Landshaftlarda moddaning biogeokimyoviy aylanishi Reja: 1. Moddaning biologik aylanma harakati 2. Landshaftda moddaning biogeokimyoviy aylanishi 3. Fotosintez tushunchasi haqida tushuncha Landshaftlardagi moddaning biogeokimyoviy aylanishi, kengroq ma'noda qarasak, moddaning biologik aylanishi landshaftdagi o'z maxsus faoliyatini bajarishda eng muhim omillardan biri bo'lib xizmat qiladi. Moddaning biologik aylanishi deganda o'zaro aloqada va bog'liq bo'lgan bir qancha jarayonlarning yig'indisi tushuniladi. Bu jarayonlarga o'simliklar badanida kimyoviy moddalarning ushlanib qolishi va biokimyoviy sintez, hayvonot va mikroorganizmlarning ozuqa zanjirlarida kimyoviy birikmalar-ning o'zgarishi, tirik organizmlarning yashash jarayonida unsurlarning yana atmosfera va tuproqqa qaytishi tuproqdagi organik moddaning yangi hosila-lari barpo qilishi va ularning parchalanishi kiradi. Landshaftlarning o'simliklari atmosferadan uglerod oladi. Azot va boshqa ko'l o'simliklarini esa tuproqning ildizlar tarqalgan qismidan oladi. Tuproq hosil qiluvchi ona jins xajmi bo'yicha asosan (94 foizga yaqin) kislo-rod atomlaridan iborat bo'lib, boshqa elementlar 6 foiz atrofida bo'ladi, o'simliklar oziqlanishi uchun zarur moddalar ancha tarqoq holda bo'ladi. Faqat biologik modda almashinishi jarayoni oqibatidagina tuproq hosil bo'lishi mumkin va o'simliklar uchun zarur bo'lgan ozuqa moddalari bilan boyib borishi mumkin. Moddaning organik aylanishi asosida o'simliklarning maxsuldorlik jihatlari, ya'ni yashil o'simliklarning quyosh yordamida atmosferadan karbonat angidrid ajratib olishi tuproqdan azot va kul unsurlarini olishi yotadi. Fotosintez natijasida hosil bo'ladigan organik moddaning yarmiga yaqini oksidlanib yana atmosferaga qaytadi. Fitomassaning qolgan qismi toza birlamchi mahsulot hosil qiladi. Uning ayrim qismi o'simlik bilan ozuqla-nuvchi hayvonlarga, so'ngra esa o'simlikxo'r hayvonlar bilan oziqlanadigan yirtqich hayvonlar organizmiga o'tadi. O'simlik va hayvonot dunyosi hosil qiladigan organik moddaning asosiy qismi ular nobud bo'lgandan keyin ko'plab turli xil bakteriyalar zamburug''lar va boshqa mikroorganizimlar tomonilan yemiriladi. Oqibatda jonsiz organik modda yana mikroorganizmlar tomonidan turli xil mineral tuzlarga aylanadi. Hayot shunday davom etaveradi. Tabiatdagi biomassaning hosil bo'lishi jarayonlari ozmi - ko'pmi muvozanatlarga va faqat ozgina qismi (1% kamrog'i) har yili biologik aylanishdan tushib qolib, tuproqda chirindi sifatida qolib ketishi mumkin. Moddaning biologik aylanishini o'rganish nafaqat landshaftlarning maxsus faoliyatini tushinib yetishda, balki landshaftlardan to'g'ri va oqilona foydalanish masalalarini hal qilishda bevosita amaliy ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa landshaftlardan qishloq xo'jalik maqsadlarida foydalanish moddaning biologik aylanishi to'g'ri tushunib olish va o'rganishnning ahamiyati kattadir. Landshaftlarda moddaning biologik aylanishi turli xil ko'rsatkichlar bilan ifodalanishi mumkin. Landshaftshunoslik nuqtai - nazaridan qaraganda ikkita ko'rsatkich muhim bo'lib ko'rinidi. Bular fitomassaning yillik zahirasi va yillik birlamchi biologik mahsulot miqdoridir. Bulardan tashqari o'simliklarning ma'lum vaqt davomida landshaftda tukilib, tuproq yuzasida va tuproq tarkibida qolgan o'simlik qismi hamda to'planib boradigan o'limtik organik moddaning miqdori ham hisobda bo'lishi kerak. Landshaftning o'z maxsus faoliyatini bajarishda biota qanchalik ahamiyatli ekanini aks ettiruvchi biogeoikmyoviy ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.81 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.81 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:46 ]
Arxiv ichida: doc