Landshaftlarning morfologik tuzilishi va ichki aloqadorliklari

Landshaftlarning morfologik tuzilishi va ichki aloqadorliklari

O'quvchilarga / Geografiya
Landshaftlarning morfologik tuzilishi va ichki aloqadorliklari - rasmi

Material tavsifi

Landshaftlarning morfologik tuzilishi va ichki aloqadorliklari R e j a: 1. Landshaftlar morfologiyasi haqida tushuncha 2. Fatsiya va urochishelar to'g'risida ma'lumotlar 3. Landshaftlarning ichki tuzilishi 4. Landshaftda o'zaro aloqadorlik va bog'liqliklar Landshaftning ichki tuzilishi deganda biz faqat uning komponentlari va morfologik qismlarining joylashish tartibinigina emas, balki ular orasida muttasil ro'y berib turadigan o'zaro ta'siri va aloqadorlikni ham tushinamiz. Har bir landshaftdagi o'zaro ta'sir va aloqadorliklarni o'rganish orqali landshaftga xos bo'lgan asosiy xususiyatlarni ham bilish mumkin. Landshaftda ro'y beradigan o'zaro ta'sir va aloqadorliklarning ikki xili mavjuddir. Ulardan birinchisi vertikal yo'nalishdagi o'zaro ta'sir va aloqa-dorliklar bo'lib, asosan landshaftiing komponentlari orasida modda va energiya almashishi oqibatida yuzaga keladi. Landshaftdagi modda va energiyaning vertikal almashinishiga misol qilib suv yuzasidan bo'ladigan bug'lanishni, suv bug'larini kondensatsiyalanishini, yog'in yog'ishi kabilarni aytish mumkin. Bunda nafaqat suv yoki suv bug'lari, balki turli xil moddalar va kimyoviy usullar ham bir komponentlardan ikkinchisiga, undan uchinchisiga o'tib turishi mumkin. Ikkinchi xil o'zaro ta'sir va aloqadorliklar gorizontal yo'nalishda ro'y beradigan aloqadorliklar bo'lib, landshaftning morfologik qismlari orasida modda va energiya almashinishi orqali hosil bo'ladi. Gorizontal yo'nalishda ro'y beradigan aloqalar mavjudligining omillaridan biri landshaftlarning va uning morfologik qismlarining yonma-yon bo'lib joylashganligidir. Gorizontal aloqalarga modda va energiyaning iqlimiy aylanib yurishi, ayniqsa, issiqlik va namlikiing ko'chishini belgilab beruvchi havo massalarining harakati ko'proq ta'sir etadi. Yana bir omil ekzogen jarayonlardir. Bu jarayonlar turli landshaftda har-xil kuch va har-xil jadallik bilan kechadi. Gravitatsiya ham qurumlar, surul-malar, qor ko'chkilari hosil bo'lishida, oqar suvlarning ishi unga bog'liq holda ko'chib yurishi bir joydan ikkinchi joyga to'planishi sabab bo'ladi. Landshaft-larning tarkibiy qismlari orasida va morfologik qismlari orasida bo'ladigan aloqadorliklar haqida umumiy tasavvur hosil qilish uchun quyidagi landshaft modellarini ko'rish mumkin. Landshaftda ro'y beradigai o'zaro ta'sir va aloqadorliklar modellarda aks etgandek ko'pincha ikki tomonlama bo'lib, juda oddiy ko'ringani bilan as-lida murakkab va dinamik jarayonlarning yig'indisidan iborat. Bu jarayonlar makonda ham, zamonda ham juda o'zgaruvchandir. Modda va energiyaning vertikal yo'nalishida ham gorizontal yo'nalishda almashinib turishi jarayoni ham o'zaro ta'sir va aloqadadir. Masalan, landshaftga kirib kelayotgan quyoshning issiq-lik energiyasi gorizontal harakatdagi havo massalarining energiyasi bilan, vertikal yo'nalishda kirib kelayotgan atmosfera yog'inlarining yer osti va yer ustki suvlari bilan o'zaro ta'sir va aloqada bo'lishini inkor etishi qiyin. Landshaftda ro'y beradigan vertikal va gorizontal aloqalarni o'zaro ta'-sirda bo'lishini landshaftning vertikal kesmasida ko'rish mumkin. Bunday ikki xil aloqadorlik bir vaqtning o'zida ro'y beradi. Vertikal yo'nalishda harakatlanayotgan modda va energiyaning ma'lum bir qismi gorizontal yo'na-lishda harakatlanayotgan modda va energiyaga qo'shilib ketishi va aksincha bo'li-shi tabiiydir. Ikki xil yo'nalishda harakatda bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.79 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.79 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga