Koreya Respublikasi Bayroq Gerb Koreya Respublikasi, norasmiy nomlari: Janubiy Koreya, Koreya (hangul: 대한민국, hanja: 大韓民國, tɛː.han.min.ɡuk̚), Sharqiy Osiyoda, Koreys yarimorolida joylashgan mamlakatdir. Shimoldan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan chegaradosh. Poytaxti - Seul shahri aglomeratsiyasi aholisi bo'yicha jahonda ikkinchi o'rinda turadi. Koreya jahonning eng qadimgi tamaddunlaridan biridir; uning hududida Quyi Paleolit davridayoq odamlar yashaganligi ma'lum. Uch Koreys Qirolligining 668-yildagi birlashuvidan to 1910-yilgacha koreys xalqi yaxlit mamlakatda yashadi. Koreya bo'linishidan so'ng 1948-yili Janubiy Koreya davlati yaratildi. Koreys Urushidan keyin Koreya Respublikasi iqtisodiyoti kuchli o'sishni boshidan kechirib, mamlakat Katta Yigirmatalik safiga kirdi. Bugungi kunda Janubiy Koreya To'rt Osiyo Barslaridan biri, deb hisoblanadi. Janubiy Koreya BMT, WTO, OECD, APEC kabi tashkilotlar a'zosi, AQSHning yaqin hamkorlaridan biri bo'lib, xalqaro siyosatda faol qatnashadi. Janubiy Koreya iqtisodiyoti yuqori texnologiyalar va qulay infratizimga asoslangan, Samsung, LG, Hyundai-Kia kabi koreys shirkatlari elektronika, avtomobil, kema, mashina va robotlar ishlab chiqarishadi. Janubiy Koreya shuningdek ta'limi ilg'or mamlakatlardan biri bo'lib, aholisi ilmiy savod darajasi bo'yicha jahonda birinchi,[matematik savod bo'yicha esa ikkinchi o'rinda turadi. Iqtisodiyoti Janubiy Koreyaning 1997-yildagi inqirozgacha bo'lgan ildam iqtisodiy rivoji Sharqiy Osiyo Mo'jizasi deb atalgan. Uch dekada shiddatli iqtisodiy rivojlanish kambag'al agrar mamlakatni dunyodagi o'n ikkinchi iqtisodiy-eksport davlatiga aylantirdi. 1996-yil 12-dekabrda Koreya Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish tashkiloti (IHRT)ga qabul qilinishi haqiqatan Koreya iqtisodiyotining avjiga chiqqan payti bo'ldi. Koreyaning bunday tez rivoji yuqori darajadagi jamg'arma va sarmoyaga katta yordam berdi, shuningdek milliy ta'limning taraqqiy topishiga rag'bat bo'ldi. Shuning evaziga bugungi kunda bir qancha yosh o'g'il-qizlar dunyoning eng nufuzli oliygohlarida ta'lim olishmoqda. Iqtisodiyoti Lekin rivojlanishga bo'lgan yo'l oson bo'lmadi. Bu yo'lga erishish turli qiyinchiliklarni yengib o'tishni talab etdi. 1945-yili Yaponiya qaramligidan ozod bo'ldanidan so'ng milliy iqtisodiyotni rivojlantirish xalqning hayot-mamot masalasiga aylandi. Tabiiy boyliklarning cheklanganligi, ichki bozorning zaifligi va iqtisodiy rivojlanish tajribasiga ega bo'lmasligiga qaramay, Koreya milliy iqtisodiyotning barqaror va mustaqil rivojlanishini amalga oshirdi. 1950-53-yillarda bo'lib o'tgan Koreys Urushi Janubiy Koreya iqtisodiyoti rivojlanishiga katta putur yetkazdi. Bir xalqning o'zaro urushib ikki qismga bo'linishi Koreya tuprog'ida buzg'unchilik va alamli xotiralarni qoldirdi. Urush qurbonlari va nogironlar soni 1,5 mlnni tashkil etadi. Urushning moddiy zarar qiymati 1953-yil narxlarida 3,1 mlrd AQSH dollarini tahskil etdi. Janubiy Koreyaning urushdan ko'rgan zarari 1953-yilgi Milliy Yalpi mahsulot (YMM)ning 85%ini tahskil etti. Urushdan keyingi qayta tiklanish davrida (1953-1960-yy) rivojlanish darajasi xorijiy davlatlarning yordamlari bo'lishiga qaramay past bo'ldi. Shunday bo'lsa-da, 1953-yildan 1995-yilgacha o'rtacha Milliy Yalpi mahsulot o'sishi 7,6%ni tashkil etdi, bu esa 21 marta o'sganligidan dalolat berdi. Pak Chon Hi, Janubiy Koreya Uchinchi-To'rtinchi Respublikalari Prezidenti. Uchinchi Respublika davrida Yaponiya bilan tinchlik shartnomasi ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.03 MB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:46
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.03 MB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:46 ]
Arxiv ichida: pptx