5-sing Geografiya darsligi asosida 14 § - mavzu Litosfera Litosfera - Yerning qattiq qobig'i. Yunoncha «litos» - tosh, «sphaira» - shar, ya'ni toshqobiq degan ma'noni anglatadi. Litosferaga Yer po'sti va mantiyaning yuqori qismi kiradi. Yer po'sti uch qavat tog' jinslaridan iborat (30-rasm). Birinchi qavatda asosan cho'kindi jinslar bo'ladi. Ular - quruqlikda va suvda jinslarning cho'kib, o'tirib qolishidan hosil bo'ladi. Ular gil, ohaktosh, qum, qumtosh, bo'r jinslari bo'lib, qatlam-qatlam holda yotadi. Quruqlik Dunyo okeani Bazalt qatlam Cho'kindi qatlam Granit qatlam Yuqori O'rta Quyi Mantiya Yer po'sti Bir parcha bo'r yoki ohaktoshni mikroskopda ko'rsangiz, uning butunlay mayda jonivorlarning chig'anog'i va suyaklari ekanini bilib olasiz. Ohaktosh Ular millionlab yillar ilgari suvda yashagan qadimgi o'simlik va jonivorlar qoldiqlaridir (31-rasm). Toshko'mir va neft ham shunday qoldiqlardan hosil bo'lgan. 31-rasm. Sayyoramizda qadimda yashagan jonivor va o'simliklarning qoldig'I saqlangan cho'kindi tog' jinslari. Granit - magmatik tog' jinsi. U Yer qatlamlari orasiga magmaning kirib qolib, sovishidan hosil bo'lgan. Magmani qaynoq, yonib turgan balchiqqa o'xshatsa bo'ladi. U sovib granitga aylanadi. Granit qatlamidan pastda bazalt qatlam joylashgan. Bazalt chuqurdan chiqib kelgan. U granitdan og'ir, tarkibida temir, magniy, kalsiy mavjud. Granit va bazalt otqindi jinslardir. Bazalt Yer po'sti materiklar va okean ostida bir xil emas. Materiklarda Yer po'sti yuqorida ko'rganimizdek uch qavat. Okeanlar ostida esa ikki qavat. Ya'ni faqat cho'kindi jins qatlamlari va bazaltdan iborat. Litosfera plitalarining ajralish chegarasi Litosfera plitalarining harakat yo'nalishi va tezligi, smyil Litosfera plitalarining to'qnashish chegaralari 32-rasm. Litosfera plitalari, ularning harakat yo'nalishi va tezligi, smyil. Litosfera plitalari mantiyaning suyuq jinslari qatlami ustida turli tomonga siljib yuradi. Bir-biriga qarshi yo'nalishda siljiyotgan plitalar to'qnashgan joylarda Yer po'sti bukilib, yoysimon orollarni, tog'larni, chekka okean botiqlarini hosil qiladi. Bularga And tog'lari, Yaponiya orollari, Mariana botig'ini misol qilib ko'rsatish mumkin And tog'i Yaponiya orollari Litosfera plitalari bir-biridan ajralayotgan yoki to'qnashayotgan joylarda ular juda harakatchan bo'ladi, tez-tez yer qimirlab turadi. Ko'pchilik so'nmagan vulqonlar shu yerlarda joylashgan. Endi «Litosfera plitalari harakati» va «Yer qimirlash va vulqonlarning asosiy zonalari» xaritalarini qiyoslab ko'raylik Litosfera plitalari harakati Etna So'nmagan vulqonlar Yer qimirlash zonalari 33-rasm. Yer qimirlash va vulqonlarning asosiy zonalari. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.19 MB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:46
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.19 MB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:46 ]
Arxiv ichida: pptx