Landshaftlar dinamikasi va rivojlanish qonuniyatlari Reja: 1. Dinamika haqida tushuncha 2. Landshaftlarning dinamikasi Z. Landshaftlarning tabiiy va atropogen omillar ta'sirida o'zgarishi 4. Landshaftlarning rivojlanish qonuniyatlari Landshaftning tarkibiy qismi hisoblangan komponentlar orasida ham uning morfologik qismlari orasida ham mutassil modda va energiya almashinib turishi uning ichki tuzilishi nihoyatda murakkab ekanligini ko'rsatish bilan birga landshaft qotib qolmagan, doimo o'zgarib, rivojlanib turadigan, o'ziga xos maxsus faoliyatda bo'lib turadigan moddiy jism ekinligidan dalolat beradi. Har bir muayyan landshaft o'z ichida ro'y beradigan hamda tashqaridan ta'sir etib turadigan jarayonlar va omillar ta'sirida turadi, o'zgarishlarga uchraydi, yashaydi va rivojlanadi. Shu bilan birga har bir landshaft bir butundir uning tarkibi ham ichki tuzilishi ham doimiy va tashqi kuchlar, shu jumladan insonning xo'jalik faoliyati ta'siriga nisbatan chidamlidir. Har bir landshaftda o'zini o'zi boshqarib o'zini o'zi rivojlantirib turish xususiyatlari mavjuddir. Har bir landshaftga o'z rivojlanishini barqarorlashtirib turuvchi dinamika xosdir. Landshaftning dinamikasi va rivojlanishi haqidagi hanuzgacha muhim bir fikrga kelinmagan. Geografiya adabiyotlarida bir so'z o'rniga ikkinchisini ishlatib yoki chalkashtirib yuborish hollari uchrab turadi. Aslida esa landshaftdagi ro'y beradigan barcha o'zgarishlarni dinamika deb bo'lmaydi. Landshaftning dinamikasi tushunchasiga A.A.Krauklis (1979) qisqacha qilib quyidagi ta'rif beradi: dinamika - bu ichki va tashqi kuchlar ta'sirida landshaft holatining o'zgarishidir. F.N.Milkov (1990) fikricha dinamika landshaftshunoslikning markaziy masalalaridan biridir. Landshaft dinamikasi - bu landshaftning o'z vazifasini bajarishi hudud va ichki tuzilishi bilan bog'liq bo'lgan o'zgarishlaridir. Landshaftdagi dinamika, o'zgarishlar turli tuman bo'lganligi uchun F.N.Milkov ularning tur va xillarini aniqlashga o'rinib ko'radi. Uning fikricha korologik dinamika (Landshaft chegarasining o'zgarilishi bilan bog'liq), ichki tuzilishi bilan bog'liq bo'lgan dinamika (landshaftning morfologik qismlari va ular orasidagi aloqalarning o'zgarilishi bilan bog'liq), zamonaviy dinamika (vaqt bilan bog'liq bo'lgan landshaftning o'zgarishlari) hamda yo'nalgan dinamika yoki rivojlanish dinamikasi (landshaftning bir tomonlama yo'nalgan o'zgarishlari) kabilarni ajratish mumkin. Bular o'z navbatida yana genetik xillarga bo'linadi. G.D. Rixter (1983) esa tabiiy jarayonlarning dinamikasi deb faqat jarayonlar jadalligining fasllarda o'zgarishini tushunadi. Bunday o'zgarishlar asosan havo harorati yog'in-sochin va bug'lanishning yil davomida o'zgarishi bilan bog'liqdir. Landshaft dinamikasi degan tushuncha keng ma'noli, serqirra va landshaftshunoslikdagi asosiy tushunchalaridan biri ekanligini A.G.Isachenko (1991) ham e'tirof etadi.Uning fikricha landshaftning ichki tuzilishini qayta shakllanishiga olib kela olmaydigan va tizimning takrorlanish xususiyatiga ega bo'lgan o'zgarishlarni dinamika deb atasa bo'ladi. Masalan: landshaftda bir kecha-kunduz davomida, yil (fasllar) davomida kechadigan turqumga xos bo'lgan o'zgarishlarni landshaftning dinamikasi desa bo'ladi. Agar tashqi kuchlar, jumladan inson ta'siri natijasida ham landshaftda qandaydir o'zgarishlar ro'y bergan bo'lsa, uning qayta tiklanish jarayonidagi holatning o'zgarishi ham dinamikadir. Landshaftdagi dinamik o'zgarishlarni mavjudligi landshaft tashqi kuchlar ta'sirida o'zgartirilgan, ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.62 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.62 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:46 ]
Arxiv ichida: doc