Landshaftlar geografiyasining rivojlanish tarixi

Landshaftlar geografiyasining rivojlanish tarixi

O'quvchilarga / Geografiya
Landshaftlar geografiyasining rivojlanish tarixi - rasmi

Material tavsifi

Landshaftlar geografiyasining rivojlanish tarixi Reja: 1. Landshaftshunoslik faniga asos solinishi 2. Landshaftlar geografiyasining fan sifatida vujudga kelishi va shakllanishi 3. Landshaftlar geografiyasida yangi yo'nalishlarning vujudga kelishi 4. Landshaftlar geografiyasining rivojlanishiga hissa qo'shgan olimlar Landshaftshunoslikka oid eng dastlabki fikrlarning manbai V.V.Dokuch-ayev va uning ilmiy maktabiga mansub bo'lib, tabiatshunoslik va geograf olim-larning izlanishlariga borib taqaladi. Tuproqshunos geograf olim, geografik zonallik qonuniyatini birinchi bor ilmiy asoslab bergan V.V.Dokuchayevning ta'kidlashicha tabiatda bir jism, kuch yoki hodisa ikkinchisi bilan doimo o'z-aro murakkab aloqada bo'ladi va bu aloqadorlik vaqt o'tishi bilan o'zgarib tu-rishi mumkin. Uning fikricha tabiiy komponentlar, hodisalar alohida-alo-hida holda emas, balki bir butun hududiy majmua sifatida o'rganilishi ke-rak. Tabiat zonasi iqlim, tuproq, o'simlik, hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy mujassamalardir. Bu tabiiy mujassamalar haqidagi g'oyaning yuzaga kelishi edi. V.V.Dokuchayevning tabiatning barcha jonli va jonsiz komponentlar orasi-dagi o'zaro nisbatlar va aloqadorliklarni hamda ularni birgalikda rivojlan-tirish qonunlarini tabiatshunoslik fanlari ichida o'ziga xos, yangi bir fan o'rganishi kerak degan xulosaga kelgan. Ammo V.V.Dokuchayev landshaft, land-shaftshunoslik so'zlarini ishlatmagan bo'lsa ham, o'z fikrlari bilan tabiiy komponentlar haqidagi Yangi geografiyani yuzaga kelishiga sababchi bo'ldi. V.V.Dokuchayev g'oyalarini keyinchalik uning ko'pgina shogirdlari va hamfikr-lari fanning turli yo'nalishlarida targ'ib qilib, rivojlantirib bordilar. Tabiiy geografik majmua (landshaft)ni birinchi bor ifodalab berishga urinib ko'rganlardan biri A.A.Borzov (1954)dir. Uning fikricha geografiya - yer yuzi to'g'risidagi fandir va u alohida hodisalarni o'rganmasdan, balki ularni birgalikda o'rganish kerak. Boshqacharok qilib aytganda, geografiya tog' jinslarini, iqlim, tuproq, o'simlik va hayvonotni alohida-alohida o'rganmaydi, hatto ularni har birini geografik tarqalishi ham geografiyaning emas, balki boshqa fanlarning vazifasidir. Geografiya esa yer yuzasining ayrim qismlarida bu hodisalar birgalikda qanday shaklni - landshaftni hosil qilishini, tuproqlar, suvlar, iqlim, o'simlik, hayvonot va inson turli landshaftlarda qanday aloqa bo'lishini, ularning o'zaro ta'siri qanday ko'rinishlarda bo'lishini o'rganadi. Bir landshaftni ikkinchisiga qanday ta'sir etishini aniqlaydi. Umuman yer yuzasi qanday landshaftlardan tuzilganligini tushnishga, ularning har birini mavjudligini, tarqalishini va o'zaro ta'sir qonunlarini tushuntirib berishga harakat qiladi. Landshaft haqidagi tasavvurni ifodalab berishga birinchilar qatorida L.S.Berg (1913) ham harakat qilgan. U o'zining Geografiyaning predmeti va vazifalari nomli maqolasida landshaft haqidagi o'z fikrini bayon qilar ekan shunday yozadi. Geografik izlanishlarning natijasi ham tabiiy, ham madaniy landshaftlarni o'rganish va ta'riflab berishdan iboratdir, shu bilan birga landshaftlarni tashkil etuvchi omillar bir-biriga qanday ta'sir ko'rsatishi va qanday aloqada bo'lishi ham o'rganilishi kerakligini ta'kidlab o'tadi. L.S.Bergning ifodalashi bo'yicha landshaft shunday bir joyki, unda relyef, iqlim, o'simlik va tuproq qatlami garmonik (uyg'unlashib ketgan) bir- butunlikni tashkil qilib, Yerning ma'lum bir tabiat zonasi bo'ylab tipik qaytalanib turadi. Bu geografik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.5 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.5 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga