Landshaftlar geokimyosi va geofizikasi

Landshaftlar geokimyosi va geofizikasi

O'quvchilarga / Geografiya
Landshaftlar geokimyosi va geofizikasi - rasmi

Material tavsifi

Landshaftlar geokimyosi va geofizikasi Reja: 1. Landshftlar geokimyosi va geofizikasining vujudga kelishi 2. Landshaftlar geokimyosi З. Landshaftlar geofizikasi XX- asrning o'rtalariga kelib geokimyo, biokimyo, geofizika, biofizika, biogeokimyo kabi fanlar ko'plab yangi bir ilmiy yo'nalish sifatida shakllana boshladi. Bu yo'nalishning asosiy xususiyati landshaftshunoslikning tekshirish obyektini geokimyoning tadqiqot usullari bilan o'rganishdadir. Landshaftlar geokimyosining yetakchi g'oyalarini shakllanishi 1940-50 yillarda bosilib chiqqan B.B.Polinovning qator maqolalari bilan bog'liqdir. Geokimyo fanining asoschisi V.I.Vernadskiy ham B.B.Polinov ham aslida V.V.Dokuchayevning ilmiy mataktabi namoyondalari bo'lgan taniqli olimlardandir. «Geokimyoviy landshaft» tushunchasining muallifi B.B.Polinov Dokuchayevning tabiat zonalari xaqidagi ta'limoti hamda V.I.Vernadskiyning tirik organizmlarining geologik ahamiyati haqidagi ta'limoti asosida landshaftlar geokimyosining metodologiyasini yaratdi. Landshaftlar geokimyosining yangi iliy yo'nalish sifatida keyingi taraqqiyoti asosan B.B.Polinovning shogirdlari A.I.Perelman va M.A.Glazovskayalarning nomlari bilan bog'liqdir. Ularning tashabbusi bilan Moskva davlat universitetida yangi kurs «Landshaftlar geokimyosi» o'qitila boshlandi va yangi kafedra ochildi. 1960-80 yillar oralig'ida ko'plab ilmiy markazlar va oliy o'quv yurtlarida landshaftlar geokimyosining nazariy va amaliy shaxaobchalarini o'rganadigan yangi ilmiy labarotoriyalar va kafedralar ochildi va bu fanning tarmog'ini rivojlanishiga sabab bo'ldi. Chunki bu vaqtga kelib foydali qazilmalarni izlab topishda, sog'likni saqlash bilan muammolarini hal etishda, yangi yerlarni o'zlashtirishda, qishloq ho'jaligini turli tarmoqlarini rivojlantirishda, tabiatni muhofaza qilish bilan bog'liq masalalarni hal etishda landshaftlarni geokimyoviy usullar bilan tadbiq qilishning ahamiyati katta ekanligi ayon bo'lib qoldi. Landshaftlar geokimyosining eng asosiy vazifalaridan biri landshaftlar orasida, ularning komponentlari orasida hamda morfologik qismlari orasida yuz beradigan kimyoviy jarayonlarni kimyoviy unsurlarni ko'chib yurishi tarqalishi va jamlanishlaridan iboratdir. Modda va kimyoviy unsurlarning almashinishi landshaftlarning hosil bo'lishi tuzilishi maxsus faoliyati va taraqqiyoti kabi muhim xususiyatlarini belgilab beradi. Landshaftlardagi kimyoviy unsurlarni migratsiyasi asosan ichki omillar (unsurlarning o'z kimyoviy xususiyatlari qattiqligi, eruvchanligi, havoga uchuvchanligi kabi) hamda tashqi omillar ya'ni harorat, bosim kabi ladshaftlardagi tabiiy geografik sharoit bilan bog'liqdir. Landshaftlardagi kimyoviy unsurlar migratsiyasi juda xilma xil bo'lib, materiya harakatining shakliga bog'liq holda turli xil bo'lishi mumkin. Masalan mexanik migratsiya, fizik-kimyoviy migratsiya, biogen migratsiya, texnogen migratsiya kabilar bo'lib, landshaftlarda ularning salmog'i yoki roli turlicha bo'ladi. Unsurlarning migratsiyasi qaysi shakli nomoyon bo'lishiga qarab, Yer yuzida uch xil landshaftlarni ajratish mumkin: 1. Abiogen landshaftlar kimyoviy unsurlarning mexanik va fizik va kimyoviy migratsiyasi tavsiflanadi. 2. Biogen landshaftlar kimyovyy unsurlarni biogen migratsiyasi ustunligi bilan tavsiflanadi. 3. Madaniy landshaftlar yoki texnogen landshaftlar kimyoviy unsurlarn texnogen migratsiyasi bilan tavsiflanadi. Landshaftlar o'z taraqqiyoti mobaynida bir holatda ikkinchi holatga o'ti-shi mumkin. Masalan abiogen landshaftlar biogen landshaftga ega, ular esa o'z navbatida landshaft qobig'ini taraqqiyoti masalalarini o'rganar ekan asosan uchta bosqichni tobiogen, biogengacha bo'lgan biogen hamda antropogen bosqichga ajratadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.34 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.34 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga