Mavzu: Landshaftlarning chegaralari Reja: 1.Landshaft chegaralari. Aniq, keskin chegaralar va orali zonalar. Ekon tushunchasi. 2. Landshaft chegaralarini aniqlash va kartaga tushirish masalalari Geografik qobiq va uning qismlari bo'lgan tabiiy geografik komplekslarni tabiiy geografiya o'z tadqiqot predmeti sifatida o'rganar ekan, ularni aniqlash, xaritaga tushirish, tavsiflash, baholash kabi vazifalarni tabiiy geografik rayonlashtirish orqali amalga oshiradi. Tabiiy geografik rayonlashtirish jarayonida hududlarning tabiiy geografik komplekslarga tabaqalanish qonuniyatlari, tabiiy geografik komplekslarning tashkil topishi, rivojlanishi, strukturasi, dinamikasi va boshqa xususiyatlari ham o'rganiladi. Tabiiy geografik rayonlashtirishning eng katta birligi geografik qobiq ham, eng kichik birligi xisoblangan tabiiy geografik rayon ham, o'z ichki tuzilishi jihatidan bir vaqtning o'zida, ham bir butundir, ham hilma-hildir, ya'ni o'zidan kichik bo'lgan tabiiy geografik komplekslardan tashkil topgandir. Bu tabiiy geografik komplekslar o'zining katta-kichikligiga bog'liq holda turli taksonomik qiymatga egadir. Masalan, geografik qobiq o'zidan kichikroq bo'lgan tabiiy geografik komplekslar quruqlik va okeanlarga, quruqlik esa o'z navbatida materiklarga bo'linadi. Materiklar esa o'zidan kichikroq bo'lgan tabiiy geografik komplekslar-tabiiy geografik o'lkalardan tashkil topgandir va x.k. Agar tabiiy geografik komplekslarning katta-kichikligini e'tiborga olgan holdabirin-ketin qo'yib chiqsak quyidagi holat yuzaga keladi: Geografik qobiq-quruqlik-materiklar-tabiiy geografik o'lkalar-tabiiy geografik zonalar-tabiiy geografik provintsiyalar-tabiiy geografik okruglar-tabiiy geografik rayonlar-landshaftlar-joylar-urochishelar-fatsiyalar. Bu tabiiy geografik rayonlashtirishning taksonomik birliklari tizimi bo'lib, uni hamma tabiiy geograflar ham birdek e'tirof etavermaydi. Tabiiy geografik rayonlashtirish masalalariga bag'ishlangan adabiyotda bunday taksonomik birliklar tizimini turli hili va turli mazmundagisini uchratish mumkin (masalan, bir qatorlik, ikki yoki uch qatorlik ko'p pog'onali, kam pog'onali kabi). Tabiiy geografik rayonlashtirishning taksonomik birliklari tizimi masalasi katta va munozarali mavzu bo'lib, ushbu bobning mazmunidan tashqari, alohida tahlilga loyiqdir. Tabiiy geografik komplekslar odatda, yuqorida aks ettirganimizdek, birin-ketin bo'lib joylashmagan, balki kichik tabiiy geografik komplekslar birgalikda kattalarini, ular esa o'z navbatida undan kattaroqlarini xosil qilib joylashgandir. Tabiiy geografik komplekslarning katta-kichikligi ularning uzunligi, kengligi, qalinligi, maydoni, hajmi kabi maxsus o'lchamlari bilan ta'riflanishi lozim edi. Bunday o'lcham ko'rsatgichlari tabiiy geografik komplekslarning ilmiy taxlilida relьef, iqlim, tuproq, o'simlik va boshqalarning son ko'rsatgichlari bilan bir qatorda ishlatilib, ma'lum bir xulosaga kelishga yordam bergan bo'lardi. Bundan tashqari, bunday o'lchamlar tabiiy geografik komplekslarning bir qator xususiyatlarini aniqlash, ular orasidagi farqlarning mohiyatini tushunib yetishda ma'lum ahamiyatga ega bo'lishi mumkin edi. Ammo, hozirgi vaqtda ularning ilmiy asoslangan, ma'lum bir muayyan mezonlarga tayangan o'lchamlari ishlab chiqilmagan. Tabiiy geografik komplekslarning ayrim o'lchamlarini tavsiya etishga harakat qilib ko'rganlardan biri D.L.Armand (1952) edi. U asosiy o'lcham birligi sifatida komplekslarning ikkita eng yiroq chekkalari orasidagi masofani keltiradi D.L.Armand (1975) batafsilroq ishlab chiqqan taksonomik birliklar tizimini hamma ham baravar e'tirof etavermaydi. SHu bilan birga u tavsiya ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.25 MB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:46
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.25 MB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:46 ]
Arxiv ichida: pptx