Litosfera plitalari va ularning harakati Reja: I bob Litosfera qobig'i va uning tuzilishi 1.1. Litosfera to'g'risida umumiy tushuncha 1.2. Litosferaning tarkibiy tuzilishi II bob. Litosfea plitalarining harakatlari 2.1. Endogen va Ekzogen morfogenetik jarayonlar 2.2. Materik yer po'stining asosiy tuzilishi Litosfera to'g'risida umumiy tushuncha 1.1 Litosfera yunoncha (qattiq tosh qobiq degan ma'noni anglatadi ). U oz ichiga yer po'stini va yuqori mantiyani astenosferagacha bo'lgan qismini olib, taxminan 250-300km chuqurlikgacha davom etadi. litosfera uzoq davom etgan geologik jarayonlar ta'sirida vujudga kelgan magmatik, chokindi, metamorfik jinslarning yig'indisidan tashkil topgan Litosferaning tarkibiy tuzilishi 1.2 Yer po'sti tuzilishiga ko'ra 3 turga bo'linadi:materik, okean, oraliq. Materikyer po'sti asosan quruqlikda tarqalgan va uchta qismdan iborat: -cho'kindi qatlam qalinligi 10km dan iborat -granitli qatlam qalinligi 10-15 -bazalt qatlam qalinligi 15-35 Materik yer po'stining o'rtacha qalinligi 15-35km, tog'li o'lkalarda esa 70-80km o'rtacha zichligi 2.7ggsm Okean yer po'sti ikki qatlamdan iborat -cho'kindi qatlam qalinligi 2-5km -bazalt qatlam qalinligi 5-10km Endogen va Ekzogen morfogenetik jarayonlar Hozirgi davrda Shimoliy Amerika plitasi Yevrosiyo plitasiga nisbatan asta-sekin g'arbga siljimoqda. Ushbu ikkita litosfera plitalari orasidagi chegara bo'lib Atlantika okeanidagi o'rtaokean tizmasi sanaladi. Yangi okean po'sti o'rtaokean tizmasi zonasida deyarli uzluksiz hosil bo'lmoqda. O'rta okean tizmasi Atlantika okeanida Islandiyani qirqib o'tadi. Islandiyaning g'arbiy qismi shimoliy Amerika plitasiga, sharqiy qismi esa Yevrosiyo plitasiga kiradi. Bu plitalar bir-biridan uzoqlashayotganligi uchun Islandiyaning o'lchami yiliga 2 sm ga oshmoqda. Litosfera plitalari tektonikasi - litosferaning harakati haqidagi zamonaviy geologik nazariyaga muvofiq yer po'sti nisbatan yaxlit bloklardan - litosfera plitalaridan tuzilgan va ular bir-biriga nisbatan doimiy harakatda bo'ladi. Kengayish zonalarida (o'rtaokean tizmalari va kontinental riftlarda) spreding tufayli (inglizcha seafloor spreading - dengiz tubining kengayishi) yangi okean po'sti hosil bo'ladi, eskisi subduksiya zonalarida yutiladi. Bu nazariya ko'pchiligi litosfera plitalari chegaralarida joylashgan zilzilalar, vulkanizm va tog' hosil bo'lish jarayonlarini tushuntirib beradi. Litosfera plitalarining harakat tezligi. Litosfera plitalari harakatining oqibati Agar kelajakda ham Afrika va Somali plitalari qarama-qarshi tomonga harakatlarini davom ettirsa ularning orasida yangi okean vujudga keladi Plitalar tektonikasini rekonstruksiya qilish uchun paleomagnit tadqiqotlarning natijalari katta ahamiyatga ega. Bazi minerallar o'zida hosil bo'lish vaqtidagi magnit maydonining mo'ljali to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'ladi. Ushbu minerallarning magnitlanganligini o'rganib, ular qaysi kengliklarda hosil bo'lganligini aniqlash mumkin. Yer yuzasining 90% dan ortiqirog'ini 8 ta ulkan litosfera plitalari tashkil etadi : Avstraliya plitasi Antarktida plitasi Afrika plitasi Yevrosiyo plitasi Hindixitoy plitasi Tinch okean plitasi Shimoliy Amerika plitasi Janubiy Amerika plitasi Litosfera plitalarini siljituvchi kuchlar. Hozir litosfera plitalarining gorizontal harakatlari mantiyaning issiqlik-gravitatsion oqimlari - konveksiya tufayli sodir bo'lishiga shubha yo'q. Bu ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.11 MB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:46
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.11 MB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:46 ]
Arxiv ichida: ppt