Lanshaft komponentlari va hosil qiluvchi omillar

Lanshaft komponentlari va hosil qiluvchi omillar

O'quvchilarga / Geografiya
Lanshaft komponentlari va hosil qiluvchi omillar - rasmi

Material tavsifi

Landshaft komponentlari va landshaft hosil qiluvchi omillar R e j a: 1. Komponent to'g'risida tushuncha 2. Landshaft komponentlari 3. Landshaft hosil qiluvchi omillar 4. Fatsiya va urochishe haqida tushuncha Komponent - lotincha so'zdan olingan bo'lib tarkibiy qism degan manoni anglatadi. Landshaft ham barcha katta-kichik geotizimlar singari agregat holati nisbatan bir xil bo'lgan moddiy qismlar- komponentlardan tashkil topgandir. Umuman olganda geografik adabiyotda komponent tushunchasi anchagina erkin talqin qilingan. Bazan landshaft komponentlariga qum qoratuproq, muz, yashil 6arglar, suv yuzasi kabilarni ham kiritishadi. Bazan esa inson tomonidan bunyod etilgan texnik inshootlar, shaharlar, yashil maydonlar ham landshaft komponentlari deb hisoblanadi. Masalan, D. L.Ardmand (1975) agregat tarkibi bir xil bo'lgan qismlarni hayot bor yoki yo'qligini hisobga olgan holda, landshaftning komponentlari deb hisoblaydi. U tabiiy komponentlarga turli gazlar suyuqliklar, tog' jinslari, tuproq. o'simlik, qor va muz, hatto texnik inshoatlarni ham kiritadi. Uning fikricha iqlim va relef komponent emas, balki komponentning xususiyatidir. F.N.Milkov (1990) landshaftning komponentlariga tog' jinslari, yer os-ti va usti suvlari, tuproq. o'simlik va hayvonot dunyosini kiritadi. Shunga o'xshash ta'rifni biz Oxrana landshaftov (1982) nomli izoxli lug'atda ham ko'ramiz. Unda landshaftning komponentiga geografik qobiqning litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalarning landshaft chegarasidagi qismlari kiradi deb ko'rsatilgan. Landshaft komponentlari bir-biri bilan o'zaro aloqada bo'lib, birining o'zgarishi qolganlarining ham o'zgarishiga olib keladi. Lug'at mualliflari komponenlarni ikkiga: tabiiy va antrpoogen komponentlarga bo'lishgan. Birinchisiga tog' jinslari, havo yer osti va usti suvlari, tuproq. o'simlik, hayvonot dunyosini kiritsalar, ikkinchisiga turli inshootlar, qishloq xo'jalik maydonlari kabilarni kiritadilar. Landshaftshunos olim N.A.Solntsev ikkinchi landshaft tashkil topishi va rivojlanishida turli komponentlar turlicha o'rin tutadi deydi. Ularning bazilari kuchli bo'lsa, bazilari kuchsiz hisoblanadi, N.L.Solntsev landshaft-ning komponentlarini kuchlisidan kuchsiziga tomon quyidagi tartibda joy-lashtirgan: tog' jinslari - atmosfera - suvlar - o'simlik - hayvonot dunyosi. Uningcha landshaftning geologik tuzilishi, tog' jinslarining litologik tar-kibi, relef, iqlim, tuproq kabilar landshaftning komponentlari hisoblan-maydi. Shunday qilib, yuqorida kelgirilgan fikrlarni umumlashtirib quyidagi-cha xulosa chiqarish mumkin. Landshaftning komponentlari deb, uning tarkibiy qismlari: tog' jinslari, havo, suvlar, o'simlik va hayvonot dunyosi kabilarga aytiladi. Iqlim, relef, tuproq esa, komponent emas. Ulardan birinchisi havoning, ikkinchisi tog' jinslarining xususiyatlaridir. Uchinchisi esa tog' jinslarining havo, suv va organik hayot ta'sirida o'zgarishidan yuzaga kelgan hosiladir. Landshaftning tashkil topish va rivojlanishida sanab o'tilgan komponentlarning qaysi biri yetakchi, qaysi biri ikkinchi darajali ahamiyatga ega degan savolning javobi ham mulohazalidir. Tabiiy geograflar orasida birlamchi va ikkilamchi, yetakchi yoki yetakchi bo'lmagan, kuchli yoki kuchsiz komponentlarni aniqlashga urinish bor. Masalan. N.L.Solntsev (1960) tuzgan komponentlar tizimida geomatik komponentlar kuchli yoki relef, suv, havo kabi komponentlar, biotik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.93 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.93 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga