Maktabda geografiya maydonchasini tashkil etish

Maktabda geografiya maydonchasini tashkil etish

O'quvchilarga / Geografiya
Maktabda geografiya maydonchasini tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

Maktabda geografiya maydonchasini tashkil etish Reja: Geografiya o'tishda maktab hududida geografiya maydonchasi katta yordam beradi. Meteoroligik kuzatishlarni olib borish uchun eng avvalo geografiya maydonchasini tashkil etish lozim. Tayyorgarlik davrida maydoncha uchun joy tanlanadi. Uning kattaligi va unda joylashtiriladigan o'quv jihozlarining miqdori aniqlanadi. Geografiya maydonchasi uchun tekis, sport inshootlaridan, baland imorat va daraxtlardan uzoqroqda bo'lgan ochiq joy tanlanadi. Uning maydoni, ya'ni kattaligi maktab hovlisining umumiy maydoniga bog'liq holda 25x15; 15x15; 12x12; 10x10 m kabi o'lchamlarda bo'lishi mumkin. Maktabning sharoitini hisobga olib geografik maydonchani kattaligi asosan 12x12 m bo'lsa, bu kattalikdagi maydoncha butun sinf o'quvchilari bilan mashg'ulot o'tkazishga, o'quv jihozlaridan foydalanishga, kuzatish ishlarini erkin amalga oshirishga va asboblardan to'g'ri hisob olishga erishish uchun qulay sharoit yaratib beradi. Geografiya maydonchasi uchun zarur o'quv jihozlarining miqdori va ular bilan ishlash yo'llari I.A.Abdug'aniev, V.P.Golov, X.S.Masudov va boshqa uslubchi geograflarning ishlarida yoritilgan. Zarur meteorologik asboblar to'plangandan so'ng maydonchani jihozlash boshlanadi. Maydonchaning meteorologik sektorida meteorologik kuzatishlarni olib borish uchun quyidagi o'quv jihozlari joylashtiriladi: Geografik maydonchasini jihozlash uchun o'quv vositalari, asboblarini topishda ma'lum qiyinchiliklar tug'iladi. Ayniqsa, meteorologik asboblarni topish qiyin, chunki ularai qo'lda ishlab bo'lmaydi. Bu asboblarni har bir katta shaharlar ko'rgazmali qurollar do'konlaridan topish mumkin yoki buyurtma asosida keltirish mumkin. Agar maktabda yaxshi jihozlangan geografiya maydonchasi bo'lib, ularda izchil ravishda meteorologik kuzatishlar olib borilsa, ularning ma'lumotlari har bir viloyat Gidrometeorologiya markaziga berib turilsa bu tashkilot maktabni zarur meteorologik asboblar bilan ta'minlab turishi mumkin. Har bir viloyat Xalq ta'limi bo'limi, viloyatlar gidrometeorologiya markazi birgalashib, o'sha viloyat maktablarini ehtiyojini hisobga olib meteorologik asboblar chiqariladigan zavodga bya maydonchalarini to'g'ri jihozlanishiga ijobiy yordam bo'lar edi. Geografiya maydonchasiga joylashtirilgan jihozlar: 1. Panjarali o'lchagich. 2. Yo'lka. 3. Tuproq na'munalari. 4. Tog' jinslarining na'munalari. 5. Kvadrat metr. 6. Kub metr. 7. Reper. 8. Flyuge.; 9. Nefoskop halqasi. 10. Meteorologik budka. 11. Yog'in o'lchagich. 12. Qor o'lchagich chizg'ichi. 13. Astrolyabiya. 14. Eklimetr. 15. Qutb yulduzi ko'rsatkichi. 16. Rumb, azimutlar halqasi. 17. Gorizontal quyosh soati. 18. Ekvatorial quyosh soati. 19. Yo'nalishlar doirasi. 20. Gnomon. 21. Mahalliy meridian va parallellar. 22. Qumli yashik. 23. Relyef shakllarining modeli. 24. Stol va stullar. 25. Sinf doskasi. 26. O'qituvchi stoli. 1. Maydoncha chegarasi; 2. Maydonchaga kirish joyi; 3. Psixrometrik budka; 4-5. Termometrlar; 6. Flyuger; 7. Yog'in o'lchagich; 8. Qor o'lchagich. 9.Nefoskop xalqasi. GEOGRAFIYA MAYDONCHASIDAGI METEOROLOGIK O'QUV JIHОZLAR Geografiya maydonchasi uchun zarur o'quv jihozlarining miqdori va ular bilan ishlash yo'llari I.A.Abdug'aniyev, V.P.Golov, K.K.Semakin, L.A.Kuzmin, A.V.Suxorukova, X.S.Masudov, F.A.Muminov va boshqa uslubchi-geograflarning ishlarida yoritilgan. Zarur meteorologik asboblar to'plangandan so'ng maydonchani jihozlash boshlanadi. Maydonchaning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 558.49 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:47 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 558.49 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga