Landshaftlarni bashoratlash Reja: 1. Bashoratlash haqida tushuncha 2. Geografik bashoratlash va uning turlari 3. Landshaftlar rivojlanish tarixi va kelajagi Har bir muayyan landshaft o'ziga xos muhit hosil qiluvchi geotizimdir. Shu bilan birga unda inson yashaydi va faoliyat ko'rsatadi. Inson faoliyati va uning atrof muhitga ta'siri XX - asrning o'rtalaridan boshlab jadal va xilma xil tus oldi. Natijada atrof-muhit sezilarli darajada o'zgara boshla-di va ko'pincha inson jamiyati hayoti uchun salbiy bo'lgan oqibatlarni keltirib chiqara boshladi. Ma'lumki, ular ilmiy-texnika taraqqiyoti kuchayib borgan sari yanada jadallasha bordi. Bunday o'zgarishlarni va ularning salbiy oqibat-larining oldini olish, asoratlarini bartaraf etish yoki iloji boricha kuchini kamaytirish uchun ularni oldindan ko'ra bilish lozim bo'ladi. Masalan, bironta yirik sanoat tugunini tashkil etish, o'zlashtirilgan maydonlar yoki yirik gidrotexnik inshootlarning foydalanish muddati 100-200 yilga mo'ljallangan bo'lsa, inson o'sha vaqt mobaynida ular qanday tabiiy va iqtisodiy sharoitlarda ishlash lozimligi xususida malum bir tasavvurga ega bo'lishi kerak. Chunki bunday qurilishlar yoki inshootlar loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda u yoki bu obyektining istiqboldagi asosiy texnik-muhandislik bo'lganlari hisobga olnishi shart. Kundalik hayotda fan, iqtisod va siyosatning turli jabhalarida bugun qabul kilinayotgan turli xil xulosalar va karorlar kelajakning ko'p xususiyatlarini belgilab berishi mumkin. Shuning uchun ham landshaftlarning kelajakda qaysi yo'nalishda rivojlanishi va qanday o'zgarishlarga yuz tutishini oldindan aytib berish, ya'ni bashorat qilish landshaftshunoslar ilmiy faoliyatida alohida ahamiyatga ega bo'lishi lozim. Landshaftlarning kelajagini oldindan aytib berish, bashorat qilish landshaftshunoslik fani oldida turgan dolzarb, ammo murakkab va muammoli masalalardan biridir. Bu borada bajarilgan ilmiy nazariy ishlarning soni ham salmog'i ham nisbatan katta emas. Bunday bashoratning mohiyati mazmuni hatto qanday atalishi haqida ham turli fikr va mulohazalar mavjud. Keng ma'noda olganda bashorat grekchadan kirib kelgan «Rgofnosis atamasining tarjimasi bo'lib qandaydir voqea, hodisa jarayonlarning rivojlanish va yakunidagi o'zgarishlarni oldindan ko'ra bilish demakdir. Umuman bashorat haqida aytilgan mulohazalarning birida bashorat qilish deganda, kelajak haqida aynan kuzatib o'rganishning iloji bo'lmagan malum turdagi hodisalar haqida ularning rivojlanish qonuniyatlarini bilish asosidagina tassavvurga ega bo'lish tushuniladi. Yetakchi iqtisodiy geograflardan biri Y. G. Saushkin (1980) geografik bashoratni ijtimoiy-iqtisodiy bashoratning bir qismi deb hisoblaydi. Uning fikricha geografik bashorat istiqbolda integral geotizimlar, ya'ni turli o'lchamlar guruhi muayyan o'lkalar, rayonlar, shaharlar, zonalar, landshaftlar guruhlari yoki alohida landshaftlar kabi tizimlarda tabiat, alohida xo'jalik orasida o'zaro ta'sir yuzaga kelishini ilmiy belgilab berishdir. Geogrfik bashorat tabiiy geografik, demografik va iqtisodiy-ijgimoiy geografik bashoratlarga (shu jumladan masalan sanoat-tugunlari joylashuvi va rivojlanish bashorat qilish) bo'linadi. Geografik bashorat qilishni Y.G.Saushkin hozirgi zamon geografiya fani rivojlanishidagi eng muhim bir bosqich deb hisoblaydi hamda geografiyaning umumiy nazariyasi ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.36 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.36 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:46 ]
Arxiv ichida: doc