Lalmikor yerlar Company name Reja: Lalmikor yerlar haqida Lalmikor yerlarni sug'orish Lalmikor yerlar uchun bonitirovka koeffitsiyentlari Tabiiy nam, yaoni yillik yog'in-sochin hisobiga olib boriladigan dehqonchilik lalmikor hisoblanadi. Lalmikorchilik bizning mamlakatimizda adir, tog'oldi kengliklarida, asosan bo'z tuproqlarda yo'lga qo'yilgan va rivojlanmoqda. Xalqni don mahsulotlari bilan taominlashda bahorikor dehqonchilikni alohida o'rni bor. Ma'lumki, mamlakatimizda lalmikor ekin maydonlar 750 ming gektardan oshiqroqni tashkil etadi. Bu yerlardan 130 ming gektari yog'inlar bilan ta'minlangan maydonlardir. Dehqon va chorvadorlarimiz sug'oriladigan yerlar bilan birgalikda mazkur maydonlardan ham foydalanib kelishmoqda. Kelgusida lalmi maydonlar dehqonchiligi yangi texnika va texnologiyalarni, qurg'oqchilikka chidamli ekinlar navlarini joriy qilish orqali yanada rivojlantiriladi. Bahorikor dehqonchilikni o'ziga xos xarakterlari va qiyinchiliklari mavjud. Shu bois lalmikor dehqonchilik olib boriladigan yerlarni baholashda Tuproq, relpef , iqlim kabi tabiiy kategoriyalar nazarda tutilmog'i darkor. Birinchidan taqdiri qisman relefga, ya'ni yer usti va tuproqni tekis, notekisligiga bog'liq bo'lsa, Uchinchidan shu tuproqni namlik sharoitiga, yaoni yog'adigan yog'inni jadalligiga, miqdoriga, vaqtiga, turiga bog'liq bo'ladi. Ikkinchidan tuproqni sifat bahosiga, Xalq tilida, hatto ayrim ishlarda Yer bilan tuproq tushunchalari aralash ishlatiladi. Bu uncha to'g'ri emas, albatta har birini o'z o'rni, joyi bor. Tuproq - tuproqni vujudga keltiruvchi omillar ta'sirida hosil bo'lgan tabiiy tarixiy tirik tana yoki Vernadskiy iborasiga bilan aytadigan bo'lsak biokos tana ekanligi endilikda hammaga ma'lum. Dehqonchilikda tuproq deb yerning eng ustki unumdor qatlami ekanligi ham yangilik emas. Xuddi tuproqqa bo'lgan qarashlar kabi Yerga ham ikki xil qarash mumkin. Bu qarashlarni birinchisi, asosiysi albatta geologlar, geograflar nuqtai nazaridan yerga berilgan taorif deb tushunmoq kerak. Geografik, geologik tadqiqotlarda Yer yuzasi sferik (sharsimon) deb qabul qilinadi. Shuning uchun ham geografiyada va Yer haqidagi boshqa bir qator fanlarda Yer shari degan ibora ishlatiladi. Bu nuqtai nazardan Yer - Yer po'sti, mantiya, yadro qobiqlarini o'z ichiga olgan geoid shakldagi quyosh tizimidagi planeta deb qaraladi. Dehqonchilik nuqtai nazaridan esa, Yer deganda uning litosfera, yaoni Yer po'stining eng ustki yupqa qismi kishi ko'z o'ngiga keladi. Bu sohada hali yagona taorif yo'q. Lekin baozi tadqiqotlarda Yerga taorif berishga urinishlar bor. Yer - deb, tuproq va uning onalik jinsini bir qismini o'z ichiga olgan ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo'lgan Yer po'stining yupqa eng ustki qatlamiga aytiladi. Dokuchayev Yer bilan tuproq tushunchalariga to'xtalib ularni farqlash uchun tuproq to'g'risida so'z borganda unumdorlik, Yer to'g'risida so'z borganda ishlab chiqarish qobiliyati kabi atamalardan foydalanishni tavsiya etgan va foydalangan. Lalmikor dehqonchilik qilinadigan yerlarda tuproq qatlami har xil qalinlikda, shu boisdan bo'lsa kerak bu maydonlarda Yerlar tariqasida baho berish yo'lga qo'yilgan. Qolaversa yerlarning mahsuldorligiga qator omillar taosir ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.41 MB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:46
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.41 MB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:46 ]
Arxiv ichida: pptx