Malayziya federatsiyasi Malayziya uncha katta bo'lmagan davlatlardan biri. Mamlakat maydoni - 33 ming km², poytaxti - Kuala-Lumpur. Malayziya federeatsiyasi 1963-yil sentyabrda tashkil topdi. Uning tarkibiga Malay Federatsiyasi (1957-yil siyosiy mustaqillikka erishgan), shuningdek Saravak va Sabax kiradi (1965-yilgacha Singapur ham kirgan edi). Malayziyaning sezilarli darajada bir-biridan uzoqda joylashgan g'arbiy va sharqiy qismlarini Janubiy Xitoy dengizi suvlari ajratib turadi. G'arbiy Malayziya - bu Malakka yarim orolining janubiy qismi, uni Malaya deb atash qabul qilingan. Sharqiy Malayziya (Saravak va Sabax) Kalimantan orolining shimoliy sohillari bo'ylab cho'zilgan. Kalimantanda Malayziyaning qurqlik chegarasi Indoneziya va Bruneydan, Malakka yarimorolida esa Tailanddan o'tadi. Singapurdan Malayziya hududini torgina Joxor bo'g'ozi ajratib turadi Maydoni: 329758 kv. km. Aholisi: 283100 dan ortiq. Poytaxti: Kuala Lumpur shahri. Tuzumi: konstitutsion monarxiya. Davlat boshlig'i: qirol. Ma'muriy tuzilishi: 30 ta shtat (negeri) va uchta federal hududdan iborat. Yirik shaharlari: Kuala Lumpur, Subang Jaya, Klang, Juhar Bahru, Kuching. Pul birligi: lari. Malayziya 1963 yildan BMT a'zosi. 1992 yil 1 yanvarda O'zbekiston bilan diplomatik aloqa o'rnatgan. Malayziyaning milliy bayrami - Milliy kuni 31 avgust - (1957). Iqtisodi Malayziya iqtisodi yuqori tezlikda rivojlanib borayotgan mamlakatlardan biridir. 1957-2005 yillar oralig'ida yalpi ichki mahsulot yiliga 6,5 foizdan o'sib bordi. 2010 yilgi ma'lumotga ko'ra, mamlakatning yillik yalpi ichki mahsuloti hajmi 414400 do'llarni tashkil etgan. Iqtisodiy o'sish ko'rsatkichi bo'yicha Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari uyushmasi (ASEAN)da uchinchi va butun dunyoda yigirma to'qqizinchi o'rinda turadi. 1970-yillarda mamlakat iqtisodi yerosti boyliklarini qazib olish va qishloq xo'jaligiga asoslangan edi. 1980-yillardan ko'p tarmoqli iqtisodiyotga o'tildi, sanoat tarmog'i keng rivojlandi. 1997 yilgi Osiyo iqtisodiy inqirozidan so'ng Malayziya qo'shnilariga nisbatan juda tez tiklandi. Mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmog'i xalqaro savdodir, keyingi o'rinda ishlab chiqarish turadi. Katta miqdordagi qishloq xo'jalik mahsulotlari va tabiiy boyliklarni, jumladan, neftni eksport qiladi. Elektronika va axborot texnologiyalarini eksport qilish bo'yicha ham yetakchi o'rinlarni egallaydi. Elektron chiplar va maishiy konditsionerlar eksporti bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda. 2002 yili mamlakat o'z koinot dasturini ishga tushirdi. Avtomobil sanoati ham rivojlangan, Proton belgisi ostida yengil mashinalar ishlab chiqariladi. Sayyohlik xizmati yuqori darajada taraqqiy topgan. Bu tarmoq chet el valyutasini olib kirish bo'yicha uchinchi o'rinda turadi va mamlakat iqtisodiyotining yetti foiziga egalik qiladi. Malayziya Islom bank tizimi markazlaridan biri sanaladi. Ayni iqtisodiy jarayonlar davlat tomonidan ishlab chiqilgan aniq reja asosida izga solinib turibdi. Vaholanki, Janubi-Sharqiy Osiyodagi 24 mln. kishilik aholiga ega bo'lgan ushbu mamlakat 1957 yilgacha, ya'ni milliy mustaqillikkacha, asosan kauchuk va qalay ishlab chiqarish hamda eksport qilishga ixtisoslashgan qoloq bir mamlakat sanalardi. O'tgan yuz yillikning 60-yillaridanoq, hukumat bir maromdagi o'sish strategiyasini ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
966.05 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:47
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
966.05 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:47 ]
Arxiv ichida: ppt