Landshaftshunoslikning muammoli masalalari

Landshaftshunoslikning muammoli masalalari

O'quvchilarga / Geografiya
Landshaftshunoslikning muammoli masalalari - rasmi

Material tavsifi

Landshaftshunoslikning muammoli masalalari REJA: Geografiyada differensiatsiya va integratsiya jarayonlari Geografiyaning birligi va yagona geografiya to'g'risida Geografik qobiq va uning ayrim sferalari - litosfera, hidrosfera, atmosfera va biosfera parchalaridan iborat bo'lgan asosiy tarkibiy qismlari landshaft yoki geografik komponentlar deyiladi. Landsaft komponentlariga Yer po'stining qattiq massalari, hidrosferaning turli shakllari, ya'ni yer usti va yer osti suvlari, atmosferaning havo massalari, organizmlarning turkumlari (o'simlik qoplami, hayvon dunyosi va mikroopganizmlar), tuproqlar mansub. A.G.Isachenkoning (1990) fikricha, relyef (Yer po'stining muhim xossasi va shakllari) va iqlim (atmosfera xossalari va jarayonlarining majmuasi) ham tabiiy kompleks faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo'lganligi sababli mustaqil geografik komponentlardir.Bu komponentlar tabiiy-hududiy kompleksning moddiy kompontlaridir. Tabiiy-hududiy kompleksning energetik komponentlarini dastavval Quyosh energiyasi va, shuningdek Yerning ichki energiyasi hosil qiladi. I.M.Sabelin (1973) fikricha, tog' jinslari,suv, havo, tuproq, bakteriyalar, o'simliklar, hayvonlar, qo'ziqorinlar va Quyosh radiatsiyasi geografik qobiqning komponentlaridir. A.M. Ryabchikov (1972) esa issiqlik, nam, havo, morfostruktura, tuproqlar va biogeosenozlarni asosiy landshaft komponentlari deb hisoblagan edi. Lanshaft komponentlari makonda va zamonda bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lib, komponentlardan birining o'zgarishi bilan boshqalari ham o'zgaradi va zanjirli reaksiya vujudga keladi. Landshaft komponentlari odatda ularning ayrim xossalari yoki holatini ifodalaydigan elementlarga ajratiladi. Amalda komponentni mustaqil sistema sifatida landshaftdan tashqarida o'rganib bo'lmaydi. Tabiiy-hududiy kompleksning shakllanishida ishtirok etadigan barcha landshaft komponentlari landsaft hosil qiluvchi omillar deyiladi. Bu tabiiy omillar zonal (iqlim, tuproqlar, osimlik va hayvonot dunyosi) va azonal (relief,geologik tuzilish) landshaft hosil qiluvchi omillarga ajratiladi., Barcha komponentlarni mujassamlashtirgan komplekslar to'liq tabiiy komplekslar, 3, 2 va 1 komponentdan tashkil topgan komplekslar esa (masalan, biosenoz, fitosenoz, havo massasi, suv massasi va b.) noto'liq tabiiy komplekslar deyiladi. Noto'liq komplekslar to'liq komplekslarga birlashadi. To'liq tabiiy komplekslar umumiy holda tabiiy-hududiy komplekslar deb ataladi va quruqlikda tabiiy-hududiy, okeanda - tabiiy-akval komplekslarni hosil qiladi. Geografik qobiq, yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, murakkab tabiiy sistemalar yoki komplekslardan tashkil topgan. A.N.Krasnov (1895) geografiya alohida hodisalar va jarayonlarni emas, balki ularning birikmasini, geografik komplekslarni - cho'llar, dashtlar, doimiy qorlar va muzlar, issiq va doimiy nam va boshqa oblastlarni o'rganishi lozimligini ta'kidlagan edi.Shu sababli to'liq tabiiy kompleksga geografik kompleks (GK) tushunchaqsi ham to'liq mos keladi. Chunki, zoologik, tuproq, o'simlik, geomorfologik va boshqa komplekslarni o'rganadigan juziy fanlardan farq qilgan holda tabiiy geografiya tabiatni barcha komponentlari bilan o'rganadi. Ko'pgina hollarda tabiiy-hududiy kompleks terminining sinonimlari sifatida tabiiy-geografik kompleks, geografik kompleks (geokompleks), landshaft, geosistema terminlari ham qo'llaniladi. Ayniqsa, geosistema termini tabiiy-hududiy kompleksning tarkibiy qismlarini o'zaro ta'sir va dinamik holatda tasavvur qilishga imkon beradi. Tabiiy-geografik kompleks - bu rivojlanishning muayyan bosqichida qayd qilingan geosistemadir. Bu tushunchalar mohiyatiga ko'ra umumiylikka ega, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 43.04 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 43.04 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga