Landshaftlarda energiya oqimi va namlikning aylanma harakati

Landshaftlarda energiya oqimi va namlikning aylanma harakati

O'quvchilarga / Geografiya
Landshaftlarda energiya oqimi va namlikning aylanma harakati - rasmi

Material tavsifi

Landshaftlarda energiya oqimi va namlikning aylanma harakati R e j a: 1. Landshaftlar faoliyati haqida tushuncha 2. Landshaftlarda energiya oqimi 3. Namlikning aylanma harakati Landshaft ichki tuzilishining shakllanishi uning dinamikasida evol-yutsion o'zgarishlarida va rivojlanishda modda va energiyaning almashinish jarayonida eng muhim shart sharoitlardan biridir. Bu jarayon landshaftning yashashini yoki maxsus faoliyatning asosini tashkil qiladi. Landshaftning maxsus faoliyati deganda A.G.Isachenko (1991) landshaftda ro'y beradigan modda va energiyaning ko'chib yurishi, almashinishi va o'zgarish kabi barcha jarayonlarning muammosini tushunadi. Landshaftning maxsus faoliyati asosida uchta yirik tabiiy jarayon yotadi. Bular: 1) energiya oqimi va uning o'zgarishi; 2) namlikning aylanishi; 3) mod-daning biogeokimyoviy aylanishidir. Quyidagi ana shu jarayonlarni birma-bir ko'rib o'tamiz. Landshaftlarda energiya oqimi. Landshaftlarda ro'y beradigan energaya oqimida asosan uch xil energiya, ya'ni , quyosh energiyasi, yerning ichki energiyasi va gravitatsiya energiyasi ishti-rok etadi. Bularga qo'shimcha qilib kimyoviy usullarning o'zaro ta'sirida ajra-lib chiqadigan energiya, minerallarning kristallar panjarasida hosil bo'la-digan kabilarni ham aytish mumkin. Ammo oldingi uch xil energiyaga nisbatan bularning salmog'i ancha kamdir. Sanab o'tilgan uch xil energiya turlari ichida quyosh energiyasi ayniqsa katta ahamiyatga ega bo'lib, u landshaftlarning maxsus faoliyatidagi moddalarning barcha aylanma harakatlarida ishtirok etadi. Yerdagi hayotning bor yo'qligi ana shu energiyaga bog'liqdir. Quyosh energiyasining yerdagi modda aylanishiga qo'shi-lib ketishi asosan o'ziga xlorofil moddasi bo'lgan organizmlar: yashil bakte-riyalar, ko'k yashil suv o'tlari, fitoplankton va yuqori tabaqa o'simliklarni fotosintezi orqali bo'ladi. Quyosh energiyasi Yer atmosferasiga yetib kelar ekan, uning 30 foizdan or-tiqrog'i atmosferadan aks etib qaytib keladi. Yerning sun'iy yo'ldoshlaridan olingan ma'lumotlarga qaraganda yer kurrasining albedosi 0.33 ga teng. Quyosh energiyasining ana shu qismi fazoda yo'qolib, atmosferadagi havo harakatida va yerdagi jarayonlarda ishtirok etmaydi. Quyosh energiyasining 20 foizga yaqini atmosfera qatlamidan o'tish vaqtida yutilib qoladi va atmosferaning isishiga sarf bo'ladi. Yerga esa o'rtacha olganda quyosh energiyasining 50 foizigina yetib keladi. Yerga yetib kelgan energiya oqimining asosiy qismi qisqa to'lqinli Quyosh radiatsiyasidir. Bu oqim ba'zan quyosh doimiyligi deb ham ataladi va mutloq emas, 1,5-2 foiz orasida o'zgarib turadi. Ana shu qisqa to'lqinli Quyosh radia-siyasi energiyasining jadalligi 1,98 dan 2,0 kalsm kv deb hisoblanadi. Turli landshaftlarda ro'y beradigan Quyosh energiyasining o'zgarilishini Y.L.Runer (1992), M.I.Budiko (1977) ishlarida ko'rish mumkin. Landshaftlarga Quyosh energiyasi asosan to'g'ri va tarqoq radiatsiya sifatida kirib keladi.Ular birgalikda yalpi radiatsiyani tashkil qiladi. Yer yuziga yetib keladigan yalpi radiatsiyaning kuchi o'rtacha olganda 5600 XM kv yilga tengdir. Yalpi radiatsiyaning ma'lum bir qismi landshaftlardan aks etib yana atmosferaga qaytadi. Bu ko'rsatkich esa ko'p jihatdan landshaftlarning albedosiga bog'liq. Turlicha landshaftlarda albedo turlichadir. Masalan, yangi yoqqan qor ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.91 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.91 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga