6-sinf geografiya darsligi asosida 6-mavzu: Litosfera va Yer relyefi Litosfera (yunoncha litos - tosh, qattiq, sfera - qobiq) Yer po'sti va yuqori mantiyaning bir qismini egallaydi. Yer po'sti bilan yuqori mantiya oralig'idagi chegarani 1914- yilda yevropalik olim Moxorovichich aniqlagan. Yer po'sti tuzilishi va qalinligiga ko'ra ikki tiðga bo'linadi. Yer po'stining kontinental tiði materiklarda tarqalgan bo'lib, tekisliklarda 35 - 40 km, yosh tog'larda 55 - 70 km qalinlikka ega. Pomir va Hindukushda 60 - 70 km, Himolay tog'larida 80 km ga boradi. Kontinental yoki materik po'sti cho'kindili, granitli va bazaltli qatlamlardan tuzilgan. Yer po'stida platforma va geosinklinal hududlar ajraladi. Platformalar Yer po'stining o'ta mustahkam qismlari bo'lib, tog' burmalanishlari, kuchli zilzila va vulqon harakatlari kuzatilmaydi. Ularga Sharqiy Yevropa, Hindiston, Sibir va boshqa platformalar tegishli. Platformalar tekisliklarga to'g'ri keladi. Geosinklinal mintaqalar Yer po'stining o'ta serharakat joylari: ularga kuchli zilzilalar, harakatdagi vulqonlar, tog' burmala nishlari xos. Tinch okean olovli halqasi, O'rta dengiz, Himolay, Sharqiy Afrika, Markaziy Amerika geosinklinal mintaqalari Yer po'stining eng faol qismlaridir. Okean po'sti 5 - 10 km qalinlikka ega. So'nggi tadqiqot ishlari natijasida bazaltli qatlamdan pastda joylashgan va qalinligi 3,5 - 5 km bo'lgan magmatik jinslar borligi aniqlandi. Demak, okean po'sti ham uchta qatlamdan tuzilgan. Lekin unda granitli qatlam uchramaydi. Litosfera okean tubida 50 - 60 km gacha, quruqliklarda 100 - 200 km gacha qalinlikka ega. Litosfera Yer po'stining yirik va yaxlit bo'laklari - plitalaridir. Ular materik va okean tublarini o'rta okean tizmalariga qadar egallaydi. Yettita yirik (6 ta materik va bitta Tinch okean) va oltita kichikroq litosfera plitalari ajratilgan. Litosfera plitalari to'qnashish qismlarining juda faolligi natijasida yosh tog'lar, harakatdagi vulqonlar, zilzilalar hosil bo'ladi. Litosfera plitalari nima sababdan gorizontal siljiydi? degan savolga olimlar javob topishdi. Aniqlanishicha, bu Yer po'sti bilan mantiya oralig'idagi astenosfera (yunoncha astenos - kuchsiz) qatlamining yumshoq va elastik holatdagi moddalardan tuzilganligiga bog'liq ekan. Deyarli barcha vulqon o'choqlari ham astenosferaga to'g'ri kelishi aniqlandi. O'rta okean tizmalarida litosfera plitalari mantiyadan chiqayotgan moddalarning halqasimon harakati hisobiga bir-biridan uzoqlashadi. Natijada, ular orasida yangi okean po'sti hosil bo'ladi va kengaya boradi (4-rasm). Tog'larning paydo bo'lishi harakatdagi vulqonlar, zilzilalar litosfera plitalarining tutashish, ya'ni to'qnashgan chegaralariga to'g'ri keladi. Relyef (yunoncha, ko'tarilaman) Yer yuzasining kattaligi, kelib chiqishi, yoshi va rivojlanish tarixi turlicha bo'lgan shakllaridir. Yer yuzasidagi barcha relyef shakllari ichki va tashqi kuchlarning hosilasidir. Asosiy relyef shakllariga tog' va tekisliklar misol bo'ladi. Òog'lar quruqlikning 40 % ini, tekisliklar esa 60 % ini egallaydi. Yer shari quruqligining eng past nuqtasi -405 m ga (O'lik dengiz), eng baland ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
651.58 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:46
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
651.58 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:46 ]
Arxiv ichida: ppt