Koreya Respublikasi tabiiy-demografik salohiyati, xo'jaligi, transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari

Koreya Respublikasi tabiiy-demografik salohiyati, xo'jaligi, transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari

O'quvchilarga / Geografiya
Koreya Respublikasi tabiiy-demografik salohiyati, xo'jaligi, transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari - rasmi

Material tavsifi

Koreya Respublikasi tabiiy-demografik salohiyati, xo'jaligi, transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari 9-sing Geografiya darsligi asosida 46§ - mavzu Reja: 2 3 4 Koreya Respublikasi 1 Aholi soni Transporti Dehqonchilik Koreya Yevrosiyo sharqida, Koreya yarimorolida joylashgan qadimgi davlat. Qirg'oqlarini g'arbda Sariq dengiz, Sharqda Sharqiy (Yapon) dengiz suvlari yuvib turadi. Mamlakatning umumiy maydoni 99,392 ming km2. Hududining katta qismini aralash ignabargli va keng bargli o'rmonlar egallagan. Asosiy foydali qazilmalari volfram, temir, oltin, kumush, marganes va mis rudalari. Haydaladigan yerlar mamlakat hududining 15 qismidan ortig'ini egallaydi. Volfram Mis Oltin, kumush Aholi soni 2013-yil iyul oyiga 49,0 mln. kishini tashkil etgan. Aholining o'rtacha zichligi 1 km2 ga, deyarli 500 kishiga teng. Iqtisodiyotning eng muhim tarmog'i sanoatga (YIM ning 34,9 %i), xizmat ko'rsatish sohasiga (60,1 %), qishloq xo'jaligiga (3 % i) to'g'ri keladi Janubiy Koreya «Samsung-Elektroniks», «Xunday», «Posko» va boshqa shu kabi industrial gigantlarning mavjudligi bilan ajralib turadi. Metallurgiya, mashinasozlik (avtomobilsozlik, kemasozlik, elektrotexnika va elektronika mashinasozligi, og'ir mashinasozlik), kimyo va neft-kimyo sanoati, yengil va oziq-ovqat sanoati yuqori ahamiyat kasb etadi. Dehqonchilikda sholichilik, sabzavotchilik (tarvuz, qovoq, turli xil ko'katlar), mevachilik (nok, olma, shaftoli yetishtirish) va uzumchilik muhim o'rin egallaydi. Chorvachilikda sut-go'sht chorvachiligi, qoramolchilik va cho'chqachilik rivojlangan. Seul va Inchxon shaharlari xalqaro transport logistik markazlari rolini bajarmoqda. Inchxon dunyodagi eng yirik aeroport bo'lib, 44 ta mamlakatdagi 141 shahar bilan to'g'ridan to'g'ri avialiniyalarga ega. Temiryo'l Seul shahrini tezyurar poyezdlar (350 kmsoat) orqali mamlakatning boshqa shaharlari bilan bog'laydi. Koreya Respublikasi O'zbekistondan paxta tolasi, rangli metallar (mis, rux), boyitilgan uran va boshqa mahsulotlarni import qiladi. Uran Rangli metallar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.02 MB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:46 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.02 MB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga