Landshaftlar tasnifi

Landshaftlar tasnifi

O'quvchilarga / Geografiya
Landshaftlar tasnifi - rasmi

Material tavsifi

Landshaftlar tasnifi Reja: 1. Tasniflash haqida tushuncha 2. Landshaftlar tasnifining asosiy tamoyillari 3. Landshaftlar tasnifining asosiy birliklari Fanda tasniflash, tartib berish, turlashtirish, taksonomiya kabi bir biriga yaqin tushunchalar mavjud. Bulardan tasniflash va tartib berish tushunchalari bir-biriga anchagina yaqin bo'lib, rang-barang va turli-tuman narsa va hodisalarni ma'lum bir tartib bilan, har birining pog'onama-pog'ona mavqeiga yoki ko'lamini saqlagan holda guruhlarga ajratish yoki birlashtirish degan ma'noni anglatadi. O'z o'rganish obyektini tasnif qilmagan yoki tasnif qilishga urinmagan bironta fan bo'lmasa kerak. Sababi biron fanni fan sifatida tanilishi uchun ham uning o'z obyektining tasnifi ishlab chiqilgan bo'lishi kerak. «Fan - bu eng avval tasniflashdir», tasniflash jarayoniga borib yetmagan ilmiy izlanishlarni hali «qiyomiga yetmagan» deb baholash mumkin. O'rganish obyektini tasniflashning ham ilmiy, ham amaliy ahamiyati kattadir. Uning ilmiy ahamiyati shundan iboratki, obyekt tasnif qilinganda uning kelib chiqishi, tuzilishi, rivojlanishi kabi barcha xususiyatlari o'rganilishi va u xaqdagi barcha ma'lumotlar batafsil tahlil qilinishi kerak. Yer yuzasida muayyan landshaftlar xaddan tashqari ko'p bo'lganligi uchun ularning har birini alohida-alohida ta'riflab o'tiriishing iloji bo'lmay qoladi. Shuning uchun landshaftlarni ma'lum maqsadlarda ( masalan, qishloq ho'jaligi, shahar qurilishi va h.k.) guruhlab ta'riflashga va shunga xos holda bir turdagi tadbirlarni rejalashtirishga to'g'ri keladi. Bu landshaftlar tasnif qilishning amaliy ahamiyatiga ega ekanligini ko'rsatadi. Fanning o'rganish obyekti qanchalik serqirra, xilma-xil va murakkab bo'lsa, uni tasniflash ham shunchalik murakkab bo'ladi. Har qanday tasnifni amalga oshirishda obyekt haqida to'la aniq tushunchaga ega bo'lish kerak. Obyektni obyektiv turlicha talqin qilish va tushunish turlicha tasnif tarixlarining tuzilishiga sabab bo'ladi. Landshaftshunoslik fani ham boshqa tabiiy fanlar qatori juda ko'p va xilma - xil, ammo o'ziga xos xususiyatlariga ega bo'lgan aniq obyektlar landshaftlarni tasnif qiladi. Landshaftshunoslik uchun puxta ishlangan ilmiy va mantiqiy talablarga to'liq javob beradigan tasniflar jadvalini tuzib olish juda katta ahamiyatga ega. Chunki yer yuzida ko'plab uchraydigan xilma xil landshaftlarni bir-biriga o'xshash yoki bir-biridan farq qiladigan tomonlarini aniqlab, har birining o'z mavqeini saqlagan holda ma'lum bir tartibga tushirib olinmasa, ularni to'g'ri tadqiq qilish hatto landshaft xaritasini tuzib olish ham mumkin bo'lmay qoladi. Keyingi 15-20 yil ichida geograflar tomonidan bajarilayotgan ko'plab ishlar uchun jumladan, halk ho'jalgini rivojlantirish aholining yashashi va sog'ligi nuqtai - nazaridan landshaftlarnn baholash, geografik bashorat qilish va tabiat muhofazasini ko'zlab bajarilayotgan ishlar uchun ham katta katta rayonlar, davlatlar, hatto tabiiy geografik o'lkalar miqyosida barcha land-shaftlar haqida batafsil ma'lumotlarga yoki boshqacharok qilib aytganda landshaftlar kadastriga ega bo'lish ahamiyatlidir. Mamlakatimiz landshaft-larning aniq va puxta tasnif jadvalini ishlab chiqish landshaftshunoslik-ning eng yirik masalalaridan biridir. Landshaftlarni tasniflash bilan ko'pchilik geograflar shug'ullangan. Ulardan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.28 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.28 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga