli bo'lib, u erlarda do'ng tepalar yoki vulkan konuslari o'rmon chegarasidan ham yuqoriga ko'tarilib turadi. Tik zinapoyasimon yonbag'irlarni darasimon tor vodiylar kesib o'tgan. Bu esa Afrika platformasi chekka qismlari relefining yaqin vaqtlarda qaytadan yosharishi oqibatidir. Chekkadagi ko'tarilmalar bilan Atlantika okeani oralig'ida akkumulyativ jinslardan tuzilgan qumli pasttekislik bor. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
53.69 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
53.69 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:46 ]
Arxiv ichida: doc