Madaniy makon. Madaniyat geografiyasi

Madaniy makon. Madaniyat geografiyasi

O'quvchilarga / Geografiya
Madaniy makon. Madaniyat geografiyasi - rasmi

Material tavsifi

Madaniy makon (madaniyat geografiyasi) Reja: Madaniyat va madaniyat geografiyasi haqida tushuncha. Madaniyat geografiyasining asosiy tarmoqlari. Til geografiyasi. Din geografiyasi. Xulq-atvor geografiyasi. Madaniyat faqatgina san'atkorona faoliyatga xos tushuncha emas, garchi musiqiy va badiiy faoliyatni ta'riflash uchun ―madaniyat‖ termini qo'llanilsa-da, ushbu tushuncha biror biri jtimoiy guruh, sinf yoki xalqning ma'lum davrda qo'lga kiritgan yutuqlarini ifoda etadi. Xususan, nutq (til) madaniyati, din madaniyati (masalan, Islom madaniyati), xulq-atvor madaniyati, shular qatorida musiqa madaniyati va hokazo. Qolaversa, madaniyat kishilarning naslini (kelib chiqishi)ni ham anglatmaydi. Nasl aynan bir avlodning ma'lum bir belgilari orqali farqlanadigan a'zolarini tasniflashga oid biologik tushunchadir. Jumladan, agar bir xil madaniyatga ega bo'lgan yangi tug'ilgan chaqaloqlar turlicha guruhlarda yashasa, turlicha o'ziga xos madaniyat bilan o'sadi. Madaniyat so'zi Madina shahri nomi bilan bog'liq holda kelib chiqqan. Madinaning to'liq arabcha nomi Madina Rasulliloh, ya'ni payg'ambar shahri hisoblanib, obodonchiligi, ko'rkamligi bilan Arabistondagi aholi yashaydigan boshqa manzilgohlardan ajralib turar edi. Shuningdek, Madina Makkadan keyin musulmonlar ibodat qiladigan eng yirik shahardir. Shu tariqa madaniyat so'zi bizning o'lkamizga Madina shahri nomi bilan, islom dini bilan bog'liq tarzda kirib kelgan. Fanda, odamlar o'rtasidagi muloqatda madaniyat so'zi bilan bir qatorda kultura so'zi ham ishlatiladi. Kultura so'zi lotincha ―culture‖ so'zidan olingan bo'lib, ―ishlov berish‖, ―ekib o'stirish‖ ma'nosini bildiradi. Rus faylasuflari N.Berdyaev va V.Rozinovlar ―kultura‖ so'zining ―kult‖, ya'ni diniy ibodat, sig'inish so'zidan kelib chiqqanligini qayd etganlar. Hozirgi paytda insoniyat faoliyatining ko'pgina sohalarida madaniyat yoki kultura so'zi qo'llaniladi. Qadimgi Rimda madaniyat deganda shaxsning tarbiyalanganligi, ma'rifatlilik darajasi tushinilgan. Keyinroq madaniyat deganda shaxsning qadr-qimmati, takomilligi tushunilgan. Nemis faylasufi F.Shiller kishilardagi insoniylik fazilatlarini, uning ichki dunyosi, ma'naviylik darajasini madaniyat deb tushuntirgan. Amerikalik madaniyatshunos olim Eduard Teylor (1832-1917) madaniyat atamasini ilm-fanga kiritdi. Teylor o'zining ―Первобытнаякультура‖ asarida: ―Madaniyat keng ma'noda kishining jamiyat a'zosi sifatida o'zlashtirgan bilimi, e'tiqodi, san'ati, axloq-odobi, qonun-qoidalari va boshqa bir qator qobiliyatlari hamda odatlari yig'indisidan tashkil topadi‖, deb ta'kidlaydi. Faylasuf va madaniyatshunos V.M.Rozin iborasi bilan aytganda ―qancha yirik madaniyatshunos bo'lsa, shuncha nazariyalar, tushunchalar mavjud‖. Teylor zamonida madaniyatning 7 ta ta'rifi bo'lgan bo'lsa, 1950-yillarda uning soni 150 taga, hozirgi kunda esa madaniyatga berilgan ta'riflar soni 400 taga yetadi. Bu ta'riflar umumlashtirilsa, madaniyat so'zining ma'no-mazmunini quyidagicha tushunish mumkin: Madaniyat - uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma'naviy boyliklar, asori-atiqalar yig'indisi. Madaniyat - u yoki bu jamiyatga xos falsafiy qarashlar, ilm, fan, maorif, san'at, axloq, din, huquq, siyosat maishiy xizmat ko'rsatish darajasini aks ettiruvchi omillar, ijtimoiy taraqqiyot darajasi. Madaniyat - insonlar hayotida, jamiyat rivojida shakllangan milliy, umuminsoniy qadriyatlar majmui. Madaniyat - har bir kishining tarbiyalanganligi, insoniylik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 31.29 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:46 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 31.29 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga