Mali Respublikasi

Mali Respublikasi

O'quvchilarga / Geografiya
Mali Respublikasi - rasmi

Material tavsifi

MALI Reja: Davlat tuzumi Aholisi Tarixi Siyosiy partiyalari Sanoati Mali Respublikasi Bayroq Gerb Mali (Mali), Mali Respublikasi (Republique du Mali) - G'arbiy Afrikadagi davlat. Mayd. 1,24 mln. km², aholisi 11 mln. kishi (2001). Poytaxti - Bamako sh. Ma'muriy jihatdan Bamako hududi va 8 viloyat (region)ga bo'lingan. M. - Respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992 y. 12 yanvar dagi referendumda ma'qullangan. Davlat boshlig'i - prezident (1992 y.dan Alfa Umar Konare). Umumiy to'g'ri ovoz berish yo'li bilan 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi xrkimiyatni Milliy majlis (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident bilan hukumat amalga oshiradi. Aholisi M.da bambara, soninke, malinke, fulbe, diula, sanu, shuningdek, xasonke, kachoro, senufo, dogon, bobo, moyey, Sahroi Kabirda tuareglar, arablar yashaydi. Aholisining 80% islom, qolganlari xristian va mahalliy dinlarga e'tiqod qiladi. Rasmiy til - fransuz tili. Aholining qariyb 70% mahalliy bambara tilida so'zlashadi. Aholining 25,5% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Bamako, Mopti, Segu, Sikaso. Tarixi M. - G'arbiy Afrikada o'rta ayerlarda vujudga kelgan davlatlardan biri. Mamlakatga Shim. Afrika savdogarlari kirib kelishi bilan islom dini yoyilgan (8-a.). 19-a.ning oxiridan G'arbiy Afrikaning markaziy hududi Fransiya mustamlakasiga aylandi. Mahalliy aholi mustamlakachilarga qarshi qattiq kurashdi. 1894 y. Niger va Senegal daryolarining yuqori va o'rta oqimlaridagi yerlari Fransiya Sudani nomi bilan Fransiya mustamlakasi. 1895 y.dan Fransiya Sudani Fransiya G'arbiy Afrikasi tarkibiga kirdi. 2-jahon urushidan keyin Fransiya Sudanida ozodlik harakati kuchaydi. 1946 y. oxirida tashkil topgan Afrika demokratik birlashmasi seksiyasi - Sudan Ittifoqi partiyasi milliy ozodlik harakatiga boshchilik qildi, demokratik islohotlar o'tkazish uchun kurash boshladi. Sudan Ittifoqi Fransiya G'arbiy Afrikasi mamlakatlariling taraqqiyparvar kuchlari va Fransiya Umummehnat konfederatsiyasi tarkibidagi kasaba uyushmalari ko'magida mamlakatda yetakchi siyosiy kuch bo'lib qoldi. 1957 y. uning deputatlari Territorial assambleyada birinchi marta ko'p ovoz olishga muvaffaq bo'ldilar. 1960 y. 22 sent.da Sudan Respublikasini M. Respublikasi nomi bilan suveren va mustaqil davlat deb e'lon qildi va u Fransiya Hamjamiyatidan chikdi. Sudan Ittifoqi partiyasining bosh kotibi M. Keyta Respublika prezidenta bo'ldi. 1968 y. noyab.dagi davlat to'ntarishi natijasida hokimiyatni M. Traore (1979-91 y.larda prezident) boshchiligidagi Milliy ozodlik harbiy qo'mitasi egalladi. 1979 y. M. boshqaruvning fuqarolik shakliga o'tdi. 1991 y. 25 martda davlat to'ntarishi sodir bo'ldi. Hokimiyatni qo'lga olgan A. T. Ture boshchiligidagi Xalqni qutqarish qo'mitasi demokratik islohotlar o'tkazishga kirishdi. 1992 y. 1-yarmida o'tkazilgan ko'p partiyali asosdagi parlament va prezident saylovi fuqarolar boshqaruviga o'tishni nihoyasiga yetkazdi. M. Respublikasi O'zR suverenitetini 1992 y. 24 yanvarda tan oldi. Milliy bayrami - 22 sent. - Mustaqil kuni (1960). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari M.da demokratiya uchun alyans - Panafrika ozodlik, birdamlik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.19 MB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:47 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.19 MB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga