Kunlun-Oltintog'-Nanshan sistemasi

Kunlun-Oltintog'-Nanshan sistemasi

O'quvchilarga / Geografiya
Kunlun-Oltintog'-Nanshan sistemasi - rasmi

Material tavsifi

Kunlun-Oltintog'-Nanshan sistemasi Bu baland tog' oblastini bazilar Tibet tog'ligining shimoliy chekka qismi deb hisoblaydilar. Biroq burmalanishning paleozoyda ro'y berganligi va u bilan bog'liq holda geologik tuzilishi hamda relefining xususiyatlari, shuningdek geografik jihatdan alohida jonlashganligi bu territoriyani musta-kil tabnits birlik deb hisoblashga asos bo'ladi. Kunlun sistemasi keng manoda olganda ikki qator tizmalardan iborat bo'lib, bu tizmalar g'arbda bir-biri bilan tutashgan, 84-85° sharqiy uzoqlikda bir-biridan uzoqlashib, Tsaydam soyligini shimol va janub tomonlardan o'rab turadi. Shimoliy tarmog'ining Cherchen daryosi vodiysidan sharqdagi tarmog'i Nanshan nomi bilan yuritiladi. Kunlun tog'larining o'zi Torim soyligini janubi-g'arb tomonday o'rab, kenglikka yaqin yo'nalishda Tibet tog'ligining shimoliy chekkasi bo'ylab cho'zilgan. Butun Kunlun sistemasi uchun paleozoy burmali strukturalarining aktiv yangi tektonik harakatlar natijasida juda balandga ko'tarilib qolganligi va keskin alp tipli relef xosdir. Shimoli-g'arbiy qismida SSR chegarasi yaqinida juda katta tog' massivlari-Qo'ng'ir (7719 m) va Muztog'ota (7546 m) ko'tarilib turadi. O'rtacha balandligi 600 m gacha bo'lgan, kambar, aniq ajralib turgan tog' tizmasini Qoraqurum tog'laridan boshlanuvchi daryolarning chuqur ko'ndalang vodiylari bir necha joyda kesib o'tadi. Tsaydam soyligining shimoliy chegarasini balandligi 500 m dan ortiq bo'lgan Oltintog' tizmasi tashkil etadi. Soylikning janubiy chekkasi bo'ylab muzliklar bilan qoplangan baland Prjevalskiy tizmasi ko'tarilgan, Kunlunning eng baland cho'qqisi (7723 m) shu tizmada joylashgan. Prjevalskiy tizmasnning sharqdagi davomi hisoblangan tizmalarning balandligi 500-600 m. O'rta Kunlun Qoraqurum bilan birga Osiyoning bosh suvayirg'ichining bir qismini tashkil etadi. Tsaydam soyligi o'z atrofini o'rab olgan tog' tizmalaridan deyarli ikki barobar past (2700-300 m) joylashgan. Bu tektonik botiqning yassi tagi mezozoy va kaynozoyning cho'kindn jinslari bilan to'lgan, sho'rxok yerlar, oqmas ko'llar bor, bu ko'llar orasida eng kattasi kukunor ko'li. Bu butun tog'lik o'lka uchun relefining kam parchalanganligi, nuroq materiallarning juda ko'p to'planganligi xos bo'lib, nuroq jinslar tog' tizmalarini go'yo ko'mib yuborgandek, tuyuladi, eroziya protsesslari zaif rivojlangan. Qunlun tog'laridagi qurg'oqchilik g'arbdan sharqqa tomon kuchayib borib, o'rta qismida maksimum (eng yuqori) darajaga etadi va sharqqa tomon bir oz yumshaydi. Sharqqa tomon qurg'oqchilikning kamayishi Nanshanda ham kuzatiladi. Shu sababli Kunlunning g'arbiy va o'rta qismlarida balandlik mintaqalari yaxshi ifodalanmagan, tog'larning etagidan katta balandliklargacha tog' cho'l va dashtlari ko'pchilikni tashkil etadi, qor chizig'i bazi joylarda 5900 m balandlikkacha ko'tariladi. Sharqda igna bargli o'rmonlar paydo bo'ladi, alp mintaqasi juda aniq ifodalangan, qor chizig'i bazi joylarda 4500 m gacha pasayadi. Muzliklar, ayniqsa Nanshanda, ko'p daryolarga suv berib turadi. Hayvonot dunyosi boyib, vodiylarda ekinzor va bog'lar paydo bo'lmoqda. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.99 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.99 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga