Landshaftlarni muhofaza qilish

Landshaftlarni muhofaza qilish

O'quvchilarga / Geografiya
Landshaftlarni muhofaza qilish - rasmi

Material tavsifi

Landshaftlarni muhofaza qilish Reja: 1. Landshaftlarni inson xo'jalik faoliyati ta'sirida o'zgarishi 2. Landshaftlarni muhofaza qilish masalalari Landshaft qobig'ini muhofazasi xar-xil ko'rinishda amalga oshirilishi mumkin. Ularning eng muhimlari quyidagilar: tabiatning tipik joylarini o'z holicha saqlab qolish uchun qo'riqxonalar, rezervatlar tashkil etish, ba'zi tabiiy obyektlarni, xalq parklarini buyurtmaxona(zakaznik)larga aylantirish, ajoyib tabiiy obyektlar (sharshara, g'or, qoya, keksa daraxt, jilg'a, buloq va boshqalar)ni hisobga olish, antropogen landshaftni rekultivatsiya qilish va boshqalar. Landshaft elementlari inson yashaydigan aniq muhit hisoblanib, uni har qanday ko'ngilsiz va nooqilona o'zgarishlar hamda ifloslanishlardan muhofaza qilish zarur. Landshaftlarni muhofaza qilish deganda biz uning unsurlarini iloji boricha toza saqlash, undagi muvozanatning buzilishiga yo'l qo'ymaslik, tabiatning tipik va ajoyib hududlarini tabiiy holicha saqlab qolish kabilarni tushunamiz. Landshaft va uning unsurlarini turli shakllarda muhofaza qilish mumkin. Ularni umumlashtirib quyidagi uch guruhga ajratamiz: Landshaftning butun komponentlarini to'la-to'kis muhofaza qilish. Antropogen landshaftning vujudga kelishi va uni asl holatini saqlash. Landshaftning butun komponentlarini muhofaza qilishda qo'riqxonalarning ahamiyati juda katta. Qo'riqxonalar - bu tabiat etaloni bo'lib tabiatni muhofaza qilishda bir qancha vazifalarni amalga oshiradi. Qo'riqxonalar tashkil etish orqali malum bir joy yoki geografik zona tabiatning (barcha majmualari bilan birga) namunasi tabiiy holicha kelajak avlod uchun saqlab kolinadi. Qo'riqxona - bu tabiatning tarkibiy qismi sifatida tabiat majmualari yaxshi saqlangan maydonlar hisoblanib, unda tabiiy -hududiy majmualarning rivojlanish qonuniyatlari, o'zaro aloqasini, organizm bilan muhit o'rtasidagi munosabatlarni ilmiy jihatdan o'rgannladigan tabiiy laboratoriyadir. Bu tabiiy laboratoriyada olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasi, insonning xo'jalik faoliyati tufayli o'zlashtirilgan qo'shni hududda sodir bo'lgan va ijobiy o'zgarishlarga taqqoslanib, ilmiy prognozlar beriladi. Qo'riqxonalar soni va turi kamayib borayotgan o'simlik va hayvonlarni qo'riqlash va ko'paytirishda juda muhim rol o'ynaydi. Qo'riqxonalar tufayli noyob hayvon yoki o'simlik ko'paytirib, boshqa joylarga tarqatiladi. Bunga Badxiz qo'rikxonasida ko'paytirilgan quyonlarni Turkmaniston hududsiga qo'yib yuborilishi yaqqol misoldir. Qo'riqxonalar yovvoyi hayvonlarni saqlash ularni ko'paytirishda ham ahamiyatlidir. Qo'riqxonada turli hayvonlar muhofaza ostiga olingach bugungi kunga kelib, shunchalik ko'payar ediki, uni ov qilishga ham ruxsat etish mumkin bo'lardi. Qo'riqxonalar tabiatning ajoyib, qiziqarli, noyob joylarini (g'or, qoya, jar, ochilib qolgan jins, shar-shara, geyzer, buloq, nurash tufayli vujudga kelgan relef shakllari va boshqalar) tabiiy holicha saqlab qolishda juda muhim vazifani bajaradi. Qo'riqxonalarning madaniy-oqartuv va estetik jihatdan ahamiyati katta. Qo'rikxonalar orqali tabiatning ajoyib joylari keng omma orasida namoyon etiladi va tabiatni muhofaza qilish zarurligi targ'ibot qilinadi. Qo'riqxona uchun ajratilgan joylar ajoyib tabiiy manzarasining ko'rkamligi bilan kishilarni xordiq chiqarib madaniy dam oladigan joy, ularga estetik zavq beradigan obyekti sifatida ham ahamiyatlidir. Qo'riqxonalar muhofaza qilinadigan obyektning xarakteriga ko'ra majmuali va maxsus qo'riqxonalarga ajratiladi. Biror ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.57 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.57 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga