Mahmud Qoshg'ariyning Dunyo ko'rinishi deb atalgan xaritasi unda keltirilgan girdonim va toponimlar

Mahmud Qoshg'ariyning Dunyo ko'rinishi deb atalgan xaritasi unda keltirilgan girdonim va toponimlar

O'quvchilarga / Geografiya
Mahmud Qoshg'ariyning Dunyo ko'rinishi deb atalgan xaritasi unda keltirilgan girdonim va toponimlar - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Mahmud Qoshg'ariyning Dunyo ko'rinishi deb atalgan xaritasi unda keltirilgan girdonim va toponimlar Mahmud Qoshg'ariyni «Devoni lug'ot -at turk» asarida keltirilishicha qadimda shaharlar «kent «deyilgan ekan. «Boburnoma»da : «Samarqandni mo'g'ul va turk ulusi «Semizqand» derlar» . Semiz hozirgi kungi muqobilga ko'ra «katta» deydigan bo'lsak, «qand» ni «kent» so'zining og'zaki shakli bo'lsa, bundan biz Samarqand nomini bir tomondan «semiz (katta) shahar» deb izohlasak ham o'rinli bo'lar ekan. ( (XI asr olimlaridan Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Qoshg'ariy shahar nomining kelib chiqishini Semizkent, ya'ni semiz qishloq so'zining buzib talaffuz qilinishi deb tushuntiradilar) Samarqand so'zining kelib chiqishi haqida bir qancha tahmin mavjud. Sharq mualliflari Samarqand so'zining 1-qismi, ya'ni Samar so'zi shu shaharga asos solgan yoki shaharni bosib olgan kishining nomi deb hisoblab, bir qancha sun'iy ta'riflarni taklif etdilar. Ammo tarixda bunday ismli kishi haqida ma'lumotlar aniqlanmagan. So'zning 2-qismi kent (kand) - qishloq, shahar degan ma'noni bildiradi. Ba'zi yevropalik olimlar, bu nom qadimdan qolgan, sanskritcha Samaryara yaqin, ya'ni yig'ilish, yig'in so'zidan kelib chiqqan deb izohlaydilar. Antik mualliflarning asarlarida shahar Marokanda deb atalgan. Bu haqiqatga ancha yaqin bo'lib, Marokanda - Samarqand atamasining yunoncha aytilishidir.(1404 yilda Samarqandga tashrif buyurgan Ispaniya elchisi Ruy Gonsales de Klavixo ham bu talqinni qo'llab quvvatlaydi). Mazkur toponim kishi ismi va Qo'qon xonligi davridagi amal-mansabga oid atamalardan biri mansab so'zidan tashkil topgan. Mahram - xonga yaqin bo'lgan va uning huzuriga kira oladigan kishi. Shuningdek, mahramlar saroydagi boshqa ishlarni ham bajarganlar. ko'rinadiki, o'tmishda mansab nomlari ko'pincha amal egasining nomiga qo'shilib aytilgan. Shunga ko'ra ba'zi joy nomlariga kishi ismi va mansab nomi atama bo'lib qolgan. Nazarmahram fikrimizning isbotidir. Joy nomlari ma'lum bir voqea hodisa asosida emas, balki biror mashhur shaxs xotirasiga nisbatan ham shakllanishi mumkin. «Sulton Mahmudning qabri G'aznining mahallotidadirkim, sulton qabri anda uchun Ravza derlar …» . Bu an'ana, ya'ni buyuk shaxslarning xotirasini abadiylashtirish uchun ularning nomlarini hududlarga berish hozirgi kunda ham keng qo'llanilmoqda. Masalan, Navoiy viloyati, Abdulla Qodiriy mahallasi, Amir Temur ko'chasi . Hazrati Nuh payg'ambarning otasi Mehtar Lomning qabri Alishang tumanidadir. Ba'zi tarixda Mehtar Lomni Lamak (Lamkon) ham debturlar. Ul elni xeyli mulohaza qililibturkim ba'zi mahal kof' o'rnig'a g'oyn talaffuz qilurlar. Bu jixattin g'olibo, bu viloyatni Lamg'on debturlar [1]. Bundan ko'rinadiki, ba'zi bir oykonimlarning nomi xalqning nutq jarayonida o'zi uchun qulay bo'lgan tanlovi asosida ham kelib chiqar ekan. Samarqanddagi hovuz, Konigilning ham nomi insonlarning nutqiy qulaylikka intilishi natijasida kelib chiqqanini asar orqali bilib olishimiz mumkin: Ba'zi derlarkim, bu o'langning asl oti Konobgir ekandur, vale tarixlarda tamom Konigil bitirlar Bu nomlar aksariyati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.05 MB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:47 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.05 MB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga