Landshaft haqida tushunchalar

Landshaft haqida tushunchalar

O'quvchilarga / Geografiya
Landshaft haqida tushunchalar - rasmi

Material tavsifi

Landshaft haqida tushunchalar Reja: 1. Landshaft haqida tushunchalarning vujudga kelishi 2. Landshaft qobig'ining geografik qobiqda tutgan o'rni 3. Landshaftshunoslikda turli yo'nalishlarning paydo bo'lishi 4. Landshaft tushunchasi haqida g'oyalar Landshaft so'zi aslida nemischa bo'lib, o'zaro aloqadorlik va bog'liqlikni aks ettiruvchi suffiks, adabiy tilda manzara, joyning ko'rinishi degan ma'noni anglatadi. Landshaft atamasi geografiyaga dastavval deyarli bir vaqtda A.A.Borzov. L.S.Berg, D.F.Morozovlarning ilmiy ishlari orqali tabiiy geografik mujassama so'zining sinonimi sifatida kirib kelgan. Keyinchalik landshaft tushunchasini chuqurlashtirish va uning ta'rifini mukammallashtirish jarayonida tabiiy geograflar uch guruhga bo'linib ketishdi. Birinchi guruh tabiiy geograflarning fikricha landshaft ham xuddi re-lyef, iqlim, tuproq, o'simlik tushunchalari kabi umumiy tushunchalardir. Bu holda landshaft atamasi xohlagan ko'lamda tabiiy geografik mujassamlarga nisbatan, ularning katta-kichikligidan qat'iy nazar ishlatilishi mumkin. Bu tushuncha tarafdorlari (F.N.Milkov, D.L.Armand, ІO K.Yefremov, V.I.Proka-yev kabilar) fikricha landshaft bizning ko'z o'ngimizda tarixiy shakillangan va uzluksiz rivojlanishida bo'lgan u yoki bu tabiiy geografik mujassama qiyofa-sida namoyon bo'lgan o'zaro bog'liq va aloqadorlik bo'lgan narsa, hodisalarning yig'indisidir. Landshaftga berilgan ushbu ta'rifdan ko'rinib turibdiki, landshaft ham, tabiiy geografik mujassama ham ikkalasi bir narsadir. Tabiiy hududiy muj-assama so'zi aniq ifodaga egaligiga qaramay, atama sifatida noqulay. Shuning uchun tabiiy hududiy mujassama so'zining ma'nosini anglatadigan, ammo qisqagina va ishlatilishda qulay bo'lgan landshaft atamasidan foydalanish ma'qullandn. Uning fikricha Yer yuzasidagi barcha landshaftlar birgalikda Yerning landshaft qopqog'i tashkil qiladi. Bu holda landshaft qobig'i atamasi Geografik qobiq atamasining sinonimi sifatida ishlatiladi. Yerning landshaft qobig'i deganda, F.N.Milkov (1970) geografik qobiqdan farqli o'laroq, uning o'rta qismida litosfera, atmosfera, gidrosferalarning bevosita bir-biriga tutashib va faol ta'sir etib turadigan hamda organik hayot rivojlanishiga eng qulay sharoit yuzaga kelgan yupqa (qalinligi 200-250 m gacha bo'lgan) qatlamni tushunadi. F.N.Milkov geografik qobiqning ichida 4 ta qatlamni ajratadi: 1. Yuqori havo qatlami; 2. O'rta landshaft qatlami; 3. Landshaft orasidagi suv qatlami; 4. Quyi (litosfera) tosh qatlami; , Ikkinchi guruh geograflar ta'kidlashicha landshaft ma'lum bir hududni egallagan, o'ziga xos xususiyatga ega bo'lgan regional birlikdir. Masalan, N.A.Solnsev landshaftni asosiy geografik birlik deb qaraydi va geologik tuzilishi, relyef shakllari, yer osti va yer usti suvlari, mikroiqlimi, tuproq xillari, fitogeotsenozlari o'zaro bog'liq bo'lgan birikmalari qonuniy va tipik qaytalanib turadigan genetik jihatidan bir butun hududni landshaft deb ataydi. Landshaftning ta'rifini boshqacharok va qisqaroq qilib A.G.Isachenko (1991) quyidagicha ta'riflaydi: Landshaft - mahalliy ko'lamdagi geotizim-larning o'ziga xos yig'indisidan iborat bo'lib o'zining zonal va azonal belgi-lari bo'yicha bir butun hamda genetik jihatidan yaxlit geotizimdir. A.G.Isa-chenko fikricha landshaft o'zidan kichik geotizimlar yig'indisidan iborat bo'lishi bilan bir vaqtning o'zida, o'zidan katta va murakkabroq tuzilgan geotizimning bir qismi bo'lib xizmat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.38 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.38 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga